Rasululloh bo‘lsalar - Ba'zida o‘ylab qolaman. Agar hozir Payg‘ambarimiz ( s a v) hayot bo‘lib bizlarni oramizda yashayotgan bo‘lsalar... Bizlar qanday yashayotgan bo‘lar edik? Shu savolga hech ham javob topa olmayman. Qilayotgan ishlarimizdan ozgina bo‘lsa ham uyalarmidik yoki yo‘qmi? Atrofga qarab ba'zida o‘ylanib qolaman naxot insonlar shunday bo‘lib ketgan deb, lekin, Rasululloh bo‘lganlarida balki bunday bo‘lmas edi: yetim bolalar, qarovsiz qariyalar, farzandini o‘ldirgan onalar, otasiga qo'l ko‘targan farzandlar,o'z nafsiga qul bo‘lgan insonlar, bugungi hayotini deb oxiratini unutgan insonlar... Bizlar kim ekanligimizni unutib qo‘ymasligimiz, kimni ummati, kimni quli ekanligimizni aslo unutmasligimiz kerak...
Do'stlaringiz bilan baham: |