Asosiy qoidalar: davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch
bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish,
boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik. Bu qoidalar xalqaro huquqning tan
olingan qoidalari talablari zaminiga qurilgan. Tashqi siyosatning asosiy prinsilarlari
mohiyati: mafkuraviy qarashlardan qat'iy nazar tashqi munosabatda oshkoralik, teng
huquqli va o`zaro manfaatli hamkorlik, o`zaro manfaatli aloqalarda to`la ishonch, ikki
tomonlama va ko`p tomonlama tashqi aloqalar o`rnatish va rivojlantirishga asoslanadi.
Bu prinsiplar tinchliksevar davlatlar bilan do`stona munosabatlarni mustahkamlash
imkonini berdi va keng tashqi aloqalar yo`lga qo`yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |