Paxta va kanop uslubiy qo'llanma 2017 Yangi



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/74
Sana14.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#550908
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74
Bog'liq
PAXTA VA KANOP Uslubiy qo\'llanma 2017 Yangi

 
Kanoppoyani baholash. 
Kanoppoya va ko’k po’stloqni baholashda, asosan, undan olinadigan uzun 
tolaning sifati hamda miqdori e’tiborga olinadi. Bu esa ko’p faktorlarga bog’liq. 
Ekish va parvarish vaqtida hamma maydondagi kanop o’simligiga sharoitlarini bir 
xilda yaratib bo’lmaydi. Shuning uchun kanoppoya har xil morfologik belgilarga ega 
bo’ladi. Ulardan texnologik ahamiyatga ega bo’lgan asosiylari poyaning uzunligi, 
yo’g’onligi va rangidir. Uzun kanoppoyada tola tutamlari eng zich, pishiq va 
elementar tolalari uzun bo’ladi. Undan ko’p miqdorda, pishiqligi yuqori bo’lgan 
sifatli uzun tola olish mumkin. Shuning uchun, odatda, uzun poya yuqori baholanadi.
Tola miqdori va sifatiga qarab poyaning yo’g’onligi uzunligiga teskari 
proporsional bog’lanishda bo’ladi. Juda yo’g’on poyalardan kam miqdorda, sifatsiz 
tola olinadi. Buning sababi shundaki, juda yo’g’on poyalar asosan yog’ochlik 
hisobiga yo’g’onlashgan bo’lib, unda tola dastalari siyrak joylashadi, poyada tola 
dag’al bo’ladi. 
Kanopning o’sishi davrida sog’lom kanoppoyalari orasida birmuncha tolasi 
pishib etilmagan, uzun bo’lishiga qaramay 3-4 mm yo’g’onlikka ega bo’lgan zaif 
poyalar (podgonlar) ham uchraydi. Normal o’sgan poyalar bilan zaif poyalar 
(podgonlar) ning texnologik va fizika-mexanikaviy xususiyatlarini tekshirish shu 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


narsani ko’rsatadiki, normal o’sgan poyada zaif poyalar (podgon) ga qaraganda tola 
miqdori ko’p, pishiqligini yuqori, ikkilamchi tolalarning qavatlari 4-5 marotaba ko’p, 
texnikaviy tutam tola yirik bo’ladi, elementar tolalar podgonnikiga qaraganda ikki 
baravar ko’p. Shunday qilib, podgon poyasining tolalari soni va sifatiga qarab podgon 
poyalar sifatsiz poya ekanligi aniqlanadi. 
Kanoppoya uchun standart namunalar tuzish.
Har qaysi seleksion nav va 
ko’rinishga (ko’k poya va urug’lik uchun ekilganligiga) qarab har yili shu yilda 
tayyorlangan o’ziga xos xom ashyodan zavodga qabul qilish boshlanishi bilan 10 
kundan kechiktirilmasdan kanoppoya uchun standart namuna tuziladi. Poyaning 
standart namunasi navlarga qarab quyidagi ranglari ruxsat etiladi.
I nav - och-yashil, yashil, och-sariq, och-jigarranng, och-kulrang poyalar. 
Poyada och-kulrang, kulrang va to’q jigarrang dog’lar yoki och-binafsha rang va 
to’q-jigarrang yo’llar, pastki kesilgan qismidan 15 sm gacha qorayishiga, ayrim 
qoraygan poyalar bo’lishiga ruxsat etiladi.
II nav - yashil soyali to’q-kulrang, to’q-jigarrang, qizg’ish soyali binafsharang. 
Pastki kesilgan g’ismidan 40 sm gacha qorayishiga ruxsat etiladi. Po’stlog’i ivib 
qoraygan poya bo’lishiga ruxsat etilgan. 
III nav - har xil rangli, zamburug’ kasali bilan zararlangan, po’stlog’i ivib 
qoraygan poyalar.
IV nav - har xil rangli, zamburug’ kasali bilan zararlangan, do’l urgan, qisqa 
tola olish uchun yaroqli poyalar.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish