5.8. Elektron o‘t oldirish tizimlari
Kontaktli o‘t oldirish tizimi bir qator afzalliklarga ega, jumladan ularning tuzilishi sodda, jihozlarining
tannarxi nisbatan past, ikkilamchi kuchlanish qiymatini o‘zgartirmasdan o‘t oldirishning ilgarilatish
burchagini keng doirada rostlash imkoni bor. Shu bilan birga, bu tizim kontaktli uzgich va o‘t oldirishning
ilgarilatish burchagini rostlovchi mexanik avtomatlarning ishi bilan bog‘liq bo‘lgan qator kamchiliklarga
ega:
- mexanik kontaktlar mavjudligi birlamchi tok, va demak, ikkilamchi kuchlanish qiymatini cheklaydi.
Bundan tashqari, kontaktlar uzilganda ular orasida hosil bo‘ladigan elektr uchqunlar, kontaktlarni
korroziyaga uchrashga va asta-sekin yemirilishiga olib keladi. Natijada, kontaktlar nisbatan tez ishdan
chiqadi, ularda tok o‘tkazmaydigan oksid qatlamlari hosil bo‘ladi va o‘t oldirishda uzilishlar sodir bo‘lish
hollari kuzatiladi. Bu zararli hodisaning oldini olish uchun uzgich kontaktlari orasidagi tirqishni muntazam
ravishda tekshirish va tozalab turish talab qilinadi;
- dvigatellarning yuqori va past aylanishlar chastotasida (ayniqsa, ko‘p silindrli va aylanishlar chastotasi
katta bo‘lgan dvigatellar uchun) ikkilamchi kuchlanish qiymati yonilg‘ini barqaror o‘t oldirish uchun yetarli
bo‘lmaydi;
57
- o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini rostlash uchun qo‘llaniladigan mexanik avtomatlar o‘t oldirishni
ilgarilatishning eng manfaatli burchagini 4-6
0
gacha xatolik bilan belgilaydi va ularda yonish jarayoniga
jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan bir qator omillarni (sovutish suyuqligining harorati, drossel to‘siqchasining holati,
detonatsiya va hokazo) hisobga olish imkoniyati yo‘q.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklar kontaktli o‘t oldirish tizimining ishonchli ishlash darajasini
pasaytiradi (ayniqsa, yuqori aylanish chastotali va ko‘p silindrli dvigatellarda), yonish jarayonini
yomonlashtirib, dvigatelning quvvati va tejamliligini kamayishiga olib keladi.
Dvigatellarning takomillashtirish yo‘nalishi, ularning tejamliligini oshirish va 1 kVt quvvatga to‘g‘ri
keladigan massasini kamaytirish bilan bir qatorda, aylanishlar chastotasi va silindrlarda yonilg‘i-havo
aralashmasini siqish darajasini tobora ortib borishi bilan ham tavsiflanadi. Zamonaviy dvigatellarda
aylanishlar chastotasi 5000-8000 min
-1
ga yetgan, yonilg‘i aralashmasining siqish darajasi hozirgi kunda
7,0-8,5 ni tashkil qilayotgan bo‘lsa, kelajakda bu ko‘rsatkichni 9,0-10,0 va undan yuqoriroq qiymatlarga
ko‘tarish mo‘ljallanmoqda. Aylanishlar chastotasi va siqish darajasining bu tarzda ortishi, yonilg‘i
me’yorida o‘t olishini ta’minlash uchun, o‘t oldirish tizimining ikkilamchi kuchlanishining sezilarli darajada
oshirilishini talab qiladi. Bundan tashqari, dvigatellar tejamliligini oshirishga intilish ularda, aksariyat
holda, suyultirilgan yonilg‘i aralashmasini ishlatishga majbur qiladi. Suyultirilgan yonilg‘i aralashmasini
ishonchli ravishda o‘t oldirish uchun o‘t oldirish shamining elektrodlari orasidagi tirqishni kattalashtirish,
ya’ni uchqun uzunligini va quvvatini oshirish kerak bo‘ladi. Hozirgi zamon dvigatellarida o‘t oldirish
shamining elektrodlari orasidagi tirqish 0,8-1,2 mm ni tashkil qiladi. Demak, dvigatelning tejamli ishlashini
ta’minlash uchun ham ikkilamchi kuchlanish qiymatini oshirish zarur.
Shunday qilib, aylanish chastotasi va tirqish darajasi katta bo‘lgan tejamli ishlaydigan hozirgi zamon
dvigatellariga o‘rnatiladigan o‘t oldirish sitemasiga ancha yuqori talablar qo‘yiladi. Xususan:
- ikkilamchi kuchlanish qiymatini oshirish bilan birga ishonchlilik darajasini va xizmat muddatini
ko‘tarish;
- uchqunli razryad energiyasining qiymati, dvigatelning hamma rejimlarida yonilg‘i aralashmasini
ishonchli o‘t oldirish uchun yetarli bo‘lishi kerak (15...50 mJ va undan ortiq);
- turli xil ekspluatasiya sharoitlarida (o‘t oldirish shamlarining ifloslanishi, atrof-muhit haroratining
o‘zgarishi, tok manbai kuchlanishining kamayib-ortishi va hokazo) barqaror uchqun hosil bo‘lishini
ta’minlash;
- hamma elementlarning katta mexanik yuklamalar ta’sirida barqaror ishlashini ta’minlash.
Kontaktli (klassik) o‘t oldirish tizimi yuqoridagi talablarga ko‘p jihatidan javob bera olmaydi. Chunki,
unda ikkilamchi kuchlanishni oshirishning amalda yagona yo‘li - uzilish toki I
u
qiymatini oshirishdir.
Ammo uzilish tokining 4,0-4,5 A dan ortishi, uzgich kontaktlari kuyishiga va tezda ishdan chiqishiga olib
keladi. Zamonaviy dviga-tellarda o‘t oldirish jarayonining ishonchliligini oshirish talabi yangi turdagi o‘t
oldirish tizimlarining yaratilishiga olib keldi.
Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimi. O‘t oldirish tizimi avj oldiradigan ikkilamchi kuchlanishni
oshirish yo‘llaridan biri , birlamchi tok zanjirni uzish uchun boshqaruvchi kalit vazifasini bajaruvchi yarim
o‘tkazgich asboblarini ishlatishdir. Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimi, yarim o‘tkazgichlar ishlatilgan
birinchi tizimlar qatoriga kiradi.
Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimi asosan quyidagi elementlardan iborat (5.18-rasm): tranzistorli
kommutator 6 (TK-102), o‘t oldirish g‘altagi 8
(B114), uzgich-taqsimlagich 7, 9, rezistorlar bloki
4, 5.
Tranzistorli
kommutator
o‘t
oldirish
tizimining birlamchi zanjirini unga uzatilayotgan
signalga mos ravishda uzib-ulab turish uchun
xizmat qiladi. Uning tarkibiga katta quvvatli
germaniyli tranzistor VT (GT701A), stabilitron
VD1 (D817V), diod VD2 (D226), impuls
transformatori IT, kondensatorlar C1 (1,0 mkF) va
C2
(50mkF), rezistorlar R1 (1,0 Om) va R2 (200
Om) kiradi. Tranzistor VT ning emitter-kollektor
o‘tish joyi o‘t oldirish g‘altagining birlamchi
chulg‘ami
zanjiriga,
bazasi
esa
impuls
transformatorining birlamchi chulg‘ami orqali
uzgich 6 kontaktiga ulangan.
Tizim quyidagicha ishlaydi. O‘t oldirish
5.7-rasm. Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining
elektr sxemasi
58
kaliti 2 ulanib va uzgich kontaktlari tutashgan holda tranzistor VT ning emitter-baza o‘tish joyidan
quyidagi zanjir bo‘yicha boshqarish toki o‘ta boshlaydi: akkumulatorlar batareyasi 1 ning musbat qutbi
o‘t oldirish kaliti 2
rezistorlar bloki SE107
o‘t oldirish g‘altagi 8 ning birlamchi chulg‘ami
tranzistor VT ning emitter-baza o‘tish joyi
impuls transformator IT ning birlamchi chulg‘ami W1
uzgich kontaktlari
"massa"
akkumulatorlar batareyasi 1 ning manfiy qutbi.
Boshqarish toki I
b
ning qiymati 0,8 A dan ortmaydi. Dvigatel tirsakli valining va demak, uzgich
kulachogining aylanish chastotasi ortishi bilan uzgich kontaktlarining tutashib turish vaqti kamayishi tufayli
boshqarish tokining qiymati 0,3 A gacha kamayadi. Tranzistorning emitter-baza o‘tish joyidan boshqarish
toki o‘tishi natijasida tranzistorning emitter-kollektor o‘tish joyining qarshiligi keskin kamayadi va nolga
yaqinlashadi. Tranzistor VT ochiladi va birlamchi zanjir bo‘ylab tok I
1
o‘ta boshlaydi: akkumulatorlar
batareyasi 1 ning musbat qutbi
o‘t oldirish kaliti 2
rezistorlar bloki SE107
o‘t oldirish g‘altagi 8
ning birlamchi chulg‘ami
tranzistor VT ning emitter-kollektor o‘tish joyi
"massa"
akkumulatorlar
batareyasi 1 ning manfiy qutbi. Birlamchi tok I
1
ning qiymati 7-8 A ni tashkil qiladi va tirsakli valning
aylanishlar chastotasi ortishi bilan 3,0 A gacha kamayib boradi.
Dvigatelni ishga tushirish jarayonida o‘t oldirish tizimi me’yorida ishlashini ta’minlash uchun, starter
tok manbaiga ulanib turgan vaqt davomida tortish relesining kontaktlari vositasi bilan rezistorlar blokidagi
qo‘shimcha qarshilik 4 qisqa tutashtiriladi, ya’ni birlamchi tok zanjiridan chiqarib turiladi.
Uzgich kontaktlarining ajralishi boshqarish toki I
b
ning zanjiri uzilishiga va tranzistorning emitter-
kollektor o‘tish joyi qarshiligi keskin ortishiga olib keladi. Tranzistor yopiladi, birlamchi tok zanjiri uziladi
va uning ta’sirida o‘t oldirish g‘altagida hosil bo‘lgan magnit maydon katta tezlik bilan yo‘qola boshlaydi.
Yo‘qolib borayotgan magnit maydonning kuch chiziqlari o‘t oldirish g‘altagi chulg‘amlarini kesib o‘ta
boshlaydi va ularda o‘zinduktsiya EYUK induktsiyalaydi. Birlamchi zanjirdan o‘tayotgan tok I
1
ning
qiymati 7-8 A gacha oshirilganligi tufayli ikkilamchi kuchlanish U
2max
ning qiymati ham ortib 25000-30000
V ni tashkil qiladi. Ikkilamchi kuchlanish zanjiri: o‘t oldirish g‘altagi 8 ning ikkilamchi chulg‘ami
taqsimlagich 9
o‘t oldirish shami 12
"massa"
o‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi chulg‘ami.
O‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amida induktsiyalangan 100 V ga yaqin o‘zinduktsiya
EYUK, C1 kondensatorni zaryad qilishga ketadi va tranzistor yopilish davrida yo‘qotadigan quvvatini
kamaytiradi va uni ortiqcha qizib ketishdan saqlaydi.
Impuls transformatori IT tranzistor VT ning yopilishini tezlatish uchun xizmat qiladi. Uning birlamchi
chulg‘ami uzgich kontakti bilan ketma-ket ulangan. Uzgich kontaktlari uzilganda IT ning ikkilamchi
chulg‘ami W2 da hosil bo‘lgan o‘zinduktsiya EYUK impulsi qarshilik R2 ga uzatiladi. R2 qarshilikda
yuzaga kelgan kuchlanish, tranzistorning emitter-baza o‘tish joyiga, boshqarish tokiga teskari yo‘nalishda
ta’sir qiladi, ya’ni tranzistor bazasiga musbat, emitterga esa manfiy potentsial uzatiladi. Natijada, tranzistor
yopilishi, o‘t oldirish g‘altagidagi magnit maydonining yo‘qolishi tezlashadi va ikkilamchi kuchlanish
qiymati ortadi. Rezistor R1 tranzistorni berkituvchi impulsni shakllantiradi va uning ta’sir vaqtini uzaytiradi.
Dvigatelning aylanishlar chastotasi kam bo‘lganda yoki yuqori kuchlanish zanjirida uzilish mavjud
bo‘lsa, o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amida induktsiyalanadigan EYUK qiymati ortib ketib,
tranzistor qizib ketishi va kuyishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida kondensator S1 ga parallel
ravishda VD2 diod va VD1 stabilitrondan iborat zanjircha ulanadi. Diod VD2 akkumulatorlar batareyasi
tokining o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan o‘tmasdan, stabilitron VD1 orqali o‘tib ketishiga
yo‘l qo‘ymaydi. O‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amida hosil bo‘ladigan o‘zinduktsiya EYUKi 80
V dan ortishi bilan stabilitron VD1 teshilib, o‘zidan o‘zinduktsiya tokini o‘tkazib yuboradi va tranzistorni
kuyishdan saqlaydi. O‘zinduktsiya EYUKi 80 V dan kam bo‘lganda VD1 stabilitron yopiq bo‘ladi va
o‘zinduktsiya EYUK S1 kondensatorini zaryad qilishga sarflanadi. elektrolitik kondensator S2 generatorga
parallel ravishda ulangan bo‘lib, u filtr vazifasini bajaradi va tranzistorni generator
akkumulatorlar
zanjirida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘ta kuchlanish impulslaridan saqlaydi.
B114 belgili o‘t oldirish g‘altagi kontaktli o‘t oldirish tizimida qo‘llaniladigan g‘altaklarga (B115,
B117 va boshqa) nisbatan quyidagi konstruktiv farqlarga ega. O‘t oldirish g‘altagining birlamchi
chulg‘amining o‘ramlar soni 250-300 dan 180 gacha kamaytirilib, diametri 1,25 mm bo‘lgan PEV
markali simdan, ikkilamchi chulg‘ami o‘ramlar soni esa aksincha 17000-26000 dan 41000 gacha oshirilib,
diametri 0,06 mm bo‘lgan PEL markali simdan o‘ralgan. Birlamchi chulg‘am o‘ramlar sonining
kamaytirilishi, birinchidan, uning qarshiligi kamayishiga va birlamchi tok I
1
qiymati ortishiga olib kelsa,
ikkinchidan, chulg‘am induktivligi kamayib, uzgich kontaktlari uzilganda hosil bo‘ladigan o‘zinduktsiya
EYUK qiymati ham pasayadi va bu tranzistorni kuyishdan saqlaydi
59
Do'stlaringiz bilan baham: |