I
b
qiymatining kamayib ketishiga olib keladi. Bu tranzistorni ochilmaslik va
o‘t oldirish tizimining ishlamaslik hollarini vujudga keltiradi. Ishlatish
davrida qo‘shimcha mehnat va vaqt sarf qilib, muntazam ravishda, uzgich
kontaktlarining tutashib turish burchagini rostlab turish ehtiyoji ham
kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining kamchiliklariga kiradi.
Zamonaviy avtomobillarda keng tatbiq etilgan kontaktsiz-tranzistorli
o‘t oldirish tizimlar yuqorida keltirilgan kamchiliklardan holidir. Bu o‘t
oldirish tizimning asosiy fazilati ularda uzgich kontaktlarining yo‘qligidir.
Uning vazifasini kontaktsiz datchiklar bajaradi. Kontaktsiz-tranzistorli o‘t
oldirish tizimlari bir-biridan asosan datchiklarning turi va tuzilishi bilan farq
qiladi. Kontaktsiz o‘t oldirish tizimlarida asosan quyidagi turdagi datchiclar
eng ko‘p tatbiq topgan: magnitoelektr, Holl va fotoelektr.
Magnitoelektr datchik (5.8-rasm) uzgich-taqsimlagich valiga
o‘rnatilgan doimiy magnit 2 va o‘zakka o‘ralgan stator chulg‘ami 3 dan
iborat. Doimiy magnit aylanganda uning magnit maydon ta’sirida stator
chulg‘amida
o‘zgaruvchan
EYUK
induktsiyalanadi.
Datchik
kuchlanishining musbat yarim davri qiymati ta’sirida o‘t oldirish tizimining
chiqish tranzistori ochiladi va tok manbaidan o‘t oldirish g‘altagining
birlamchi chulg‘ami hamda tranzistorning kollektor-emitter o‘tish joyi
orqali birlamchi tok I
1
o‘ta boshlaydi. Datchik kuchlanishi manfiy
bo‘lganda tranzistor yopiladi, o‘t oldirish g‘altagining birlamchi
chulg‘amidan o‘tayotgan tok zanjiri uziladi va ikkilamchi chulg‘amda
yuqori kuchlanish induktsiyalanadi. Shunday qilib datchik magniti bir
aylanganda stator chulg‘amda EYUK ning bitta musbat va bitta manfiy
impulsi mavjud bo‘ladi va natijada tranzistor bir marta ochilib, bir marta
yopiladi, ya’ni o‘t oldirish g‘altagida yuqori kuchlanishning bir impulsi
hosil bo‘ladi. Ko‘p silindrli dvigatellar uchun datchikning juft magnit qutblar soni silindrlar soniga teng
bo‘lishi kerak. 5.8-rasmda 4 silindrli dvigatellar uchun mo‘ljallangan magnitoelektr datchikning sxemasi
keltirilgan.
Magnitoelektr datchik ishlashining o‘ziga xos tomonlaridan biri, stator chulg‘amida hosil bo‘ladigan
EYUK amplitudasi doimiy magnitni, ya’ni tirsakli valning aylanishlar chastotasiga bog‘liqligidir. Aylanish
chastotasi ortishi bilan EYUK amplitudasi ham ortadi. Bu esa tranzistor ochilishi va yopilishi va demak o‘t
oldirish daqiqasi o‘zgarishiga olib keladi.
Aylanish chastotasi va yuklamaning o‘t oldirishning ilgarilatish burchagiga ta’siri kontaktsiz-
tranzistorli o‘t oldirish tizimining to‘ngich avlodlarida ham markazdan qochma va vakuum rostlagichlar
yordamida hisobga olinadi.
Magnitoelektr datchiklar avj oldiradigan EYUK qiymati juda kichik va u tranzistorni ochish uchun
yetarli bo‘lmaganligi tufayli kontaktsiz o‘t oldirish tizimlarining amaliy sxemalarida maxsus bir necha
bosqichli ko‘chaytirgichlar qo‘llaniladi.
5.8-rasm. Magnitoelektr
datchik sxemasi.
1 - magnit, 2 - stator, 3 -
chulg‘am
5.9-rasm. Fotoelektr
datchik ning umumiy
sxemasi.
5.10-rasm. Holl elementi-
ning ishlash prinsipi
60
Fotoelektr datchik (5.9-
rasm) eng umumiy ko‘rinishda
yorug‘lik
manbai,
darchalari
silindrlar soniga teng bo‘lgan
aylanuvchi lappak va yorug‘lik
sezuvchi
elementdan
iborat
bo‘ladi.
Uzgich-taqsimlagich
valiga mahkamlangan lappak
aylanganda yorug‘lik manbai 1
dan
chiqqan
nur
lappak
darchasidan
o‘tib,
yorug‘lik
sezuvchi element 2 ga tushganda,
unda o‘zgaruvchan kuchlanish hosil bo‘ladi. YOrug‘lik sezuvchi element sifatida fotodiod, fototranzistor
yoki fotoelement ishlatilishi mumkin. Fotoelektr datchiklarni qo‘llanilishi vibratsiyaga chidamli, uzoq
muddat davomida ishlovchi yorug‘lik manbai yo‘qligi bilan cheklanadi. Oxirgi vaqtda, bu maqsadda, o‘zidan
yorug‘lik chiqaruvchi diodlar ishlatilishi fotoelektr datchiklarning keng tatbiq qilish imkonini
yaratmoqda.Masalan o‘zimizni mamlakatimizda chiqarila-yotgan Matiz avtomobilining o‘t oldirish tizimida
aynan fotoelektr datchik o‘rnatilgan.
Mikroelektronikaning rivojlanishi tufayli kontaktsiz o‘t oldirish tizimlarida Xoll effektiga asoslangan
yarim o‘tkazgichli datchiklar ishlatila boshlandi. Xoll elementi germaniy, kremniy va boshqa yarim
o‘tkazgichlardan tayyorlangan yupqa ( h = 10
-4
10
-6
m ) to‘rt elektrodli plastinadan iborat (5.10-rasm).
Agar bunday plastinadan tok I o‘tishi bilan bir vaqtda unga magnit induktsiya vektori B, plastina
tekisligiga tik yo‘nalgan magnit maydon ta’sir qilsa, uning tok yo‘nalishiga parallel bo‘lgan qirralarida Xoll
EYUKi E
x
hosil bo‘ladi
E
x
= k
x
I
B/ h .
Bunda k
x
- plastina materialiga bog‘liq bo‘lgan Xoll doimiysi; h - plastina qalinligi.
Xoll elementida hosil bo‘ladigan signal juda ham kichik qiymatga ega bo‘lib, u tok manbasining
kuchlanishi va atrof muhit haroratiga bog‘liq. Shuning uchun Xoll datchigi (5.11-rasm,a) Xoll elementi 3
dan tashqari ko‘chay-tirgich 4, shakllantirgich 5, bar-qarorlik bloki 7, chiqish tranzis-tori 6 ni o‘z tarkibiga
olgan mikrosxemadan iborat (5.11-rasm, b da 3) . Magnit maydon doimiy magnit 1 yordamida hosil qilinib,
uzgich-taqsimlagich valiga o‘rna-tilgan va maxsus darchalarga ega bo‘lgan rotor 2 magnit kuch chiziqlarini
damba-dam uzish uchun xizmat qiladi. Rotor aylanib, darchalari doimiy magnit to‘g‘risiga kelganda,
magnit kuch chiziqlari Xoll elementi 3 yuzini kesib o‘tadi va uning chiqish elektrdlarida EYUK hosil buladi.
Ko‘chaytirgich 4 da ko‘chaytirilgan va komparator 5 da kerakli shaklga keltirilgan signal, chiqish tranzistori
6 ning bazasiga uzatiladi va uni ochadi. Keyingi daqiqada rotor 2 ning tishchasi doimiy magnit qutbi
qarshisiga to‘g‘ri bo‘ladi va magnit kuch chiziqlari yo‘lini to‘sadi, ya’ni ularni uzadi. Natijada, Xoll EYUK
yo‘qoladi va chiqish tranzistori 6 yopiladi. Datchik signaliga tok manbasining va atrof muhit harorati
o‘zgarishining ta’sirini kamaytirish maqsadida mikrosxemaga barqarorlik bloki 7 urnatilgan.
Energiya dvigatel silindrlariga mexanik usul bilan taqsimlanishi, o‘t olishni ilgarilatish burchagini
mexanik rostlagichlarining nuqsonlari, tirsakli valdan taqsimlagich valigacha bo‘lgan mexanik uzatmalar
tufayli o‘t oldirish daqiqasini aniqlashdagi xatoliklar kontaktsiz o‘t oldirish tizimlarining asosiy kamchiliklari
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |