bo`ladi. Agar kapital pul shaklida bo`lsa, pul beruvchilar ssuda foizi bo`yicha
daromad oladi. Agar kapital buyumlashgan shaklda bo`lsa, u kapitalga ko`ra
349
Real foiz stavkasi nominal stavkadan (pulda ifodalangan stavkadan)
inflyatsiya darajasini ayrilganiga teng.
Tadbirkorlik daromadi - bu ishlab chiqarish resurslaridan samarali
foydalanganligi uchun tadbirkor oladigan daromad.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarda iqtisodiyotning noformal sektori,
ya’ni yashirin iqtisodiy sektorda (rus tilida tenevaya ekonomika) yashirin daromad
mavjud bo`ladi.
Yashirin daromad ham ikki xil bo`ladi. Birinchisi - pora olish (korruptsiya),
giyohvand moddalar sotish, kontrabanda va boshqa sohalardan olinadigan yashirin
daromad. Ikkinchisi - patentsiz va litsenziyasiz sotish faoliyati bilan
shug`ullanishdan tushadigan daromad va soliq xizmatidan yashirilgan daromad.
Aholining tarkibi har xil ijtimoiy qatlamlardan (ishchilar, qishloq
xo`jaligidagi ishlovchilar, xizmatchilar, tadbirkorlar, o`qituvchilar, meditsina
xizmati xodimlari va hokazolar) iborat bo`lgani uchun ushbu guruhlardagi
insonlarning daromadlari ham har xil bo`ladi. Aholi daromadining taqsimlanish
dinamikasi iste’mol byudjeti orqali o`rganiladi. Iste’mol byudjeti ham turli xil
bo`lishi mumkin: o`rtacha oila byudjeti, yuqori darajada etarli byudjet (bunga eng
yuqori umumiy daromad oladigan oilalarni kiritish mumkin), minimal byudjet.
Minimal byudjetli oilaga, oila a’zolarining (bir yillik yoki bir oylik) umumiy
daromadlari minimal bo`lgan oilalar kiritiladi.
Aholini turmush darajasini ifodalaydigan ko`rsatkichlardan biri bu yashash
minimum. Yashash minimumini sarflangan ishchi kuchini oddiy takror tiklash
uchun zarur bo`lgan daromad deb qarash mumkin. Yashash minimumini minimal
iste’mol korzinasi ham deb qaralishi mumkin. Yashash minimumi aholini
qashshoqlik chizig`i sifatida ham qarash mumkin. Yashash minimumidan past
daromad oladigan aholining qismi qancha ko`p bo`lsa, aholining qashshoqlik
darajasi shuncha yuqori bo`ladi.
Turmush darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar iste’mol korzinasiga ko`ra
hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarda o`rtacha daromad iste’mol korzinasiga
quyidagi tovarlar kiritiladi: uy-joy, avtomobil, uyning zamonaviy jihozlari, audio
350
va video texnika, sayohat qilish imkoniyati, bolalarini kiyintirish, o`qitish, ilmiy
asoslangan oziq-ovqat, kiyim-kechak, ma’lum darajadagi jamg`arma.
Odatda minimal iste’mol savatga boshlang`ich ehtiyojni qondiradigan tovarlar
kiritiladi (kiyim-kechak, oziq-ovqat, minimal yashash sharoiti).
Jamiyatdagi barqarorlik va aholining umumiy farovonligi ko`pincha ushbu
aholi tarkibidagi o`rtacha sinfdagi aholining ulushi bilan ifodalanadi deb qaraladi.
O`rtacha sinfdagi aholining mamlakatni hozirgi ham siyosiy, ham iqtisodiy
hayotidagi ahamiyati nihoyatda kattadir. Bozor talabini shakllantirishda, ishlab
chiqarishdagi faollikni ta’minlash o`rta sinfga qarashli aholiga ko`proq bog`liq.
Rivojlangan davlatlarda o`rta sinfga qarashli aholi umumiy aholining 50
foizidan 70 foizigachasini tashkil qiladi.
Yuqorida ham ta’kidlab o`tdikki, bozor iqtisodiyoti o`z-o`zidan jamiyatdagi
daromadlarni tekis taqsimlashni ta’minlamaydi, shuning uchun ham bozor
iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda har doim o`ta qashshoq, boy va o`ta boy aholi
guruhlari saqlanib qoladi. Sivilizatsiyalashgan davlatlardagi iqtisodiy siyosat aholi
daromadlaridagi keskin ravishda katta bo`lgan farqlarni qisqartirishga,
daromadlarni ko`proq adolatli qayta taqsimlashga qaratilgan. Har bir
tsivilizatsiyalashgan davlat nogironlarni, nafaqaxo`rlarni, ko`p bolali oilalarni
ijtimoiy himoya qilishni o`z bo`yniga olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: