13-rasm: DP-130 markali avtomatlashtirilgan arrali jin sxemasi
2.1.Arrali jin ta’minlagichi
Jin ta’minlagichining asosiy vazifasi chigitli paxtani bir tekisda mashinaga berib
turish bilan birga, uni qo’shimcha ravishda mayda iflos
aralashmalardan tozalash va
chigitli paxtani yaxshilab titib berishdan iborat.
Hozirgi vaqtda ZXDD markali qoziqchali-barabanli ta’minlagichlar ko’p
tarqalgan u quyidagicha ishlaydi. Ta’minlagich valiklarning bir-biriga qarab aylanish
natijasida shaxtadan tushib kelayotgan chigitli paxta qoziqchali tituvchi barabanga
uzatiladi. Bu baraban minutiga 495 marta aylanib, paxtani titadi va minutiga 350
marta
aylanadigan qoziqchali-plankali barabanga uzatadi.
Barabanlar ostida to’r bo’lib, mayda iflos aralashmalar baraban qoziqchalari
ta’sirida ular orqali ajraladi. Tozalangan chigitli paxta uzun qoziqli kanop ushlagich
barabanga uzatiladi. Baraban qoziqlari bilan chigitli paxtaga aralashgan kanop va iplarni
o’ziga o’rab oladi. SHuning uchun bu barabanni vaqt-vaqti bilan o’ralib qolgan kanop va
latta parchalaridan tozalab turish kerak.
Barabanlar ajratgan iflos aralashmalar pastda joylashgan iflos aralashmalar shnegi
bilan tashqariga chiqarib yuboriladi.
Tozalangan chigitli paxta qiya o’rnashgan nav
orqali jinning xom ashyo
kamerasiga uzatiladi. Ta’minlagichning yon devorlari (o’ng va chap tomonlari)
cho’yandan qo’yilgan bo’lib. Ular bir-birlari bilan bruslar vositasida mahkamlangan.
Mashinani yig’ish, ish qismlari oraliqlarining to’g’riligini tekshirish va ayrim barabanlarni
olishni
yengillatish
uchun
yon
devorlarida
maxsus
eshikchalar
qilingan.
Ta’minlagichlarning old va orqa tomonlari qalinligi 1,5-2 mm tunuka bilan qoplangan.
Barabanlar ostidagi to’rni tozalash va uning holatini tekshirish maqsadida
ta’minlagichning orqa tomoni ochiladigan qilingan. Barabanlar ostidagi to’r diametri 2
mm li simlardan kataklari 10x10 mm qilib yasaladi yoki teshiklarining orasi 6-8 mm li
yassi tunukadan yasalgan bo’ladi.
Ta’minlagichning novi ham tunukadan yasalgan bo’lib, u ikki tomondan maxsus
ilgaklarga ilib qo’yiladi.
ZXAD rusumli ta’minlagich harakatni jinning arrali barabaniga o’rnatilgan
shkiv
bilan kanop tutadigan baraban o’qidagi shkivga taqilgan tasma orqali oladi. Kanop
tutadigan barabaning ikkinchi tomonidagi shkivdan to’rtta ponasimon tasmalar harakatni
qoziqchali barabanlarga uzatadi. Ponasimon tasmalarni taranglovchi moslama bilan
taranglash roligi tarang tortib turadi.
Ta’minlagich valiklar harakatni qoziqchali baraban o’qining bir uchiga o’rnatilgan
ikki kirimli chervyak orqali oladi. Bu chervyakli uzatmaning tishli g’ildiragiga tik val va
uning ikkinchi uchiga tishli suriluvchi g’ildirak o’rnatilgan bo’lib, uning tishlari diskdagi
teshiklarga kirib turadi. Disk yuzasida 26.36.46.56 va 66 tadan teshikchalari bo’lgan besh
aylana bor.
1-jadval
Diskdagi
teshiklar
qatori
Diskning har
qatoridagi
teshiklar soni
Tishli g’ildirak bilan disk
pog’onalari o’rtasidagi
uzatish soni
Ta’minlagich
valiklarning
minutiga
aylanishlari soni
I
II
III
IV
V
Z
I
Z
II
Z
III
Z
IV
Z
V
I
I
= Z
2
= 9 = 0.136
Z
1
66
I
II
=Z
2
= 91 = 0.16
Z
II
56
I
III
= Z
2
= 9 = 0.196
Z
1II
46
I
IV
= Z
2
= 91 = 0.25
Z
IV
36
I
V
= Z
2
= 9 = 0.346
Z
V
26
n
1
= 328
n
1I
= 3.28
n
1II
= 4.73
n
1V
= 5.63
n
V
= 8.35
Disk o’zining o’qida o’rnashgan tishli g’ildirakni harakatga keltiradi.
Bu tishli
g’ildirak ta’minlagich valikning o’qiga o’rnatilgan tishli g’ildirak bilan ishlagan.
Ta’minlagich valikning ikkinchi uchidagi tishli g’ildirak bilan ikkinchi valikning
o’qiga o’rnatilgan tishli g’ildirak ilashgan.
Ta’minlagich valiklarning aylanish tezligi (Z
2
) tishli g’ildirakning diskadagi qaysi
aylana bilan ulanishiga bog’liq. Bu 9 tishli g’ildirak diskning markaziga yaqin joylashgan
teshiklar bilan bog’liq bo’lsa, disk tez aylanadi va ta’minlagichga ko’p paxta tushadi.
Ta’minlovchi valiklarning aylanish soni diskning tishlari qatoriga qarab keltirilganicha
o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: