2.4. Qizilqum ekstraksion fosfor kislotasi va ammiakli selitra asosida suyuq suspendirlangan NP-o'g'itlar
Suspendirlangan holatda suyuq o'g'itlarning yetarli darajada barqaror dispersli tizimlarini olish uchun suspenziya vositasi sifatida mahsulotning umumiy massasining 3% miqdorida bentonit loyining 26% suvli suspenziyasi ishlatiladi [35]. Unda pulpani tinish darajasi sezilarli darajada pasayadi. Suspendirlovchi agent miqdorini ko'paytirishning hojati yo'q, chunki omborlarda suspenziyalarni saqlash vaqtida ular vaqti-vaqti bilan kuniga bir marta aralashtiriladi. Laboratoriya sharoitida muvozanatli NP-suspenziyalari 25 °C haroratda saqlandi. Namunalarning kimyoviy tarkibi 2.7 jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |