Oligopoliyalar maxbuslarning dilemmasi sifatida
Maxbuslarning dilemmasi bozorlar va nomukammal raqobat bilan nima
qilishi kerak? Bu Oligopolistlar Monopol oqibatiga erishish uchun qilayotgan
harakatida maxbuslarning dilemmasida ikki maxbus o`ynashi oyinga o`xshaydi,
deb bellashadi.
Yana Anvar va Bahrom yuzlangan qarorlarni ko`rib chiqaylik. Uzoq
muzokaralardan so`ng, suvni ikki yetkazib beruvchilari 30 bochkada ishlab
chiqarishni saqlab qolishi uchun kelishishadi, shunday qilib ular birgalikda
maksimal foydani ishlashga va narxi yuqori saqlanishiga kelishishdi.Ular ishlab
chiqarish darajadagi kelishuvlaridan so`ng, shu bilan birga, ularning har biri, bu
shartnomaga yoki balandroq darajada ishlab chiqarishga va uni e’tiborsiz
295
qoldirishga sazovor bo`lib, yoxud hamkorlik qilish uchun qaror qabul qilishlari
shart. 2- grafa bu ikki ishlab chiqaruvchilar foydasi qanchalik ular tanlagan
strategiyalarga bog`liq ekanligini ko`rsatadi.
Sizni Anvar, deylik. Siz quyidagicha mulohaza qilishingiz mumkin: "Men
kelishganimizdek 30 bochka ishlab chiqarishni pastda tutishim mumkin edi, yoki
men ishlab chiqarishni oshirishim va 40 bochka sotishim mumkin edi. Agarda
Bahrom shartnomaga sazovor bo`lsa, va uning ishlab chiqarishi 30 bochkada
davom etsa, keyin men yuqori ishlab chiqarish bilan 2,000 so`m va past ishlab
chiqarish bilan 1800 so`m foydani ishlayman. U holda men yuqori ishlab chiqarish
bilan yanada yaxshiroq foyda ko`raman. Agar Bahrom shartnomaga sazovor
bo`lishda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, va 40 bochka ishlab chiqarilsa, keyin men
yuqori ishlab chiqarish bilan 1600 so`m va pastki ishlab chiqarish bilan 1500 so`m
ishlayman. Yana bir bor, men yuqori ishlab chiqarish bilan yanada yaxshiroq foyda
ko`raman. Shunday qilib, Bahrom nima qilishni tanlashidan qat'iy nazar, men
yuksak saviyada ishlab chiqarishda va bizning shartnomada yaxshi foyda
ko`raman.
40 bochka ishlab chiqarish Anvar uchun ustun strategiya. Albatta, Bahrom
aynan bir xil tarzda mulohaza qiladi, va shuning uchun har ikki ishlab chiqarish 40
bochkaning eng yuqori darajasida bo`ladi. Natija (Anvar va Bahromning nuqtai
nazaridan) - ikki ishlab chiqaruvchilarining har biri uchun quyi foyda bilan bo`lgan
ichki natija hisoblanadi.
Bu misol nima uchun Oligopoliya Monopoliya foydasini qo`llab-
quvvatlashda muammo tug`dirishiga misol keltiradi. Monopoliya natijasi
Oligopoliya uchun umumiy maqsadga muvofiqdir, lekin har bir Oligopolist
qalloblikni rag`batlantirishi mumkin. Shaxsiy-manfaat maxbuslar maxbuslar
dilemmasida iqror bo`lishiga olib kelganidek, shaxsiy manfaat Oligopoliya pastki
ishlab chiqarish, yuqori qiymat va Monopoliya foydasi bilan kelishuv natijasini
qo`llab-quvvatlashi uchun ba’zi qiyinchiliklarni tug`diradi.
Keys stady OPEK va Jahon neft bozori
296
Bizning shaharchaning suv bozori haqidagi hikoyamiz fantastika, lekin agar
biz tanlangan suvni neftga almashtirsak, va Anvar va Bahrom o`rniga Eron va
Iroqga almashtirilsa, bu hikoya haqiqatga yaqin bo`ladi. Jahon neftining anchasi oz
miqdordagi mamlakatlar tomonidan ishlab chiqarilgan, hammasidan ham ko`p
o`rta Sharqda ishlab chiqarilgan. Bu mamlakatlar birgalikda Oligopoliyani tuzadi.
Ularning qarorlari qanchalik ko`p neftni nasos bilan tortib olishga Anvar va
Bahromning qarorlarini qanchalik ko`p suvni nasos bilan tortib olish haqidagi
hikoyaga o`xshash.
Bu mamlakatlar, ya’ni Jahon Neft qismining eng ko`p qismini ishlab
chiqaradigan mamlakatlar bir kartelni shakllantiradi, va bu Neftni Eksport qiluvchi
Mamlakatlar Tashkiloti (OPEC) deb ataladi. 1960 yilda asl nusxada
shakllantirilganidek OPEC Eron, Iroq, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Venesuella
mamlakatlarini o`z ichiga oladi. 1973 yilda, boshqa 8 millat qo`shiladi: Qatar,
Indoneziya, Libiya, BAA, Jazoir, Nigeriya, Ekvador va Gabon. Bu mamlakatlar
zahirada saqlangan jahon neftining 4/3 qismini nazorat qiladi. OPEC ishlab
chiqarish miqdorida kamaytirilgan koordinata orqali ishlab chiqarishning foydasini
rivojlantirishga harakat qiladi. OPEC mamlakat a’zolarini har biri uchun ishlab
chiqarish darajasini o`rnatishga harakat qiladi.
25
Oldimizdagi muammoga bizning hikoyamizdagi Anvar va Bahrom duch
kelgan muammolar kabi OPEC ham duch keldi. OPEC mamlakatlari neftning
yuqori qiymatini qo`llab - quvvatlashni xohlaydi. Ammo kartelning har bir a’zosi
umumiy foydaning katta ulushini olishi uning ishlab chiqarishini rivojlanishiga
jalb etadi. OPEC a’zolari ishlab chiqarishga tez-tez kelishishadi, biroq keyin
shartnomalar ustida aldashadi.
OPEC 1973-yildan 1985-yilgacha asosiy hamkorlik va yuqori narxlarda juda
muvofaqqiyatli bo`lgan. Ishlov berilmagan neftning narxi 1972-yilda 3 dollarga,
1974-yilda 11 dollarga va undan keyin 1981-yilda 35 dollarga ko`tarildi. Ammo
1980-yilning o`rtalariga kelib, a’zo mamlakatlar o`rtasida ishlab chiqarish
darajasida nizo kelib chiqa boshladi va OPEC ayni vaqtda davom etayotgan
25
N. Gregory Mankiw Principles of Microeconomics, 7e
297
hamkorlikda samarasiz bo`la boshladi. 1986-yilgacha ishlov berilmagan neftning
narxi yana qaytadan 1 barelli 13 dollarga tushdi.
Yaqin yillarga kelib, OPECning a’zolari muntazam uchrashishni davom
ettirishgandi, biroq bu kartel joriy qilingan shartnomalarga erishishda kam
muvaffaqiyatga erishdi. 2007 va 2008 yildagi ahamiyatga ega bo`lgan neftning
qiymati rivojlanishiga qaramay, bu boshlang`ich sabab jahon neft bozorining
talabini rivojlantirdi.
Umumiy resurslar. Odamlarni haddan tashqari umumiy resurslardan ko`p
foydalanishga moyil ekanini ko`rdik. Bu muammolarni maxbuslar dilemmasining
(tang ahvoli) misoli tariqasida mulohaza qilishimiz mumkin. Exxon va Texaco –
ya’ni neft faoliyatiga ega bo`lgan ikki qo`shni neft kompaniyalarini tasavvur
qiling. Bu soha ostida 12 million dollar qiymatga ega neftning umumiy fondi
yotibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |