Firma ishlab chiqarishning ikkita omili — mehnat va kapitalni almashtira
oladigan ishlab chiqarish texnologiyasini o`rganishdan boshlaymiz. Faraz qilaylik,
oziq-ovqat mahsuloti (tayyor mahsulotlar) mehnat va kapitaldan foydalanib ishlab
chiqariladi. 9.1-jadvalda ishlab chiqarish omillarining turlicha o`zaro birikishida
maksimal hajmi bo`lib, uni kapital va mehnatni tegishli nisbatga qo`llash tufayli
ishlab chiqarish mumkin (masalan, kapital 2 birligi va mehnat 4 birligidan
180
3
55
75
90
100
105
4
65
85
100
110
115
5
75
90
105
115
120
Jadvaldagi har bir qatorga nazar tashlasak, kapital sarfi o`zgarmagan holda
mehnat sarflari ko`ttaygan sari ishlab chiqarishning umumiy hajmi o`sib borishini
ko`ramiz. Har bir ustunni yuqoridan pastga tomon kuzatsak mehnat sarfi
o`zgarmagan holda kapital sarfi ko`paygani sari mahsulot ishlab chiqarish o`sib
borishini ko`ramiz.
9.1-jadvaldagi ma’lumot izokvantlardan foydalanib, chizma shaklida qam
berilishi mumkin. Izokvant egri chiziqdan iborat bo`lib, unda joylashgan ishlab
chiqarish omillarining barcha nisbatlarda qo`llanishi ulardan foydalanishda bir hil
hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi. 9.1-rasmda uchta ishlab chiqarish
izokvanti aks ettirilgan (Chizma o`qlarida muayyan muddatda qo`llangan ishlab
chiqarish omillari joylashgan).
9.1-rasm. Ikkita ishlab chiqarish omili ma’lum vaqg mobaynida o`zgarganda
mahsulot ishlab chiqarish chizmasi.
Izokvantlar
9.1-jadval
ma’lumotlariga mos keladi, biroq mayda
ko`rsatkichlardan foydalanishga imkon berish uchun bir tekis egri chiziq shaklida
chizilgan. Masalan, Q, izokvantida ishlab chiqarish omillarining barcha o`zaro
nisbati berilgan, ulardan foydalanish 55 birlik mahsulotni beradi. Nuqtalardan
ikkitasi, A va D, 9.1-jadvalga muvofiq belgilangan, biroq egri chiziqning qolgan
qismlari izokvantning oddiy ko`rinishida berilgan. A nuqtada bir mehnat birligi va
uch kapital birligi 55 birlik mahsulot olishni ta’minlaydi; ayni vaqtda D nuqtada
181
shu hajmda mahsulot chiqarishga uch mehnat birligi va bir kapital birligining
o`zaro nisbati bilan erishiladi. Q
2
izokvantda 75 birlik mahsulot ishlab chiqarishni
ta’minlovchi ishlab chiqarish omillarining barcha o`zaro nisbati joylashgan,
bulardan to`rtga nuqga 9.1-jadvalda chizib ko`rsatilgan mehnat bilan kapitalning
o`zaro nisbatiga muvofiq joylashgan. Q
3
izokvant Q-dan yuqori va o`ng tomonda
yotibdi, chunki unda ikkala ishlab chiqarish omillarining shunday o`zaro nisbati
berilganki, ularda Q, da ishlab chiqariladigan mahsulot hajmidan ko`proq mahsulot
ishlab chiqariladi.
Izokvantlar farqsizlik egri chizig’iga o`xshash, biz ulardan iste’mol tanlovi
nazariyasini o`rganishda foydalanganmiz. Farqsizlik egri chizig’i iste’molni
qondirish darajasining pastdan yuqoriga borishini ifodalaydi, izokvantlar esa
mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko`rsatadi. Biroq, farqsizlik egri chizig’idan
farqli o`laroq har bir izokvant mahsulot ishlab chiqarishning ma’lum darajasi bilan
bog’liq. Ayni vaqtda, farqsizlik egri chizig’iga mos keluvchi «raqamlar» ifodasi
faqat tartib shaklida e’tiborga sazovor, ya’ni yuqoriroq darajadagi naflilik
«yuqoriroq» farqsizlik egri chizig’i bilan bog’liq. Biroq biz izokvant vositasida
mahsulot ishlab chiqarishning alohida darajasini anikdash usuli bilan naflilikning
alohida darajasini o`lchay olmaymiz.
Izokvantlar kartasi alohida izokvantlar yig’indisidan iborat bo`lib, ularning
har biri, omillarning muayyan nisbatida erishiladigan maksimal mahsulot ishlab
chiqarishni ko`rsatadi. Izokvantlar kartasi ishlab chiqarish funktsiyasini ifoda
etishning muqobil usuli bo`lib, xuddi farqsizlik egri chiziqlari kartasi kabi naflilik
funktsiyalarini ifoda etuvchi uslublardan biri hisoblanadi. Izokvantlarning cheksiz
miqtso- ri izokvantlar kartasini tashkil etadi. Har bir izokvant turli hajmda
mahsulot ishlab chiqarish bilan tasvirlanadi va bu hajmlar chizmada yuqoriga va
o`ngga siljish bilan ortib boradi.
Izokvantlar firmalarning ishlab chiqarish bo`yicha echimlarining qanchalik
moslashuvchan ekanligini ko`rsatadi. Ko`p hollarda, firmalar ishlab chiqarish
omillarining turlicha nisbatidan foydalanib, ma’lum miqdorda mahsulot ishlab
chiqarishga erishishlari mumkin. Firma rahbari bunday moslashuvchanlikning
182
tabiatini tushunishi zarur. Bu rahbarga ishlab chiqarish omillarining shunday
o`zaro nisbatini tanlab olish imkonini beradiki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini
minimumlashtiradi va foydani maksimumlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: