tariqasida tarkibida 13.3734 elektron kommutatori bo‘lgan magnitoelektr datchikli o‘t oldirish
aylanganda uning magnit maydon ta’sirida stator 2 ning chulg‘amida o‘zgaruv-chan EYUK
induktsiyalanadi. Datchik kuchlanishi-ning manfiy yarim davri davomida VT1 tranzistor yopiq
bo‘ladi. VT1 ning yopiq holatida VT2 va VT3 tranzistorlar ochiq, chunki ularda baza toki mavjud.
bo‘ladi. Keyingi daqiqada datchikda kuchlanishning musbat yarim davr induktsiyalanadi va uning
ta’sirida VT1 ochiladi (ya’ni baza toki yuzaga keladi) va VT2 ning baza tokini shuntlaydi. Natijada
g‘altagining birlamchi chulg‘ami atrofida hosil bo‘lgan magnit maydon katta tezlik bilan yo‘qola
boshlaydi, natijada O‘OG‘ ning ikkilamchi chulg‘amida yuqori kuchlanish induktsiyalanadi.
61
YUqorida ta’kidlanganidek ko‘p tsilindrli dvigatellar uchun datchikning juft magnit qutblar soni,
tsilindrlar soniga teng bo‘lishi kerak.
Datchik chulg‘ami L ning induktivligi ancha katta bo‘lganligi sababli VT1 tranzistordan baza
tokining o‘tishi kechikadi va tranzistorning ochilishi qiyinlashadi. Bu jarayonni bartaraf qilish
maqsadida sxemaga R3-C1 dan iborat zanjir ulangan.
Stabilitron VD3 va rezistor R4 avariya rejimlarida sxemani himoya qilish vazifasini bajaradi.
Agar avtomobilning elektr tarmog‘idagi kuchlanish 18 V dan ortsa, stabilitron VD3 ochiladi, VT1
tranzistorda baza toki yuzaga keladi va u ochiladi, natijada chiqish tranzistori VT3 yopiladi. C3,
C4, C5, C6 kondensatorlar sxemani kuchlanishning hafli impulslaridan saqlaydilar, diod VD4 esa
bort tarmog‘ida qutblarni almashib qolishidan g‘imoya qiladi.
Datchik-taqsimlagich (5.13-rasm) elektron kommutator ishini boshqarish, yuqori kuchlanishni
o‘t oldirish shamlariga belgilangan navbatda taqsimlash, o‘t oldirish daqiqasini dvigatel aylanishlar
chastotasi va yuklamasiga ko‘ra rostlash va o‘t oldirishni ilgarilatish burchagining boshlang‘ich
qiymatini o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Datchik-taqsimlagichning alyumi-niydan quyilgan
qobig‘i 3 ga ( 5.13- rasm, a ) quyi-dagi asosiy qismlar joylashtirilgan: stator 13 va rotor 21 dan
iborat generatorli magnitoelektr datchik, markazdan
qochma rostlagich 16, vakuum rostlagich 6.
Qobiqning pastki qismiga oktan-korrektor plastinasi
2 o‘rnashtirilgan bo‘lib, u o‘t oldirishning
ilgarilatish burchagini boshlang‘ich qiymatini
qo‘yish va datchik-taqsimlagichni dviga-telga
mahkamlash uchun xizmat qiladi.
Datchik-taqsimlagich harakati val 18 ga
o‘rnatilgan maxsus ilashish tishi 1 orqali amalga
oshiriladi. Podshipnik 19, val 18 va tirgak
podshipnigi 17 ni moylab turish uchun qobiqqa
moydon 4 o‘rnatilgan.
Datchik rotori (5.13-rasm, b) ikki tomonidan
sakkiz qutbli magnit o‘tkaz-gichlar 25 va 27 bilan
siqilgan halqasimon doimiy magnit 26 dan iborat.
Rotor bronza vtulka 12 ga mahkamlab joylashtirilgan
bo‘lib, vtulkaning yuqori qismiga taqsimlagich
yugurdagi 11 o‘rnatiladi, pastki qismi esa
markazdan
qochma
rostlagichning
yetaklovchi
plastinasiga mahkamlangan.
Datchik statori 13 biri-biriga parchin mixlar
yordamida mahkamlangan sakkiz tishli plastinalar
5.13-rasm. Datchik-taqsimlagich
5.12-расм. Магнитоэлектр датчикли ўт олдириш тизими
62
22, 24 va ular orasiga joylashtirilgan chulg‘am 23 dan iborat bo‘lib, u tayanch 14 vositasida
qo‘zg‘aluvchan plastinaga o‘rnatilgan. Qo‘zg‘aluvchan plastina esa zo‘ldirli podshipnik 15 ning
ichki halqasiga presslab o‘rnatilgan bo‘lib u vakuum-rostlagichning tortqisi bilan sharnirli
bog‘langan. Podshipnik 15 ning tashqi halqasi qobiq 3 ga qo‘zg‘almas qilib o‘rnashtirilgan.
Demak, markazdan qochma rostlagich o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini vtulka 12
vositasida datchik rotorini statorga nisbatan burish hisobiga rostlasa, vakuum-rostlagich
qo‘zg‘aluvchan plastina yordamida statorni rotorga nisbatan aylantirish hisobiga rostlaydi.
Uzgich-taqsimlagich qopqog‘i 7 ning ichki tomonidagi markaziy uyachaga yugurdak 11 ning
elektrodi 10 bilan o‘t oldirish g‘altagidan kelgan yuqori kuchlanishli o‘tkazgichni bir-biriga
ulaydigan qo‘zg‘aluvchan ko‘mir kontakt 8, chekkasidagi uyachalarga esa chiqarish elektrodlari 9
joylashtirilgan. Ko‘mir kontaktning qarshiligi 6-15 kOm chegarasida bo‘lib, u yuqori kuchlanishni
o‘tkazish bilan birga radioxalaqitlarni bostiruvchi vazifasini ham bajaradi.
O‘t oldirishni ilgarilatish burchagining boshlang‘ich qiymatini o‘rnatish uchun datchik-
taqsimlagichning rotori va statorida maxsus belgilar 20 qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: