I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


XIV BOB. OLIGOPOLIYA SHAROITIDA FIRMALAR



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

XIV BOB. OLIGOPOLIYA SHAROITIDA FIRMALAR  

FAOLIYATI 

 

Biz  ko`rib  chiqayottan  bozor  tuzilmasining  ikkinchi  shakli  Oligopoliyadir. 



Oligopol bozorda faqat bir nechta firma o`zaro raqobatlashadi va bu bozorga yangi 

firmalarning kirib kelishi qiyin bo`ladi. Firmalar chiqaradigan tovar tabaqalashgan 

bo`li  shi  ham  (masalan,  avtomobillar),  tabaqalashmagan  ham  (masalan,  po`lat) 

bo`lishi  mumkin.  Sanoatning  Oligopol  tarmoqlari  da  Monopol  hokimiyat  va 

Monopol  foyda  qisman  bo`lsada  fir  malarning  o`zaro  munosabatlariga  bog`liq 

bo`ladi. Masalan, agar firmalar munosabati raqobatga emas, balki hamkorlikka mo 

yil bo`lsa, ular narxlarni chegarali harajatlardan ancha yuqori belgilab katta foyda 

ko`radilar. 

Ayrim  Oligopol  tarmoqlarda  firmalar  hamkorlik  qilsalar,  boshqalarida  esa 

raqobat  foydaning  pasayishiga  olib  kelishiga  qaramay  firmalar  o`zaro 

tajovuzkorona raqobatla shadilar. Nima uchun shunday bo`lishini bilish uchun biz 

oli goAhmad firmalar ishlab chiqarish hajmini aniqlash va narx belgilashda qanday 

qarorga kelishlarini ko`rib chiqamiz. Har bir firma bir qarorga kelganda, o`zining 

raqobatchilari  bun  ga  qanday  javob  berishi  mumkinligini  o`ylab  ko`rishi  lozim. 

Binobarin  biz  Oligopol  bozorni  o`rganish  uchun  firma  stra  tegiyasining  bir  qator 

asosiy tamoyillarini ko`rib chiqishimiz kerak. 

Bozor  tuzilmasining  uchinchi  shakli  karteldir.  Kartel  lashtirilgan  bozorda 

ayrim  yoki  barcha  firmalar  ochiqoydin  til  biriktirishadi,  ya’ni  ular  birgalikda 

ko`radigan  foydasi  ni  maksimumlashtirish  uchun  o`zlari  belgilagan  narxlarni  va 

ishlab  chiqarish  hajmini  o`zaro  muvofiqlashtiradilar.  Kartellar  OPEK  va  xalqaro 

boksitlar karteli singari ilgari raqobatli bo`lgan bozorlarda paydo bo`ladilar. 

Bir  qarashda  kartellar  sof  Monopoliyadek  tuyuladi.  Kartelga  qo`shilgan 

firmalar  bitga  kompaniyaning  tarkibiy  qismlari  sifatida  amal  qilgandek  ko`rinadi. 

Ammo  kartel  Monopoliyadan  o`zining  ikki  jihati  bilan  farqlanadi.  Birinchidan 

kartellar  bozorni  kamdan  kam  nazorat  qiladi,  ular  o`zi  yuritayotgan  narx  siyosati 

kartellashmagan  korxonalardagi  ishlab  chiqarish  hajmiga  qanday  ta’sir  etishini 

hisobga olishlari kerak. 



 

283 


Ikkinchidan,  kartel  a’zolari  (ishtirokchilari)  bitta  katga  kompaniyaning 

tarkibiy qismi hisoblanmaydi, ularda narx larni pasaytirish va bozorni qo`lga olshi 

yo`li bilan o`z partnyorlarini (sheriklarini) aldab, ularni dog`da qoldirishga qiziqish 

paydo bo`lishi mumkin. Natijada ko`pchilik kartellar beqarorlikka moyil bo`ladi va 

muvaqqat bozor tuzilmasini hosil etadi.

23

 



Agar  siz  mobil  aloqa  kompaniyalari  xizmatlaridan  foydalanmoqchi 

bo`lsangiz, ehtimol siz beshta savdo markasidan: Uzmobile, Ucell, Beeline, UMS 

yoki  Perfectum  Mobiledan  birining  xizmatini  tanlaysiz.  Bu  kompaniyalar 

O`zbekistonda  ko`rsatiladigan  deyarli  barcha  mobil  aloqa  xizmatlarini  aholiga 

taqdim  etadilar. Bu  firmalar  birgalikda  ko`rsatilgan  xizmatlar miqdorini  aniqlaydi 

va xizmatlar sotiladigan narxini rasmlantiruvchi bozor talabi egri chizig`ini beradi. 

Mobil  aloqa  xizmatlari  uchun  bozor  Oligopoliyaga  bir  misol  bo`la  oladi.  Bu 

Oligopolistik  bozorning  asosiy  mohiyati  bunda  faqat  bir  nechta  sotuvchilarning 

bo`lishidadir.  Natijada  bozordagi  istagan  sotuvchi  boshqa  hamma  sotuvchilarning 

foydasiga  katta  ta’sir  ko`rsatishi  mumkin.  Oligopolistik  firmalar  o`zaro  bir  biri 

bilan  bog`lanib  turadi,  biroq  raqobatdosh  firmalar  bunday  emas.  Bu  bobdagi 

bizning  asosiy  maqsadimiz  firmalarni  qay  darajada  o`zaro  bog`liqligini  va  davlat 

siyosati  darajasida  qanday  muammolarni  kuchaytirishini  ko`rib  chiqishdan 

iboratdir.  

Oligopoliyaning  tahlili  o`yinlar  nazariyasini  tanishtirishga  qulayliklarni  va 

odamlar  strategik  holatlarda  o`zlarini  qanday  tutishlarini  o`rganishni  taklif  etadi. 

Biz  qachonki  harakatlarni  muqobil  rivojlanishini  tanlaganimizda  “strategik” 

jihatidan  odamlardagi  vaziyatni  anglaymiz  va  u  qilgan  harakatiga  qanday  javob 

berishi  kerakligini  o`ylashimiz  kerak.  Strategiya  faqatgina  shashkada,  shaxmatda  

ahamiyatga ega emas, biroq ko`plab biznes qarorlarida ahamiyatga egadir. Chunki, 

Oligopolistik  bozor  faqat  kam  sonli  firmalarga  ega,  va  har  bir  firma  strategiya 

asosida harakatlanishi kerak. Har bir firma uning foydasi faqat uning qancha ishlab 

chiqarishiga  emas,  balki  yana  boshqa  firmalarning  ham  qanchalik  ko`p  ishlab 

chiqarishiga  bog`liqligini  biladi.  Uning  ishlab  chiqarishga  qaror  qilishi, 

                                                           

23

 N. Gregory Mankiw Principles of Microeconomics, 7e 




 

284 


Oligopoliyadagi har bir firma qarori qanchalik boshqa hamma firmalarning ishlab 

chiqarish qarorlariga ta’sir qilishi haqida o`ylab ko`rishi kerak.  

O`yinlarlar  nazariyasi  raqobatdosh  yoki  Monopoliya  bozorini  tushunish 

uchun  ahamiyatli  emas.  Bozorda  butunlay  raqobat  yoki  Monopolistik  raqobat 

bo`lishi  mumkin,  har  bir  firma  boshqa  ahamiyatli  bo`lmagan  firmalar  bilan 

taqqoslaganda  bozorga  kichik  o`zaro  strategik  ta’sirga  ega.  Monopoliyaga 

aylantirilgan  bozorda  strategik  jihatdan  o`zaro  bo`gliqliklar  yo`q,  sababi  bozorda 

faqat  bir  firma  bor.  Biroq  biz  ko`rganimizdek,  o`yinlar  nazariyasi  Oligopoliyani 

tushunishga  va  o`yinlarchilarning  boshqa  biri  bilan  ta’sir  ko`rsatishining  kichik 

sonidagi  ko`p  boshqa  vaziyatlarni  tushunish  uchun  ancha  foydalidir.  O`yinlar 

nazariyasi odamlarni tanlagan strategiyalarini tushunishga yordam beradi.  

 

 




Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish