Avtobuslarning ish smenasi davomiyligi bo'yicha klassifikatsiyalanishi
Ish smenasining davomiyligi grafik qurilmalar yordamida aniqlanadi. Bunda ishdagi avtobuslarning (parkda va oxirgi to'xtash bekatlarida) tushlik tanaffusini taqsimlash hamda ayrim guruhlarning ish vaqtini maksimal darajada o'zgartirishdan iborat. «Tig'iz» vaqtlar oralig'ida avtobuslarning erkin turish davri aniroq aks ettirilib, haydovchilar uchun tushlik tanaffusi ham ajratilib ko'rsatiladi. Bizning loyihamizdagi 2-avtobus marshrutida ertalabki «tig'is» vaqtlardan keyin 3 ta avtobusga, kechki «tig'is» vaqtlardan keyin ham 3 ta avtobusga belgilangan soatlarda tushlik tanaffusi berilishi shart. Bu tanaffuslar diagrammada aniq aks ettirilgan.
SHunday qilib, boshlang'ich ma'lumotlarni grafoanalitik hisob natijasida bajarish shu narsani belgilab berdi:
-har bir soat uchun marshrut bo'yicha kerakli avtobuslar soni va zarur harakat oralig'i;
-har bir avtobusning erkin turish vaqtini hamda haydovchilarning tushlik tanaffusi va dam olish vaqtini isbotlangan holda belgilash;
-ushbu marshrutda haydovchilar ishini tashkil etish.
«Tig'is » paytlarda transportli xizmat ko'rsatish sifati darajasini oshirishni ta'minlash bo'yicha tadbirlar.
Aholiga transportli xizmat ko'rsatish sifatini oshirishga bevosita ta'sir ko'rsatuvchi tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi:
Yo'lovchilarni har xil tashish sharoitlarida butun marshrutda tarmog'i bo'yicha marshrutda va marshrut qismlari bo'yicha yo'lovchilar oqimi xarakteri va miqdori haqida doimo ma'lumot yig'ish.
Avtobuslar sig'imi va turini isbotlangan holda tanlash, ularni marshrut bo'yicha ratsional taqsimlash.
Harakat polosasidan unumli foydalangan holda avtobuslarning harakat tezligini oshirish, marshrutda ekspress, poluekspress va tezyurar harakat tizimini tashkil etish.
Marshrutda har xil aralash tizimli harakat marshrutini kritish (odatdagi) tizim bo'yicha qisqartirilgan marshrutlar.
Yillik mavsuslarida, oyning haftalarida, haftaning kunlarida, sutkaning soatlarida yo'lovchilar oqimining o'zgarishini hisobga olgan holda muqobil harakat jadvalini tuzish va aholiga xizmat ko'rsatish sifatini oshirishni ta'minlash, haydovchilar mehnatiga normal sharoit yaratish. EHM harakat jadvalini tuzishda keng foydalanish.
SHahardagi tashkilotlar, korxonalar va o'quv maskanlarining ish boshlash vaqtini hisobga olgan holda «tig'is» vaqtlardagi avtobuslar ishi davomiyligini 4-5 gacha oshirish.
Nazorat tizimini yaxshilash.
Marshrutda tig'is vaqtlarda idora va tashkilotlarga tegishli avtobuslardan foydalanish.
Tenderlarni yaxshi yo'lga qo'yish.
Maxsus qatnovlarni bajarish uchun yoki ishchilarni ishga yetkazish, bolalarni maktabga, yosh bolalarni maktabgacha tarbiya maskanlariga olish borish uchun shaharda avtobuslar ajratiladi.
Yuqorida sanab o'tilgan har xil ko'rinishdagi tashishlar o'z xususiyatiga ega bo'lib, tashishni tashkil etishda muhim e'tiborni taqoza etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |