Eslatma:Jadvalda qavslar ichida berilgan chegaraviy raqamlar har bir tegishli ekologik omillarning optimal ruxsat etilgan chegaralarining qiymatlari umumlashtirilib keltirilgandir.
Paxta tozalash zavodlarning asosiy sex bo’limlaridagi texnologik jarayonlarning normal borishiga operatorlarning sog’liqlariga va qayta ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatiga yuqorida qayt qilingan ekologik omillar ma’lum miqdorda ta’sir ko’rsatishlari aniq.SHu boisdan eksperimental tekshirilgan ba’zi valikli va arrali tipidagi paxta tozalash zavodlardagi asosiy bo’limlarda xamda ular joylashgan hududlardagi ekologik omillarning chegaralariga nisbatan qanday fakt qilishlari tekshirilib bir yil davomida natijalar o’rganiladi va tahlil qilinadi.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, yuqorida qayt qilingan ekologik omillar birontasi tekshirilgan paxta tozalash zavodlardagi chegaralariga deyarli mos kelmasligi aniqlandi.(1-jadvalga qarang).Bu noxush holatlar esa quyidagilarni keltirib chiqarishi mumkin.Zavodlarning asosiy bo’limlari operatorlaning asosiy ish joyida, masalan havoning harorati oshganda uning organizmga darmonsizlik (lanjlik), diqqatning pasayishi, tez va aniq reaksiyaning bo’linib turishi, harakatni muvofiqlashtirishning buzilishi kabi salbiy holatlar yuzaga keladi.Asosiy sexlarda haroratning pasayishi esa operatorlaning qalin kiyinishi tufayli ularning ixcham yoki normal haroratlariga xalaqit beradi, qo’larida qo’lqob bilan ishlash jarayonida sexdagi texnikaning smena davomida idora qilib turish bir muncha qiyinlashadi va bu holatlar turli baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishga ham sabab bo’lishi mumkun.Agar zavodning asosiy sexlari ichidagi havo tezligi chegaralariga nisbatan yuqori bo’lsa, shu sex ichidagi chang (iflos)liklarning shuncha tez o’zining holatlarini o’zgartirib, ishlab chiqarilayotgan tolaga ko’proq va tezroq turli iflosliklar aralashadi.Natijada uning sifat ko’rsatgichlarini pasaytiradi va shu bilan birga sexni idora qiluvchi operatorlar uchun ham turli salbiy ta’sirlarni ko’rsatishi ham aniq.Yuqorida qayt qilingan paxta tozalash zavodlarning bazalarida olib borilgan tekshirishlar shuni ko’rsatmoqdaki, ularning asosiy sexlaridagi havoning namligi odatda tashqi havo namligi bilan uzviy bog’langandir yoki to’g’ri proporsionallik o’zgarish qonuniyati mavjudligini ko’rsatmoqda.Bunday ekologik omil ham yilning to’rt faslida paxta tozalash zavodlarida ishlashga va ulardagi texnologik jarayonlarni bir me’yorda boshqarishga halaqit beradi.Sexlardagi tegishli operatorlarning sog’ligiga esa turli noxush ta’sirlar bo’lib turishini vujudga keltiradi.Endi asosiy sexdagi operatorlarnig sog’ligiga ekologik omillar oqibatlari haqida ba’zi izlanish natijalarini keltirib o’tish kifoya.Bunday izlanishlar operatorlarning ish stajlariga ko’ra yurakning bir minut davomida qisqarishlar soni va arterial qon bosimining o’zgarish dinamikasi ish smenalari davomida tekshirildi.Bunday o’lchash ishlari bir sutka davomida (ish smenalari bo’yicha) har bir smenadagi operatorlar bilan uch martadan smena boshlanishida, o’rtasida va oxirida) o’lchash ishlari amalga oshiriladi va tegishli ma’lumotlar olinadi
Masalan: soat 8:00 dan 16:00 gacha ishlaydigan smenadagi operatorlarni ishga kirishdan oldin (soat 8 da ), ish o’rtasida (soat 12:00 da) va smena oxirida (16:00 da) tekshiruv natijalari qayt qilinadi.Boshqa smenadagi operatorlarni ham ishni boshlashdan oldin, yarim smena ishlagandan keyin va ishning oxirida xuddi yuqorida qayt qilinganidek o’lchash ishlari olib boriladi va tegishli natijalar olinadi.Shunday qilib 144 o’lchash natijalarida yurakning qisqarishi 64 : 108 marotabagacha o’zgarishalari aniqlandi.Xuddi shuncha o’chash soniga operatorlardagi minimal arterial qon bosimi deyarli18 % operatorlarda 90 mm simib ustinidan va 17 % dan ko’proq operatorlarda qon bosimi 140 mm simib ustidan yuqori ekanligi amalda tasdiqlangandir.
Shunday qilib paxta tozalash zavodlaridagi texnologik jarayonlar vaqtida vujudga keladigan turli salbiy omillarning ta’sirlari tufayli operatorlarda yurak faoliyatining va qon bosimning keskin o’zgarib turishi xollari sodir bo’lishi aniqlandi.
Olingan natijalar dinamikasi shuni ko’rsatmoqdaki, tekshirilgan paxta tozalash zavodlarning hamma asosiy sexlarida ishlaydigan operatorlarida deyarli yurakning bir minut ichida qisqarish va qon bosimning ko’tarilishi normadan yuqori bo’lishi qayt qilindi (o’rnatildi).
Yuqorida qayt qilingan ekologik omillardan tashqari ko’pgina paxta tozalash zavodlaridagi sexlar ichidagi atmosfera havosining iflosligi AXI ham chegaralariga ruxsat etilgan chegarviy ko’rsatgichlardan ancha yuqoriligini shu soha bo’yicha tegishli ilmiy markaz, institut olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar orqali tasdiqlanganligi turli adabiyotlarda o’z aksini topgandir.Shu bois amaliy tekshirish natijalaridan quyidalarni qayt qilish maqsadga muvofiqdir.
Mazmuni.Paxta tozalash zavodlarning texnologik mashinalari ishlash jarayonida juda ko’p chang va zararli zarralarni ajratadi.Lekin ajraladigan ifloslangan xavolar har bir mashinadan maxsus turlari orqali surilib tegishli siklonlar guruhiga uzatiladi.Natijada havo tarkibidagi iflosliklar va zararli changlar siklonlarda har xil bosqichlarda (karrali) tozalanadi.Ba’zan shunga qaramasdan, sex ichidagi turli korpuslarinig ochiq bo’lishi, aerodinamik rejimlarning buzilishi, trubalar va korpuslarning yaxshi jipslanmaganligi yoki teshilishi kabi bir qator texnik shartlardan chetka chiqish omillarining ta’sirlari tufayli turli chang, gaz (kremniy 2 oksidi –SiO2) va boshqa iflosliklar chiqib paxta tozalash zavod sexalari ichidagi atmosfera (havo) sini ko’proq ifloslantiradi. Bulardan tashqari zavodga qabul qilingan yoki chigitli naxtalarni tarkibida ham turli darajada organik va mineral aralashmlardan (ifloslik sifatida) iborat bo’ladi bular ham sexlar ichida va tashqarisida (zavod hududida va atrofoda) gi atmosferaga aralashgan bo’ladi.Shunday qilib paxta tozalash zavodlarining asosiy sexlaridagi atmosfera havosi tegishli operatorlarning sog’lig’i uchun juda xavflidir.Shu bois zavod sexlari ichida havo tozalagich sanitariya normalari chegaraga asosan nazariy holda chegaralangan bo’lib, ular uchun ruhsat etilgan chekli konsentratsiya miqdorlari belgilangandir.
Afsuski amalda tamoman boshqa holatlarni uchratish mumkun.Buning uchun yuqorida nomlari qayt etilgan va tekshirilgan paxta tozalash zavodlarning ba’zilari atmosferada yashaydigan odamlar bilan o’tkazilgan suhbat (muloqot) larimiz natijalari 2-jadvalga keltirilgandir.Paxta tozalash zavodlarida bunday so’rovlar o’tkazish tibbiyot fanlari nomzodi mahrum A.K.Qodirovning tavsiya etgan metodikasi asosida o’tkazilgandir.
Keltirilgan 2- jadvalda ikkita paxta tozalash zavodlari miqyosida atrof muhitni ifloslantirish va zavodlar sifatida istiqomat qiladigan odamlarda sanitariya,maishiy sharoitlar bo’yicha muloqot (o’tkazish sifatida) ta’sirlari tekshirilib natijalari umumlashtirilgan holda keltirilgandir.
Bundan tashqari tekshirilgan natijalar (% larda) Uzun zavodiga nisbatan SHerabot zavodida bir muncha yuqori ekanligini bemalol tahlil qilish mumkin.(2-jadvaldagi nav natijalariga e’tibor bering) Bu xol esa obyektiv va subyektiv omillarga bog’liqligini esdan chiqarmaslik kerak.