Shuningdek, islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan moddiy yoki
ruhiy orzu-istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda dunyo orzu-havaslariga ortiqcha
Ikkinchidan, muayyan din o‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e’tiqod
qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozirda ham shunday.
muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o‘z ta’sirida bo‘lishiga intiladi. Bu ta’sirning
muntazamligini ta’minlash maqsadida din xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy
Masalan, Yahudiylikda mazkur din vakillarini bir mafkura atrofida saqlab turish uchun
ularni bir millat va yagona maslak egalari ekanliklari, yagona xudo - Yahvening eng sevimli
Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni bu dinga yanada ko‘proq jalb etish uchun diniy
memoriy, tasviriy, musiqa san’ati turlaridan unumli foydalaniladi. Xristianlikda maxsus ikona
4
qavmlari tomonidan o‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib
qo‘yadi.
Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o‘qilishi, har hafta juma namozini jome
masjidlarda ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro‘za tutilishi, ro‘za (‘iyd al-fitr) va qurbon (‘iyd
al-adho) hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.
To‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik, kommunikativlik - integratorlik vazifasini ham
bajaradi, ya’ni har bir din o‘z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o‘zaro
aloqadorlikda bo‘lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi
kishilarning o‘z dinidagi boshqa kishilar bilan aloqador ekanligi, o‘zaro huquq va burchlarining
borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo‘lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.
Beshinchidan, dinning integratorlik vazifasi bilan legitimlovchilik-qonunlashtiruvchilik
vazifasi chambarchas bog‘liq. Dinning bu funksiyasining nazariy asosini yirik amerikalik
sotsiolog T. Parsons ishlab chiqdi. Uning fikricha, «har qanday ijtimoiy tizim muayyan
cheklovlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq
normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga
bo‘lgan munosabatni ham belgilaydi».
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari ham mavjud. Bu vazifa insonga
yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga o‘z
munosabatini bildirib turishidan iboratdir.
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining ma’lum millat yoki xalqqa
xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko‘ra turli guruhlarga bo‘linadi. Bu guruhlar son jihatdan
qancha bo‘lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik etuk bo‘lishidan qat’i nazar, ularni
mutlaqlashtirib bo‘lmaydi. Chunki har qanday tasnif ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa
qirralarni qamrab ololmaydi. Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari
mavjud:
- tarixiy-geografik jihatga ko‘ra;
- etnik jihatga ko‘ra;
- e’tiqod qiluvchilarining soniga ko‘ra;
- hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o‘lik diniy tizimlar) va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: