oldirish tizimining tavsifnomasini o‘t oldirish g‘altagining parametrlarini
55
5.6. O‘t oldirish ilgarilatish burchagining rostlash usullari
Dvigatelning o‘zgarib turuvchi ish tartibiga mos ravishda o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini rostlash
uchun, o‘t oldirish tizimi avtomatik va dastakli rostlagichlar bilan jihozlanadi. Dvigatelning aylanishlar
chastotasiga bog‘liq ravishda o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini avtomatik o‘zgartirish markazdan qochma
rostlagich, yuklamaga bog‘liq ravishda esa - vakuum rostlagich yordamida amalga oshiriladi. Ilgarilatish
burchagining boshlang‘ich kattaligini o‘rnatish yoki yonilg‘ining turiga ko‘ra uni dastaki rostlash uchun
oktan-korrektor ishlatiladi.
Markazdan qochma rostlagich. O‘t oldirish ilgarilatish burchagining markazdan qochma rostlagichi
quyidagicha tuzilgan (5.5-rasm). etakchi val 4 ga plastina mahkamlangan bo‘lib, uning chetiga o‘rnatilgan
ikki o‘q 7 ga yukchalar 2 joylashtirilgan. YUkchalar o‘qlar 7 atrofida aylana oladi va o‘zaro prujinalar 6
vositasida bog‘langan. Har bir yukchaga shtift 5 o‘rnatilgan bo‘lib, u kulachok 1 vtulkasiga mahkamlangan
flanets 3 ning qiya ariqchasiga kirib turadi. Harakat val 4 dan yukchalar 2 orqali kulachok 1 ga uzatiladi.
Rostlagich quyidagicha ishlaydi. Dvigatelning aylanish chastotasi ortishi bilan (taxminan 400 min
-1
dan boshlab) yukchalar markazdan qochma kuch ta’sirida prujinalar kuchini yengib, o‘z o‘qi atrofida ikki
tomonga ajrala boshlaydi. Bu vaqtda yukchalardagi shtiftlar flanetsning qiya ariqchalariga kirib turganligi
tufayli, uni va u bilan birga kulachokni valning aylanish yo‘nalishi bo‘ylab ma’lum burchakka buradi.
Natijada, kulachok qirralari uzgich kontaktlarini oldinroq uzib, o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini
oshiradi. Aylanishlar chastotasi kamayganda yukchalar prujinalar ta’sirida o‘zining dastlabki holatiga
qaytadi. Prujinalar har xil qayishqoqlikka ega va bu dvigatel aylanishlar chastotasi o‘zgarganda o‘t
oldirishning ilgarilatish burchagini talab qilingan qonuniyat bo‘yicha o‘zgartirish imkoniyatini beradi.
Vakuum-rostlagich. Vakuum-rostlagich o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini dvigatelning
yuklamasiga ko‘ra rostlash uchun xizmat qiladi. YUklama kam bo‘lganda silindrlarning yonilg‘i
aralashmasi bilan to‘lish darajasi, va demak, o‘t olish daqiqasidagi bosim pasayadi. Shu bilan birga ishchi
aralashmaning qoldiq gazlar bilan ifloslanishi kuchayadi, natijada yonish tezligi kamayadi. Bu esa o‘t
oldirishning ilgarilatish burchagini oshirish zaruriyatini tug‘diradi. YUklama ortishi bilan silindrlarning
yonilg‘i aralashma bilan to‘lish darajasi ortib boradi, qoldiq gazlar miqdori esa aksincha, kamayib boradi va
yonish tezligi ortadi. Demak, bu holda o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini kamaytirish kerak bo‘ladi.
Vakuum-rostlagichning tuzilishi 5.6-rasmda keltirilgan. U ichki bo‘shlig‘i
elastik diafragma 4 bilan bo‘lingan qobiq 5 va uning qopqog‘i 1 dan iborat
bo‘lib, uning prujina 3 joylashtirilgan o‘ng yarim bo‘shlig‘i naycha 2
yordamida drossel to‘siqchasining yuqori qismidagi karburatorning aralash-
tirish kamerasi bilan bog‘langan. Ikkinchi yarim bo‘shlig‘i esa atmosfera
bilan tutashtirilgan. Diafragma 4 ga tortqi 6 mahkamlangan bo‘lib, u
sharnirli birikma yordamida uzgich o‘rnatilgan qo‘zg‘aluvchi plastina 7 bilan
bog‘langan. Qo‘zg‘aluvchi plastina zo‘ldirli podshipnikka o‘rnatilgan bo‘lib,
bu vakuum-rostlagichning sezuvchanlik darajasini oshiradi.
Vakuum-rostlagich
Do'stlaringiz bilan baham: