Paxta va kanop uslubiy qo'llanma 2017 Yangi



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/74
Sana14.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#550908
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   74
Bog'liq
PAXTA VA KANOP Uslubiy qo\'llanma 2017 Yangi

 
 
 
24-mavzu. Uzun kanop tolasini baholash (2-soat) 
 
 
Darsning maqsadi: uzun kanop tolasining sifatini baholashda tolaning 
pishiqligi, egiluvchanligi, pishiqlik jihatdan notekisligi, “panja” va po’stloqsimon 
dastalarning bo’lishi, qoldiq yog’ochlikning miqdori hamda tolaning tashqi alomatlari 
bo’yicha xususiyatlarini o'rganish va sifatiga baho berish.
 
 
Dars uchun kerak bo’ladigan asbob-uskuna va materiallar: 
1.
DKV-60 yoki DSh-3 markali tola pishiqligini aniqlash asbobi; 
2.
Mikroskop. 
3.
Qisqich. 
4.
1-2- klassli texnik tarozi; 
5.
Quritish shkafi; 
6.
Mavzu bo’yicha tarqatma qo’llanmalar; 
7.
Kanop tolasi namunalari. 
Uzun tolani baholashdagi asosiy sifat belgilari uning pishiqligi, egiluvchanligi 
va ingichkaligidir.
Agar tola yaxshi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo’lsa, ko’p marotaba egish va 
burash ta’sirlariga chidamli bo’ladi va shuning uchun undan yupqa va mahkam 
gazlamalar to’qiladi. 
Kanop tolasining yigiriluvchanlik xususiyatini oshirish maqsadida kanop 
fabrikalarida uning har xil moyli emul’siyalar yordamida sun’iy ravishda 
yumshatiladi. 
Tolaning egiluvchanlini, pishiqligini aniqlash uchun tayyorlangan ma’lum 
massali va uzunlikdagi tutam tolalar G-2 egiluvchanlikni aniqlovchi pribor 
yordamida instrumental usulda 
mm
hisobida aniqlanadi. Organoliptik usulda esa 
tolaning egiluvchanligini tolani ushlab ko’rilib, yumshoqligiga qarab sub’ektiv 
aniqlanadi. 
Yuqori sifatli tolada mana shu uchala asosiy belgi yaxshi rivojlangan bo’lishi 
kerak. Shulardan birontasining kamayishi tolaning texnologik qiymatini pasayishiga 
olib keladi. Ba’zan asosiy belgilaridan biri boshqalari hisobiga juda rivojlangan 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


bo’lishi mumkin. Bunday hol ko’proq ivitish jarayonini noto’g’ri uyushtirish 
natijasida kelib chiqishi mumkin. Agar ivitish jarayoni oxiriga etkazilmagan bo’lsa, u 
holda tolani o’rab turgan va parenxima to’qimalari parchalanmagan bo’lgani uchun 
tolaning pishiqligi yuqori bo’ladi. Lekin bunday tola dag’al va qiyin ajraladigan 
bo’ladi. Bunday toladan yaxshi material to’qib bo’lmaydi hamda undan tayyorlangan 
buyum tezda yirtilib ketadi. Agar ivish jarayoni o’tib ketsa, tola juda yumshoq va 
ingichka bo’lib, pishiqligi pasayib ketadi. Bunday toladan sifatli ingichka ip va 
chidamli gazlama to’qib bo’lmaydi.
Uzun kanop tolasi GOST 11191- 65 ga asosan olti nomerga bo’linadi: 4,0; 3,5; 
3,0; 2,5; 2,0; 1,5. tolaning nomeri shu narsani ko’rsatadiki, shu nomerli tolani yigirib, 
xuddi shu nomerli ip olish mumkin. 
Bunday nomerli uzun tolaning sifatini belgilaydigan alomatlari: pishiqligi, 
egiluvchanligi, pishiqlik jihatdan notekisligi, “panja” va po’stloqsimon dastalarning 
bo’lishi, qoldiq yog’ochlikning miqdori hamda tolaning tashqi alomatlari bo’yicha 
xususiyatlari kiradi. 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish