I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


IX BOB ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

IX BOB ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI

12

 

 

9.1 Ishlab chiqarish texnologiyasi. 

 

So`nggi uch bobda biz e’tiborimizni bozor talabi — iste’molchilarning afzal 

ko`rishlari va xatti-harakatiga qaratdik. 

Endi  taklifga  murojaat qilamiz  va ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakatini 

ko`rib chiqamiz. Biz firmalar qanday qilib ishlab chiqarishni samarali tashkil qila 

olishlarini  va  ishlab  chiqarish  omillarining  hamda  ishlab  chiqarilayotgan 

mahsulotning  qiymati  o`zgarishi  bilan  ishlab  chiqarish  sarflarining  o`zgarishini 

ko`ramiz.  Shuningdek,  firmalar  va  iste’molchilar  qo`llayotgan  optimal  echimlar 

o`rtasida  o`xshashlik  borligini  ko`ramiz,  iste’molchi  xatti-harakatini  o`rganish 

bizga ishlab chiqaruvchi xatti-harakatini tushunishda yordam beradi. 

Firmani  iqtisodiy  boshqarishda  ishlab  chiqarish  va  sarflar  nazariyasi 

markaziy  o`rin  egallaydi.  Ayrim  muammolar,  masalan,  «General  motors» 

kompaniyasi  muntazam  duch  keladigan  muammolar  bilan  tanishib  chiqamiz. 

Yig’uv liniyalarining texnikaviy ta’minlanganlik darajasi qanday bo`lishi va uning 

yangi avtomobil zavodlariga qancha miqdorda mehnat resurslari jalb etilishi kerak? 

Agar  kompaniya  ishlab  chiqarishni  ko`paytirmoqchi  bo`lsa,  ishchilarni  ko`proq 

yollashi  lozimmi  yoki  yangi  zavodlar  qurish  ham  zarurmi?  Nima  maqsadga 

muvofiq:  bitga  avtomobil  zavodi  turli  modellar  ishlab  chiqarganimi  yoki  har  bir 

model  alohida  zavodda  ishlab  chiqarilganimi?  «General  motors»  o`zining  ishlab 

chiqarish  sarflarini  kelgusi  yilda  qanday  rejalashtirmoqda  va  vaqti  kelganda  bu 

ishlab  chiqarish  sarflari  qanday  tarzda  o`zgaradi,  ularga  ishlab  chiqarish  hajmi 

qanday ta’sir ko`rsatadi? Bu savollar faqat sanoat firmalariga qo`llanib qolmasdan, 

balki  tovarlar  ishlab  chiqaruvchi,  xizmatlar  ko`rsatuvchi,  hukumatga  qarashli  va 

notijorat muassasalarga ham tegishlidir. 

Ushbu  bobda  biz  firmada  ishlab  chiqarish  texnologiyasini  o`rganib 

chiqamiz,  bu  jarayonda  ishlab  chiqarish  omillari  (mehnat  va  kapital  kabilar)  ning 

birgalikda  amal  qilishi  tayyor  mahsulot  (avtomobillar  va  televizorlar)  ishlab 

                                                           

12

 

Pindayk R.,Rabinfeld D., Microeconomics. P.139-167 bet



 


 

177 


chiqarish  bilan  yakunlanadi.  Biz  buni  bir  nechta  bosqichda  amalga  oshiramiz. 

Birinchidan, ishlab  chiqarish  texnologiyasini  ishlab  chiqarish  funktsiyasi  shaklida 

tasavvur  etamiz. Keyin, ishlab  chiqarish  funktsiyasidan  foydalanib  firmada  ishlab 

chiqarish 

omillari 

o`zgarganda 

mahsulot 

ishlab 


chiqarish 

qanday 


o`zgarayotganligini ko`rsatamiz. 

Firma faoliyatining miqyosiga alohida e’tibor qaratamiz. 

Firma  ishlab  chiqarish  hajmini  uning  ko`lami  oshgan  sari  ko`paytiruvchi 

texnologik afzalliklar mavjudmi? 

Shuningdek,  biz  ko`p  tarmoqli  firmalardagi  ishlab  chiqarishni  ham 

o`rganamiz. Masalan, ikki xil mahsulot ishlab chiqaruvchi firma rahbari xar ikkala 

mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmini  (maksimumlashtirish)  uchun  taqchil  ishlab 

chiqarish omillarini qanday joylashtirishini ko`rishimiz mumkin. 

Nihoyat,  biz  firmaning  ishlab  chiqarish  jarayoni  to`g’risidagi  empirik 

axborotni,  jumladan,  ishlab  chiqarish  miqyosining  o`sishi  natijasida  mahsulot 

tannarxining  pasayishi  to`g’risidagi  axborotni  qanday  olinishi  va  undan  qanday 

foydalanilishini ko`ramiz. 

Ishlab  chiqarish  firma  faoliyatining  asosiy  sohasidir.  Firmalar  ishlab 

chiqarish  omillarini  qo`llaydilar,  bular,  shuningdek,  jalb  etiladigan  (kiritiladigan) 

ishlab  chiqarish  omillari  deb  ataladi.  Masalan,  non  pishiruvchi  korxona  egasi 

kiritiladigan  ishlab  chiqarish  omillari  bo`lmish  —  ishchilar  mehnati,  un  va 

shakardan  iborat  xomashyo,  shuningdek,  pech,  xamirqorgich  va  boshqa  asbob-

uskunalarga  qo`yilgan  kapitaldan  non,  gumma  va  qandolat  mahsulotlari  ishlab 

chiqarishda foydalanadi. 

Ishlab chiqarish omillarini yirik toifalar — mehnat, materiallar va kapitalga 

ajratishimiz  mumkin,  bularning  har  biri  kichikroq  guruhlarni  o`z  ichiga  oladi. 

Masalan, mehnat ishlab chiqarish omili sifatida meqnat sig’imi ko`rsatkichi orqali 

ham malakali (duradgorlar, muhandislar), ham malakasiz mehnat (qishloq xo`jaligi 

ishchilari)ni, shuningdek firma rahbarlarining tadbirkorlik faoliyatini birlashtiradi. 

Po`lat,  plastik  ashyolar,  elektr  quvvati,  suv  va  boshqa  turli  ashyolar  borki, 

ular  firma  sotib  olib  tayyor  mahsulotlarga  aylantiradigan  materiallar  hisoblanadi. 




 

178 


Binolar,  uskunalar  va  tovar-moddiy  buyumlar  kapitalga  taalluqlidir.  Kiritiladigan 

omillar, ishlab chiqarish jarayoni va pirovard mahsulot yaratish o`rtasidagi o`zaro 

munosabat ishlab chiqarish funktsiyasi orqali ifodalanadi. 

Ishlab  chiqarish  funktsiyasi  firma  ishlab  chiqarish  omillarining  har  biri 

alohqda  nisbatda  qo`llanganda  Q  mahsulotni  maksimal  ishlab  chiqarishini 

ko`rsatadi. 

Soddalashtirish  uchun  ikkita  kiritiluvchan  omil  —  mehnat  L  va  kapital  K 

mavjud deb faraz qilamiz. Bunda ishlab chiqarish funktsiyasini 

Q = F(L,K)  (9.1) 

tarzida yozishimiz mumkin. 

Tenglamadan  ko`rinadiki,  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi  ikki  ishlab 

chiqarish  omilining  miqdoriga  bog’liq.  Masalan,  ishlab  chiqarish  funktsiyasi  bir 

yilda  kattaligi  ma’lum  bir  zavodning  mavjud  texnologiya  va  yig’uv  konveyerida 

band  bo`lgan  muayyan  miqdordagi  mehnat  resurslari  yordamida  ishlab  chiqari- 

ladigan  shaxsiy  kompyuterlar  maksimal  sonini  aniqchash  imko-  nini  beradi. 

Fermer  u  yoki  bu  ob-havo  sharoitida,  mehnatning  fondlar  bilan  ta’minlanganlik 

darajasi va ishda band ish kuchi bilan oladigan maksimal hosil hajmini hosil ishlab 

chiqarish  funktsiyasi  yordamida  aniqpash  mumkin.  Demak,  ishlab  chiqarish 

funktsiyasi  muayyan  hajmda  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  ishlab  chiqarish 

omillarining turli usullarda birlashtirishni ifodalaydi. 

Masalan,  vinoni  ko`p  mehnat  talab  qiluvchi  qo`lda  tayyorlash  usulida  yoki 

uzumni ezish uchun mashina, asbob-uskunalardan foydalanib ko`p kapital sarflash 

usuli  bilan  tayyorlash  mumkin.  Ta’kidlash  zarurki,  tenglamani  (9.1)  ma’lum 

texnologiyaga  (ya’ni,  mahsulot  ishlab  chiqarish  jarayonida  ishlab  chiqarish 

omillarini  o`zaro  bog’lanishning  turli  usullari  to`g’risidagi  muayyan  bilimga  ega 

bulgan  holat  uchun)  qo`llash  mumkin.  Chunki,  texnologiya  borgan  sari 

takomillashib bormoqda, firma  mahsulot ishlab chiqarish hajmini ishlab chiqarish 

omillarini qatiy belgilangan tarkibda ko`paytirishi mumkin. 

Ishlab  chiqarish  funktsiyasi  nuqgai  nazaridan  «mahsulotni  maksimal  ishlab 

chiqarish»  iborasi  juda  muhim  hisoblanadi.  Ishlab  chiqarish  funktsiyalari 




 

179 


serchiqimlik yoki samarasiz ishlab chiqarish jarayonlariga yo`l qo`ymaydi — ular 

firmalarning  iqtisodiy  samaradorligini  e’tiborda  tutadi,  ya’ni,  firmalar  ishlab 

chiqarish  omillarining  har  qanday  o`zaro  bog’lanishidan  maksimal  darajada 

samarali foydalanadilar. Ishlab chiqarish funkdiyalari ishlab chiqarish omillarining 

o`zaro ma’lum nisbatda bo`lishi mahsulotni maksimal ishlab chiqarilishiga erishish 

bilan  bog’liq  bo`lgani  uchun,  hech  qachon  mahsulot  ishlab  chiqarishni 

pasaytiruvchi kombinatsiyalar qo`llanilmaydi. 

Ishlab  chiqarish  har  doim  ham  iqgisodiy  samarali  deb  o`ylash  hamma  vaqt 

ham haqiqatga to`g’ri kelavermaydi, lekin shuni kutish mumkinki, maksimal foyda 

olish uchun intilgan firmalar hech qachon resurslarni behuda sarflamaydi. 

Ko`pgina savollarni ko`rib chiqishda biz firmalar bitga aniq mahsulot turini 

ishlab chiqaradi, degan farazga amal qilamiz. 

 


Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish