mutlaqo begona bo`lgan) bir o`yin o`ynashni va umumiy holda 100$ yutib
olishlari mumkinligi aytiladi. O`yin ko`ngillilarni A o`yinchiga va B o`yinchi
rollariga belgilash uchun tanga tashlash bilan boshlanadi. A o`yinchining vazifasi
100$ ni o`zi va boshqa ishtirokchi o`rtasida taqsimlashni taklif etishdir. A o`yinchi
o`zining taklifini bildirgandan so`ng, B o`yinchi bunga rozi bo`ladimi yo`qmi qaror
qiladi. Agar B o`yinchi taklifni rad etsa, ikkala o`yinchi ham hech narsasiz
171
qolishadi. Ikkala holatda ham o`yin tugaydi.
Davom etishdan avval shoshmang va siz bu vaziyatda nima qilishingizni
o`ylab ko`ring. Agar A o`yinchi bo`lganingizda 100$ni qanday bo`lishni taklif
etardingiz? Agar B o`yinchi bo`lganingizda qanday taqsimotga rozi bo`lardingiz?
Odatdagi iqtisodiy nazariyalar bu vaziyatdagi ratsional odamlarni yirik
maksimalistlar deb taxmin qilishadi. Bu taxmin oddiy bashoratga olib keladi: A
o`yinchi o`zi 99$ va B o`yinchi 1$ olishini taklif etishi lozim va B o`yinchi
taqsimotga rozi bo`lishi lozim. Bitta taqsimot bajarilgandan so`ng, B o`yinchi toki
undan nimadir olishni bilsa, uni qabukl qilishga imkoni mavjud bo`ladi. Bundan
tashqari A o`yinchi taqsimotga rozi bo`lish B o`yinchining foydasiga ekanini biladi
va A o`yinchida 1$ dan ko`p taklif qilishga sabab yo`q. O`yin nazariyasining tilida
(17-bobda yoritilgan) 99-1 taqsimot bu Nash muvozanati hisoblanadi. Tajribali
iqtisodchilar to`g’ri odamlardan ultimatum o`yinni oy’nashni so`rashganlaridan
beri natijalar bu bashoratdan farqlanadi. B rolidagi insonlar odatda ularga faqatgina
1$ berishgani yoki shunga o`xshash kam mablag’ berishgani uchun taqsimotni rad
etadi. Buni oldindan bilib A o`yinchi rolidagi insonlar B o`yinchiga 1$ dan
ko`proq berishni taklif etadi. Ba’zi insonlar 50-50 taqsimlashni taklif etadi, lekin A
o`yinchilar ko`proq o`zlariga ko`proq qismni olib qolib, B o`yinchiga 30$ yoki 40$
mablag’lar taklif qilishadi. Bu vaziyatda B o`yinchi bu taqsimotga rozi bo`lishadi.
Bu yerda nima yuz berayapti? Buning tabiiy izohi shuki insonlarni
adolatlilikning ba’zi tug’ma tuyg’lari boshqaradi. 99-1 taqsimoti ko`pchilik
odamlar uchun juda nohaqlikdek tuyiladi va buni rad etishadi, xatto o`zlarining
zarariga ishlasa ham. 70-30 taqsimoti ham hanuz adolatsizlikdek lekin bu unchalik
adolatsizlik emas va bu ularning normal shaxsiy manfaatlarini to`xtatishga
majburlaydi.
Xo`jalik va firmalar tabiatidagi bizning har tomonlama izlanishimizda
adolatlilik tug’ma tuyg’usi hech qanday rol o`ynamaydi. Lekin ultimatum o`yini
natijalari balkim shunday bo`lishi kerakligini taklif qiladi. Masalan, 18-19 boblarda
biz qanday qilib ish haqi ishchi kuchi talabi va taklifi orqali belgilanishini ko`rib
chiqdik. Ba’zi iqtisodchilar firmalar ishchilariga pul to`lash adolatliligini rasmda
172
ham kiritilishini taqdim etishgan. Shu sababli firmalarda yil juda foydali
bo`lganida, (B o`yinchi kabi) ishchilar mukofot pullarini kutishlari mumkin.
Xattoki standart muvozanat buni ko`rsatmasa ham. (A o`yinchi kabi) firmalar
adolatlilik uchun ishchilariga o`rnatilgan muvozanat maoshdan ko`proq berishlari
haqida qaror qilishi mumkin. Ishchilar firmalarni ishlashni sekinlashtirish, ish
tashlash yoki vandalism bilan jazolashga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: