Shomonizm - ibtidoiy jamoa tuzumi emirilishi davrida paydo bo‘lgan animistik e’tiqod
va ibodatning keng doirasiga kiradigan qadimgi diniy e’tiqodlardan biri. Uning o‘ziga xos
xususiyati - kishilar orasida turli ruxlar bilan munosabatda bo‘la oladigan shomonlar qobiliyatiga
ishonishdir. Shomonlarga, shuningdek, kelajakni oldin aytib berish, kasalni davolash, o‘lganlarni
oxiratga uzatish, tabiatda xohlag‘ancha o‘zgartishlar kilish kabi xususiyatlar ham xosdir.
O‘tmishda shomonlarning ruh bilan aloqasi shomon do‘mbirasi yoki mo‘‘jizaviy musiqa ijrosida
turli rasm-rusumlarni bajarish jarayonida jazavasi tutib, holdan toygancha bajarilgan.
Shomonizm o‘tmish dinlar sarqiti sifatida ba’zi hollarda uchrab turadi.
Magiya (sehrgarlik) - insonga, hayvonga yoki tabiat hodisalariga g‘ayritabiiy yo‘l bilan
ta’sir ko‘rsatish maqsadida bajariladigan xatti-harakatdir.
Sexrgarlik harakatining shakllari turlicha bo‘lib, ular turmushning har xil sohalarida
qo‘llanilgan. Muhabbat magiyasi, davolash magiyasi, ishlab chiqarish magiyasi, dushmanni
engish magiyasi kabi sehrgarlik ibodat va harakatlar ancha keng tarqalgan. Mehnat bilan bog‘liq
bo‘lgan magik qarakatlar ibtidoiy odamlar hayotida alohida o‘rin egallagan, ya’ni ular
tirikchilikka kerak bo‘lgan narsalarni topishdan oldin shu buyum yoki hodisaga bog‘liq bo‘lgan
magik harakatlarni bajarganlar.
Ishlab chiqarish muvaffaqiyatiga bagashlangan sehrgarlik harakatlari, ishlab chiqarish
xarakteriga qarab, turli shakllarda va har xil maqsadlarda o‘tkazilar edi. Bunday harakatlar
ibtidoiy jamoa a’zolarining umumiy manfaati yo‘lida qilinar edi.
Ibtidoiy jamoa ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining darajasi, pastligi, kishilar hayotining
urug‘ va qabila munosabatlari tor doirasi bilan cheklanganligi, tabiat kuchlari oldidagi ojizlik
dinning ilk shakllarida o‘z in’ikosini topgan. Bu ojizlik ibtidoiy odamning sodda, yuzaki
tasavvurlariga asoslangan soxta, sehrgarlik usullarni qo‘llanishga majbur etgan. Ojizlik, qadimgi
odamlarning har doim mo‘‘jizaga ishonish bilan xayoldagana maqsadga erishishiga madad
bergan.
Ibtidoiy dinlardagi xayoliy in’ikos mahsuli bo‘lgan tog‘, suv, bo‘ron quyosh,
momaqaldiroq xudosi kabi tasavvurlar turli-tuman bo‘lsa-da, ular oliy va past tabaqalarga
ajratilgan emas. Bunday ajratish jamiyat taraqkiyotining keyingi bosqichlariga o‘tilgandan so‘ng
yuz bera boshladi.
Jamiyat taraqkiyotiga mos ravishda ishlab chiqaruvchi kuchlar ham o‘zgarib, rivojlanib
borgan. Ishlab chiqarishni tashkil etuvchi va boshqaruvchi kuchlar - kishilar ham tabaqalanishda
davom etgan, dunyoqarashlari kengaya borgan.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |