Brend nomlari. Reklama ko`proq firmalarning brend savdo markalari bilan
bog`liq yangi Brend maxsulotlarini reklama qilish uchun yordam beradi. Ko`p
bozorlarda, firmalarning ikkta turi shakllangan. Ba’zi firmalar o`zining umumiy
tan olingan maxsulotlarini sotishadi, boshqa firmalar esa oddiy yo`l orqali
sotishadi. Misol uchun, odatiy aptekada siz Bayer firmasining aspirini va oddiy
taniqli bo`lmagan aspirinni peshtaxtadan topa olasiz. Oziq-ovqat do`konidan,
siz Pepsi ichimigi va oilalarga yetarli miqdordagi boshqa ichimliklarini topa olasiz.
Odatda firma o`zining belgilangan maxsulotlarini reklama qilishga ko`p pul
sarflaydi va o`zining maxsulotlarini baland narxda baholaydi.
Brend savdo markalariga nisbatan tanqidchilarimizning fikrlari bir hil
emas.Tanqidchi va tarafdorlarning savdo markalariga nisbatan qarashlarini ko`rib
chiqaylik.
Tanqidchilar uqtiradilarki, tovarda taniqli savdo markasi mavjudligi
iste’moichilarda bu tovarni boshqasiga qaraganda farqi mavjud degan hisni
uyg`otadi. Aslida esa farqi katta emas. Ko`pincha holatlarda oddiy tovar brend
tovardan farq qilmaydi.Brend maxsulot uchun xaridorning ko`proq to`lashga
roziligi – reklamaning ta’siridir deb uqtiradilar tanqidchilar. Iqtisodchi Edvard
Chemberlin, Monopolistic raqobat nazariyasi asoschilaridan biri xukumat savdo
markasini yoq qilish va ularning egalaridan brend xuquqini olish lozim deb
hisoblaydi. Qator iqtisodchilar savdo markasi iste’molchini sotib olayotgan
tovarlarini sifati yuqori darajada ekanligiga kafolat beradi deb hisoblashadi. Bu
fikrni asoslashda ikki bir-biriga bog`liq bolgan sabab bor. Birinchidan, brend savdo
markalari iste’molchilarni shu tovarni oldindan baxolashga qiynalayotganlarida,
ularni tovarsifati haqidagi ma’lumot bilan ta’minlaydi. Ikkinchidan, savdo
markalari firmalarni tovar sifatini yuqori darajada ushlab turishga undaydi.
MakDonalds deb nomlangan taniqli savdo belgisini esga olaylik. Faraz qiling
begona katta shaxarda biror narsa yeb olmoqchisiz, ro`parangizda MakDonalds
restorani va notanish bir restoran turibdi. Siz qaysinisiga kirgan bo`lardingiz?
279
Balki siz shaxarchaning kichkinagina restoranida arzon narxlarda
ovqatlanmoqchidursiz. Lekin buning uchun qarshingizda MakDonaldsning sizga
tanish bolgan maxsulotlari. Shunday qilib, savdo belgisi iste’molchilarga
tanlovning sifati xaqida ma’lumot berib turadi.
MakDonalds savdo markalari kompaniyaning maxsulotlari sifatini doimo
oshirib borishiga maanfaatdorligiga kafolat beradi. Maxsulot va taom sifati
to`g`risidagi salbiy ma’lumot kompaniya uchun o`lim bilan barobar. Chunki bu
narsa kompaniyani bir necha yillardan beri orttirgan obro`siga putur yetkazishi
mumkin. Bunda nafaqat kamchiligi topilgafi bo`limda, balki mamlakat bo`ylab
barcha korxonalarida ishlab chiqarish hajmi kamayadi.
Shunday qilib,savdo markalari haqidagi tortishuvlarda brend maxsulotlariga
ko`proq avzallik berilishi aniqlandi. Tanqid qiluvchilarning fikrlariga ko`ra savdo
markalari iste’molchilarning reklamaga bo`lgan munosabatlari natijasidir. Savdo
markalari tarafdorlari uqtiradilarki, iste’molchilar brend maxsulotlariga yuqori
narxlarda haq tolashi uchun barcha asoslar bor,chunki ular barcha sifat talablariga
javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |