9.3 Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish
Ishlab chiqarish va uning xarajatlari to`g’risida gapirganda, ular qisqa
muddatda va uzoq vaqtda amal qilishining farqiga borish muhimdir. Qisqa
muddatli deb ishlab chiqarish omillarining hech bo`lmaganda birontasini ham
o`zgartirib bo`lmaydigan vaqtga aytiladi Shu vaqt davomida o`zgara olmaydigan
omillarni doimiy ishlab chiqarish omillari deyiladi. Masalan, firmaning kapitalidan
foydalanish yo`nalishini o`zgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi
zavod loyihalashtirilishi va qurilishi, stanoklar va boshqa asbob-uskunalar
buyurtirilishi va joylashtirilishi kerak, buning uchun bir yil va undan ortiq vaqg
ketadi. Uzoq muddatli davr deb barcha omillarga o`zgartirish kiritish uchun etarli
bo`lgan vaqt mobayniga aytiladi. Bunday omillar o`zgarib turadigan omillar
deyiladi. Qisqa muddatli vaqt davomida firmalar ma’lum bir zavoddan va asbob-
uskunalardan foydalanish intensivligini o`zgartirishi mumkin. Uzoq muddat
davomida esa ular zavodning quvvatini ham o`zgartirishi mumkin. Barcha jalb
etilgan ishlab chiqarish omillarining qisqa muddatli davrdagi holati firmalarning
uzoq vaqtga mo`ljallangan echimlari bilan bog’liq bo`lib, bu echimlar ma’lum
tovarlarni sotishdan tushadigan foydaning hisob-kitobiga asoslangan. Har bir
alohida holatda qisqa muddatdagi va uzoq muddatdagi omillar harakatini farqlash
zarur. Masalan, idishdan quyib sotiladigan bolalar limonadi uchun uzoq muddatli
vaqt bir yoki ikki kunni, neftkimyo yoki avtomobil qurilishi firmalari uchun esa 10
yilni tashkil etadi.
Rasm qisqa va uzoq muddatda omillar harakati o`rtasidagi farqni o`rganish
imkonini beradi. Faraz qilaylik, (A nuqtada) firma bir dona (birlik) mehnat
resurslari va 3 birlik kapitaldan foydalanib 55 birlik (dona) oziq-ovqat mahsulotini
ishlab chiqarmoqda, biroq u mahsulot ishlab chiqarishni 90taga etkazmoqchi.
Mehnat sarflari 30 dollar/soatni, kapital sarfi atigi 10 dollarni tashkil etgani uchun
183
55 dona mahsulot ishlab chiqarishning, umumiy qisqa muddatli xarajatlari 60
dollarga teng.
Uzoq muddatli davrda kapital ham, mehnat ham o`zgarib turadigan ishlab
chiqarish omillari bo`lgani uchun, masalan, E nuqgada mahsulotni qo`shimcha
ishlab chiqarish xarajatlari 110 dollarni tashkil etishi mumkin. Bu, bir dona mehnat
resursi va ikki dona kapitaldan qo`shimcha foydalanish bilan bog’liq. Biroq, qisqa
mudtsatli davr davomida biz ikkala omilni bir vaqgda qo`llay olmaymiz. Demak,
90 dona mahsulot ishlab chiqarishning birdan-bir usuli A nuqtadan S nuqtaga
siljigan holda mehnat omilini, ya’ni, mehnat sig’imini 1dan Zgacha
ko`paytirishdir. Afsuski, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning qisqa muddatli
xarajatlari 120 dollarni tashkil etadi, bu uzoq muddatli xarajatlarga (E nuqga)
qaraganda 10 dollar ortiq.
Firmalar doimo qisqa muddatli ishlab chiqarishga doir qarorga keladilar va
ayni vaqgda uzoq muddatli davrda omillarni o`zgartirishni rejalashtiradilar. Qisqa
muddatli davrda mahsulot ishlab chiqarishni 55dan 90 donagacha ko`paytirish
firmaga soatiga 60 dollarga tushadi. Biroq, uzoq mudtsatli davrda agar ishlab
chiqarish jarayonitsa ikki dona (birlik) kapital qo`shimcha ravishda foydalanilsa bu
sarflar 50 doll. soatga pasayishi mumkin.
Shunday qilib, bizning firmamiz qo`shimcha kapitalga buyurtma beradi,
biroq ayni vaqtda uch mehnat birligvdan foydalanib 90 dona mahsulot ishlab
chiqaradi. Qo`shimcha kapital kelib qo`shilgan vaqgda firma o`zi kiritadigan
mehnat omilini kamaytirishi va foydani ko`paytirishi mumkin.
Bitta o`zgaruvchan ishlab chiqarish omili sharoitida ishlab chiqarish
Kapital katiy belgilangan ishlab chiqarish omili bo`lib, mehnat esa
o`zgaruvchan hisoblanuvchi holatni ko`rib chiqamiz. Bu holda firma ishlab
chiqarishni asosan mehnat resurslaridan foydalanish hisobiga ko`paytiradi.
Tasavvur qiling, masalan, Siz kiyim ishlab chiqaruvchi fabrikani boshqaryapsiz.
Ixtiyoringizda doimiy (o`zgarmas) miqdorda asbob-uskuna mavjud, ammo Siz
asbob-uskunani foydalanish va kiyim tikish uchun oz yoki ko`p ishchi yollashingiz
184
mumkin. Siz qancha kishi yollash va qancha kiyim ishlab chiqarishni hal
qilishingiz kerak. Bir qarorga kelish uchun ishlab chiqariladigan mahsulot Q
miqdori foydalaniladigan mehnat resurslari L o`sgan sari qanday ko`payishini
(agar umuman ko`paysa) bilish zarur.
Jadvalda mehnat sarfi turlicha va kapital sarfi doimiy bo`lgan sharoitda 10
birlikka teng ishlab chiqarish hajmi keltirilgan (birinchi ustun — mehnat sarfi,
ikkinchisi — kapitalning o`zgarmas miqdori va uchinchisi — ishlab chiqarish
hajmi). Mehnat sarfi nulga teng bo`lganda, ishlab chiqarish hajmi ham nul bo`ladi.
Mehnat sarfi sakkiz birlikkacha oshganda ishlab chiqarish hajmi o`sib boradi. Bu
nuqtadan yuqorida ishlab chiqarish hajmi kamayadi. Bungacha har bir qo`shimcha
mehnat sarfi asbob-uskunalarning mehnat unumdorligini oshirgan, biroq
ko`rsatilgan bu nuqtadan keyin qo`shimcha mehnat sarflari to`la bo`lmay qoladi va
samaraga qarshi bo`lib qolishi mumkin (yig’ish liniyasidan ikki kishiga qaraganda
besh kishi yaxshi foydalanishi mumkin, biroq o`n kishi bir-biriga xalaqit berib
ishlaydi).
Bitta o`zgarib turuvchi omil qo`llangandagi ishlab chiqarish natijalari
Mehnat sarfi
(L)
Kapital sarfi
(K)
Ishlab chiqarish
hajmi (Q)
O`rtacha
mahsulot (Q
/L)
Chegarali
mahsulot (DQ
/DL)
0
10
0
—
—
1
10
10
10
10
2
10
30
15
20
3
10
60
20
30
4
10
80
20
20
5
10
95
19
15
6
10
108
18
13
7
10
112
16
4
8
10
112
14
0
9
10
108
12
-4
10
10
100
10
-8
Do'stlaringiz bilan baham: |