Dinshunoslik fanining predmeti. «Dinshunoslik» dinning paydo bo‘lishi va rivojlanish
tarixini, uning ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlarini, turli xil dinlar ta’limotining vujudga
kelishi va shakllanishini o‘rgatuvchi fan, ta’limot va o‘quv predmetidir. U dastlabki diniy
tasavvurlarning paydo bo‘lishidan urug‘-qabila, milliy va jahon dinlari paydo bo‘lgan davrda yuz
bergan jarayonni hamda jamiyat taraqqiyotida din bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy,
hodisalarni, ma’naviy omillarni - mafkura va aqidalar, urf-odat va marosimlar, masjvd va diniy
tashkilotlarning talab va tartiblarini o‘rganish, taxlil qilishni ko‘zda tutadi.
Din muammolariga xos dastlabki g‘oyalar Markaziy Osiyoda -deizm, panteizm va
boshkalar, bu o‘lkada yashagan, ijod qilgan ulug‘ allomalar Muhammad Muso Xorazmiy,
Axmad Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida,
Ibn Rushdning "Ikki haqiqat" ta’limotida olg‘a surilgan edi. XVII asrda Boburning nabirasi Shoh
Akbar, so‘ngra XVIII asrda fransuz faylasuflarining dinga, diniy tashkilotlarga munosabatlari
XIX asrda ilmiy dinshunoslik doirasida yangi oqim, yo‘nalish va nazariyalar yuzaga kelishiga
katta turtki bo‘lgan. Binobarin, XIX asrda mifologik maktab (aka-uka Ya. va V. Grimm,
M.Myuller); antropologik maktab (L.Feyerbax) va boshqa maktablar paydo bo‘lgan. XX asrda
dinshunoslik yanada yangi nazariyalar bilan boyigan. Bukda shveysariyalik psixolog K.Yung va
ayniqsa, fransuz sotsiologi E.Dyurkgeymning "kollektiv ong" haqidagi ta’limoti diqqatga
sazovordir.
Ammo o‘sha davr dinshunosligi dinga o‘z ijtimoiy-siyosiy qarashlarini bayon etar ekan,
bu qarashlari diniy tashkilotlar manfaatlari bilan bog‘lanmagan, mafkuraviy jihatdan betaraf qilib
ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Bu urinishlarni "asoslash" da turli falsafiy hamda ijtimoiy nazariyalardan
foydalangan. Amalda esa ilohiyotga ko‘proq yondashgan.
Olimlarning dinshunoslik sohasidagi izlanishlari muhim xulosalar chiqarishga olib
kelgan: birinchidan, har kdnday din ijtimoiy hodisa fenomen hisoblanib, diniy ong ijtimoiy ong
shakllaridan biridir; ikkinchidan, diniy tasavvur va e’tikodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan
2
ijtimoiy sharoitlari ta’sirida turli-tuman shakl kasb etgan; uchinchidan, ibtidoiy diniy
tasavvurlardan tortib jahon dinlarigacha bo‘lgan dinlar evolyusiyasini e’tirof etish dinshunoslik
haqida to‘g‘ri ilmiy xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, "Dinshunoslik» predmetini quyidagicha ta’riflash
mumkin: Dinshunoslik kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining muayyan bossichida paydo
bo‘lgan barcha din shakllarining ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini,
ularning ta’limoti va marosimchiligi, ijtimoiy hayotdagi mavqei va ijtimoiy funksiyalarini ilmiy
jihatdan o‘rganuvchi fandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |