Nominal va real daromadlar. Nominal daromad - bu soliq va narxlarning
o`zgarishiga bog`liq bo`lmagan daromad darajasi. Real daromad - bu narxlarni va
boshqa to`lovlarning o`zgarishini hisobga olgandagi daromad. Real daromadni
aniqlashda umumiy daromaddan soliq va boshqa to`lovlarni ayirib, uni narxlar
o`zgarishiga (inflyatsiyaga) ko`ra qayta hisoblaydi.
Ish haqi - ishchi kuchidan foydalanganligi uchun to`lanadigan qiymat. Ish
haqi stavkasi ham ish haqining bir turi bo`lib, ishchi kuchi mehnatidan
foydalangan bir birlik vaqt uchun to`lanadigan ish haqi (bir soatlik, bir kunlik, bir
oylik).
Do'stlaringiz bilan baham: |