9
o`rtasida totuvlik, milliy va ijtimoiy hamjihatlik, shaxs erkinligi va saylov erkinligi,
siyosiy barqarorlik, farovonlik va iqtisodiy o`sishni ta'minlash, davlatning inson va
fuqarolar oldidagi o`z burchini bajarishga erishishga yo`naltirilgan. Shu bilan bir
qatorda,
Asosiy Qonunimiz mazmunida tenglik, erkinlik, biradorlik, xalqlar va mil-
latlararo do`stlik, mamlakat va dunyo barqarorligi kabi umuminsoniy g`oyalar ham
mujassamdir. Konstitutsiyaga ega bo`lish, unga tayanish, itoat qilish, u bo`yicha
yashash, undan himoya topish hamda uni himoya qilish lozim va shartdir. Konstitutsiya
biz uchun shunday aziz narsadirki, uni or-nomusni asraganday asramoq lozim. Chunki
aynan
Konstitutsiyada
O`zbekistonning
davlat
severeniteti(I-bob),
xalq
hokimiyatchiligi(II-bob), qonun ustuvorligi(III-bob) aks etadi. Aynan u o`zbek
millatining tiliga davlat maqomini beradi(4-modda). Xalqni hokimiyat manbai sifatida
e'tirof etadi. Ijtimoiy hayotda siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini
kafolatlaydi.
Inson huquqlari va erkinligi oliy qadriyat hisoblanadi. Shu bilan Konstitutsiyada
inson eng mo`tabar mavqega ko`tariladi. Agarda Konstitutsiyaga e'tibor bilan qarasangiz
birinchi bo`limdan so`ng inson huquqlari va erkinliklari boshlanadi. Konstitutsiyaning
2-bo`limi inson huquqlarining to`liq va ixcham tizimidir. Undan keyingi 3-bo`lim
jahondagi birorta konstitutsiyada yo`q. Mazkur bo`limning asosiy maqsadi: fuqarolik
jamiyati an'analarini shakllantirish, jamoat birlashmalari va ijtimoiy munosabatlarning
sog`lom ravnaqini ta'minlashdir. Bundan keyingi bo`limlarda davlat tuzilishi va davlat
organlariga oid qoidalar bayon etiladi.
Demak, Konstitutsiya «Inson-jamiyat-davlat» yo`nalishida tuzilgan bo`lib, unda
inson manfaati birinchi o`ringa qo`yilgan. Asosiy Qonunda Birlashgan Millatlar
Tashkilotining ustuvor yo`nalishdagi hujjatlari, Inson huquqlari umumjahon
Deklaratsiyasi, xalqaro huquqning me'yor va tamoyillari hisobga olingan. Shu bilan
birga AQSh, GFR, Fransiya, Shvetsiya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Bolgariya,
Vengriya, Turkiya, Eron, Yaponiya, Misr, Hindiston va boshqa davlatlarning xalqaro
huquq talablarini aks ettiruvchi konstitutsiyaviy tajribalarini o`zida jamlagan.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bosh va ustuvor tamoyillari: barcha
fuqarolarning teng huquqliligi; biron bir millatga daxldorligi, diniy e'tiqodi va
mazhabidan qat'iy nazar, jamiyatda shaxs ustunligi va ijtimoiy adolat barqarorligini
ta'minlash; milliy ozchilikni tashkil etuvchi aholi qatlamlariga e'tibor bilan qarash,
ularning tili xalq an'analari va urf-odatlarini hurmat qilish; ularning o`ziga xosligi va
taraqqiyotini saqlashga zaruriy shart-sharoitlar yaratish kabi yo`nalishlarni o`z ichiga
oladi.
O`zbekiston Konstitutsiyaning sifatini belgilovchi mezonlar ham mavjud bo`lib,
ular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin. Jumladan: konstitutsiyaning huquqiy
davlatni barpo etish ehtiyoji va istiqbollariga muvofiqligi, xalqaro konstitutsiyaviy
tajribalarning konstitutsiyani yaratishda ijodiy foydalanilganligi, konstitutsiyaning
bevosita harakatdagi huquq ekanligi, konstitutsiyaning huquq manbai sifatida
yetakchilik roli hamda davlat va jamiyatda barqarorlikka erishishdagi ahamiyati va shu
kabi mezonlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: