Hayollarimdasiz Yo Rasululloh Ba'zida chuqur o‘yga tolaman agar yo‘limdan Payg‘ambarimiz ( s a v) chiqib qolsa nima qilaman, yo'q , yo'q biror inson ular haqida so'rab qolsa nima deb javob beraman degan o'y, hayollar tinch qo‘ymaydi. Har bir qilayotgan ishimdan ma'no izlayman shu ishni qilsam tog‘ri bo‘ladimi, bu ishni qilsam Rosululloh mendan ranjimaydimi, bu ishni qilsam Payg‘ambarimiz ( s a v) ni ko‘rish baxtidan mosuvo bo‘lmasmikanman deb o‘ylab qolaman. Xuddiki Payg‘ambarimiz men bilan har doim birgadek, meni doimo kuzatayotgandek tuyiladi, biror yomon ish qilib qo‘ysam ular mendan ranjisalarchi, ularga loyiq bo'lyabmanmi yoki yo‘qmi degan hayollar, savollar qiynaydi...
Do'stlaringiz bilan baham: |