22-Mavzu: Kanop xom ashyosini saqlash (2-soat)
Darsning maqsadi:
talabalarni tola olish uchun
yetkazib berilgan kanop xom
ashyosini saqlash tartibi usullari bilan tanishtirish.
Dars uchun kerak bo’ladigan asbob-uskuna va materiallar:
adabiyotlar,
tola namunalari, g'aramlar tasvirlangan devoriy rasmlar.
Ishlash tartibi:
zavod xom ashyo yetkazib beruvchi dehqon, fermer va shirkat
xo'jaliklari bilan kelishuv shartnomasi tuzadi. Shartnomaga asosan xo'jalik ma'lum
maydonga kanop ekish va har bir gektardan ma'lum miqdorda hosil olishni o'z
zimmasiga oladi. Shartnomada xom ashyo turi, sifati, miqdori, narxi, umumiy
qiymati, topshirish muddatlari va joylari ko'rsatiladi. Har bir xo'jalikka zavod
tomonidan eng oldin o'rilgan kanop poya va po'stloqlardan standart namuna tayyorlab
beriladi. Bundan tashqari kanop poyalarni
pishganligini belgilashda, kanop poyadan
po'stloqni ajratish, uni quritish va navlarga ajratish ishlarida xo'jaliklarga yaqindan
yordam beradilar. Zavodga poya va po'stloq odatda, avgust,
sentyabr, oktyabr,
qisman iqlim sharoitiga qarab noyabr oylarida keltiriladi va ular bir necha oy, qayta
ishlashga yuborilguncha maxsus tayyorlangan joylarda saqlanadi.
Kanop zavodlarida poya yoki po'stloq, asosan ikki usul bilan: usti yopiq
shiyponlarda va ochiq joyda g'aram qilib saqlanadi. Xom ashyoni usti yopiq joyda
saqlash uchun uzunligi 64 m, eni 16 m va balandligi 8 m bo'lgan
atrofi ochiq lekin
usti yopiq shiypondan foydalaniladi. Bunday shiyponda 400-500 tonnagacha po'stloq
yoki poya saqlash mumkin. Undan tashqari, hozir zig'ir poya zavodlarida katta
o'lchamli temir-beton shiyponlar keng qo'llanilmoqda. Masalan, 144x24x8,4 m
o'lchamli shiyponga 2500 tonna, 90x30x6,5 m o'lchamli shiyponga esa 1500 tonna
xom ashyo joylanadi. Usti yopiq shiyponlar uzoq vaqt faoliyat ko'rsatadi,
mahsulot
sifatli saqlanadi va xom ashyo tashishni mexanizasiyalashtirish imkoni tug'iladi. Usti
ochiq joyda
g'aram qilib saqlash usuli ko'p
yillik tajribalar asosida
mukammallashtirildi. Bu usul juda oddiy bo'lib, unga ko'p sarf-harajat qilinmaydi.
Xom ashyoni g'aramlashdan oldin har bir g'aram uchun maxsus maydoncha
tayyorlash kerak. G'aramning pastki qismidagi poyalarni
namlanish va chirishdan
saqlash uchun g'aramning supachasi yerdan kamidan 30 sm ko'tarilib, atrofiga suv
oqib ketadigan 20-30 sm kenglikdagi ariqchalar qilinadi. G'aramlarni joylashtirish
uzunligi 20 m, eni 8 m va balandligi 8 m li bo'lib, ularga 80-100 t gacha poya ketadi.
Hozir g'aramning eni va uzunligi kattalashtirilganligi (32x10x8 m) natijasida
g'aramga ko'p xom ashyo ketadi. G'aramning eni
janubdan shimolga qaratib
joylashtiriladi, shunda uning yon tomoni shamol esadigan tomonga qaragan bo'lishi
kerak. G'aramlarni eni tomonidan oralig'i 15 m gacha, uzunligi tomonidan esa 30 m
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
ga teng bo'lib, zavod hududi kamida balandligi 1,8 m li devor bilan o'ralgan bo'lishi
kerak. Xom ashyo yaxshi saqlanishi uchun bog'larni g'aramga joylaganda, ba'zi
qoidalarga rioya qilish kerak bo'ladi. G'aramning o'rta qismi chetiga qaraganda
yuqoriroq bo'lib borishi kerak. Poyaning pastki qismini g'aramning tashqi tomoniga
qaratib qo'yib, yog'och kuraklar bilan urib g'aram devori tekislab boriladi. Poyalarni
g'aramlashda bir qavat g'aram bo'yicha qo'yilib, so'nggisi eniga qarab qo'yiladi.
G'aramlar noto'g'ri joylashgan bo'lsa, yog'ingarchilik va shamolda buzilib, suv tushib
ketishi natijasida xom ashyoni chiritib yuborishi mumkin.
Xom ashyoni sifatli
saqlash uchun muntazam ravishda buzilgan joylari tuzatib boriladi, uning atrofidagi
ariqchalar tozalanib, brezent ustidagi qor kurab turilishi lozim. Xom ashyoni saqlash
vaqtidagi yo'qotish 1 foizdan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: