6.3. Temperatura o‘lchash asboblari
Dvigatellarning issiqlik rejimini nazorat qilish uchun temperatura o‘lchash asboblari va avariya
temperaturasi to‘g‘risida xabar beruvchi yorug‘lik darakchilari o‘rnatiladi. Ba’zi avtomobillarda
gidrotransmissiya va moylash tizimidagi suyuqlik, akkumulatordagi elektrolit haroratini nazorat qilish uchun
ham termometrlardan foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda avtomobillarda ikki turdagi termometrlar ishlatilmoqda: termobimetall impulsli va
termorezistorli magnitoelektr (logometrik).
Termobimetall impulsli termometr. Termobimetall impulsli termometr datchik va strelkali
ko‘rsatkichdan iborat. Datchik (4.1-rasm) konusli rezbaga ega bo‘lgan metall qobiq 6 ga mahkamlangan
yupqa devorli jez ballon 9 dan iborat. Datchikning termobitall plastinasi 3 asos izolyatori 8 ga
mahkamlangan. Termobimetall plastina umumiy qalinligi 0,25 mm bo‘lgan ikki qatlamdan iborat bo‘lib,
ustki qatlam issiqlikdan kengayish koeffitsienti nisbatan past bo‘lgan invardan (36% nikel + 63% temir va
boshqa metallar), pastki qatlami esa issiqlikdan kengayish koeffitsienti yuqori bo‘lgan kam magnitli
po‘latdan
tayyorlangan.
Bimetall
plastinaga
konstantan yoki manganin simdan tayyorlangan
qizdiruvchi chulg‘am 4 o‘ralgan. Bu chulg‘amning
bir uchi bimetall plastina uchidagi qo‘zg‘aluvchi
kontakt 2 bilan ulangan, ikkinchi uchi kontakt sim 5
orqali
chiqish
qisqichi
7
ga
biriktirilgan.
Qo‘zg‘almas kontakt 1 datchik qobig‘i, ya’ni massa
bilan tutashtirilgan.
Termometrning
ko‘rsatkichi
simon
termobimetall plastina 10 dan iborat bo‘lib, uning
ishchi elkasiga qizdiruvchi chulg‘am 13 o‘ralgan.
Bimetall plastinaning ishchi elkasi strelka 12 ga
sharnirli biriktirilgan, termokompensatsiya yelkasi
esa rostlanadigan sektor 11 ga mahkamlangan.
6.1-rasm. Termobimetall impulsli termometr
72
Rostlash zarur bo‘lganda sektor 11 o‘z o‘qi 14 ga nisbatan
harakatlanishi mumkin.
Sektor 16 elastik plastinasi 15 yordamida strelkani bimetall plastina
uchidagi ilmoqqa tirab, unga sharnirli asos hosil qiladi. Bu sektor
rostlash tishchalariga ega.
Datchik va ko‘rsatkich chulg‘amlari tok manbaiga ketma-ket
ulanadi (6.1-rasm).
Termometr tok manbaiga ulanmagan holda datchik kontaktlari
tutash, ko‘rsatkich bimetall plastinasining ishchi yelkasi 13 egilmagan
va strelka 12 shkalaning chap chekkasida, ya’ni 110
0
C belgi tomonda
bo‘ladi. O‘t oldirish kaliti ulanganda datchik va ko‘rsatkich
termobimetall plastinalaridagi qizdiruvchi chulg‘amlardan tok o‘ta
boshlaydi. Datchik plastinalari qiziydi, yuqori tomonga egiladi va
kontaktlarni uzadi. Bir necha daqiqadan keyin plastina soviydi va yana
o‘z holiga qaytib kontaktlarni tutashtiradi va tok yana qizdiruvchi
chulg‘amlardan o‘ta boshlaydi. Atrof-muhit harorati o‘zgarmas
bo‘lganda, datchik kontaktlar ham bir xil chastota bilan uzilib-tutashib
turadi. Kontaktlar tutashib turish vaqtining, tutashib-uzilish davrining
umumiy vaqtiga nisbati atrof-muhit haroratiga bevosita bog‘liq.
Termobimetall plastina atrofidagi muhit harorati qanchalik baland
bo‘lsa, uning egilib kontaktlarni uzgandan keyin sovushi shunchalik
qiyin bo‘ladi, kontaktlar tutashgandan keyin esa tez qizib ketadi.
O‘t oldirish kaliti ulanib, termometr chulg‘amlariga tok berilganda, dvigatelning sovitish tizimidagi,
demak datchik atrofidagi harorat ham past bo‘ladi. Bu holda datchik kontaktlarining tutashib-uzilish
chastotasi katta (40
0
C da minutiga taxminan 80-120 marta) va demak, I
Do'stlaringiz bilan baham: |