Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


O‘t oldirish shamlarining rivojlanish istiqbollari



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/108
Sana30.12.2021
Hajmi4,29 Mb.
#95796
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   108
Bog'liq
TVEJvaET-ММ

O‘t oldirish shamlarining rivojlanish istiqbollari 

 

O‘t  oldirish  shamlarining  rivojlanishining  keyinga  bosqichlari  shamning  markaziy  elektrodi 

o‘lchamlarini  o‘zgartirish  va  shamdagi  uchqunli 

razryadning 

boshqa 

turlaridan 

foydalanish 

usullari bilan bog‘liq.  

Shamning 

markaziy 

elektrodining 

o‘lchami aralashmani yonish tezligiga katta ta’sir 

ko‘rsatadi.  5.19-rasmda  markaziy  elektrodining 

diametri  har-xil  bo‘lgan  shamlarda    o‘t 

oldirishning    birinchi  4  mikrosekundida  yonish 

kamerasida  alangani  maydonini  tarqalish  tezligi 

ko‘rsatilgan.    Rasmdan  ko‘rinib  turibtiki, 

markaziy 

elek-trodining 

diametri 

ingichka 

bo‘lgan  shamlarda  alanga  sezilarli  darajada  tez 

tarqaladi.  Gap  shundaki,  uchqun  ikkita  elektrod 

orasidagi  tirqishda  hosil  bo‘ladi  va  u  bo‘ylab 

tarqaladi.  Yonish  energiyasining  bir  qismi  elek-

trodlarga  yutiladi.  elektrodlarning  diametri 

qanchalik  kichik  bo‘lsa,    ularga  yutiladigan 

energiya  ham  shunchalik kam  bo‘ladi  va demak 

energiyaning 

ko‘proq 


qismi 

yonilg‘i 

aralashmasini  o‘t  oldirish  uchun  sarf  bo‘ladi  - 

alangani  tarqalish  tezligi  shunchalik  katta 

bo‘ladi.  

5.19-rasm. Y

o

nish kamerasida alanga 



maydonini tarqalishi 

 



 

68 


Ingichka  elektrodli  shamlarning  yana  bir  afzalligi:  elektrodning 

diametri qanchalik kichik bo‘lsa, teshib o‘tish kuchlanishining qiymati ham 

shunchalik  past  bo‘ladi,  natijada  o‘t  olishdagi  uzilishlar  ham  kam  bo‘ladi. 

Ammo,  elektrodlarning  diametri  kichraygan  sari,  uni  resursi  ham  kamaya 

boshlaydi.  Chunki  har  bir  uchqun  elektrod  metalidan  bir  qismini  yulib 

ketadi.  

Demak,  o‘t  oldirish  shamlarining  ishlash  samarasini  oshirish  va 

ishlash  muddatini  uzaytirish  –  bu  ikkita  bir-birini  istisno  qiluvchi 

muammolardir.  Shuning  uchun,  o‘tgan  asrning  80  yillarigacha  chiqarilgan 

va  ishlatilgan  shamlar  markaziy  elektrodining  diametri  2,5  mm  dan  kam 

bo‘lmagan.  Platinali  qotishma-larni  ishlatilishi    markaziy  elektrodlarning 

dia-metrini  1,1  mm  gacha  kamaytirish  imkonini  berdi  va  bu  shamlarning 

foydali  ish  koeffitsientini  2-3%  ga  oshirdi.  O‘tgan  asrning  90  yillarida 

platinani o‘rniga irridiy keldi, va ko‘pchilik ishlab chiqa-ruvchilar markaziy 

elektrod  diametrini  0,7  gacha  kamaytira  oldilar.  Hozirgi  kunda  dunyoda 

faqat    Denso  (YAponiya)  kompaniyasi,  shamning    markaziy  elektrodining 

diametrini 0,4 mm gacha kamaytirishga erishdi.  

Shamlarning  markaziy  elektrodlari  uchun  chidamli    qotishmalarni 

yaratish  ishlari  bilan  paralel  ravishda  konstruktorlar  issiqlik  sarfini 

kamaytiruvchi  elektrodlarning  shaklini  izlash  borasidagi  tadqiqotlar  olib 

bordilar.  Hozirgi  kunda  sotuvda  elektrodlarning  o‘rtasi  qirqilgan,  teshilgan 

va  shunga  o‘xshash  ko‘rinishdagi    shamlarni  uchratish  mumkin.  30  yil 

avvalroq Denso kompaniyasining muxandislari yon elektrodi U shakldagi ariqchaga ega bo‘lgan o‘t oldirish 

shamini  ishlab  chiqishdi  (5.20-rasm).    Bu  yechim,  aralashmaning  o‘t  olish  daqiqasidagi  issiqlik  isrofini 

kamaytirish  va  natijada  alangani  tarqalish  tezligini  oshirish  imkonini  berdi.    YOn  elektrodlaridagi    U 

shakldagi ariqcha Denso kompaniyasining eng zamonaviy shamlarida hozirgi kungacha qo‘llanilmoqda. 

Yuqorida  ta’kidlanganligidek,  markaziy  elektrod  tayyorlash  uchun    irridiy    qotishmalarini  ishlatish, 

ularning  diametrini  0,7  mm  gacha  kamaytirish  imkonini  berdi  va  faqat  Denso  kompaniyasi  markaziy 

elektrodining diametri 0,4 mm bo‘lgan shamlarni ishlab chiqarishga muvofiq bo‘ldi.  

 Bu  shamlarning  orasida    diqqatga  sazovori,  albatta  Denso  firmasining  sham  yara-tish  sohasidagi 

faoliyatida zabt etgan  eng yuqori cho‘q-qilardan biri- bu SIP (Super Ignition Plug) o‘t  oldirish shamlaridir 

(5.21-rasm).  Bu  shamlarda  yon  elektrodda  markaziy  elektrodga  qarama  –qarshi  igna  joylashtirilgan.  Bu 

g‘oya ko‘rinishiga sodda bo‘lsa ham amalga oshirish, texnikaviy  nuqtai nazardan,  ancha murakkab bo‘lib 

chiqdi. F belgi bilan chiqarilayotgan shamlardagi markaziy elektrodning diametri 0,55 mm ni tashkil qiladi 

va  ular  birinchi  navbatda  avtomobil  zavodlari  uchun,  ya’ni  konveer  uchun  mo‘ljallangan.  VF  belgili 

shamlardagi  markaziy  elektrod  diametri  0,4  mm  bo‘lib,  ular  faqat  sotuvga  chiqariladi.  Denso  firmasi  

tomonidan    o‘tkazilgan  norasmiy  sinovlarning  natijasiga  ko‘ra  SIP  shamlarining  samaradorligi  boshqa 

turdagi  shamlariga  nisbatan  5,0%  ga  yuqori,  ya’ni  trassada  har  100  km  bosib  o‘tilgan  yo‘lga  0,9  l  benzin 

tejaldi. 

Benzinli    motorlarning  bitta  silindrga  o‘rnatiladigan  klapanlarning    soni    avval  to‘rt  keyinchalik 

beshtaga  oshirilganligi  shamlarni  o‘rnatish  uchun  joy  muammosini  tug‘dirdi.  Shu  sababli,  yonish 

kamerasidagi  joyni  tejash  maqsadida      shamlarni    diametri  bo‘ylab  “ozishiga”  to‘g‘ri  keldi.  Agar  yaqin 

o‘tmishda  o‘t  oldirish  shamlari  korpusida  kesilgan  rezbaning  o‘lchami  M18  bo‘lgan  bo‘lsa,  hozirgi  kunda 

eng  keng  tarqalgan  o‘lcham  -M14.  Lekin,  ba’zi  motorlarga  M12,  hatto  M10  rezbali  shamlar  ham 

o‘rnatilmoqda.  Bunday  ingichka  shamlarda  issiqlikka  chidash  va  issiqliqni  tarqatish  muammolari  yuzaga 

keldi.  Bu  muammolarni  hal  qilish  kun  tartibiga  materiallar  sifati,  ishlab  chiqarishning  barqarorligi  va 

texnologiyaga rioya qilish masalalarini qo‘ydi. 

 

O‘z-o‘zini tekshirish savollari 

 

1.  O‘t oldirish tizimlarining vazifasi va  turlari  



2.  O‘t oldirish tizimlarining asosiy  ko‘rsatkichlari 

3.  Kontaktli o‘t oldirish tizimining tarkibi va ishlash printsipiO‘t oldirish tizimidagi ish jarayoning  uch 

bosqichini tushuntiring. 

4.  Kontaktli o‘t oldirish tizimidagi ishchi jarayon 

5.  Kontaktli o‘t oldirish tizimining kamchiliklari 

6.  Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining ishlash printsipini, afzallik va kamchiliklari. 

5.20-rasm.  Denso  firma-

sining  yon  elektrodi  U 

shakldagi  ariqchaga  ega  

o‘t oldirish shami.  

 

5.21-rasm.  Denso  firmasi-



ning  yon  elektrodida  mar-

kaziy  elektrodga  qarama-

qarshi  o‘rnatilgan  ignali 

o‘t oldirish shami 

 



 

69 


7.  Elektron o‘t oldirish tizimlarida  qullanilayotgan kontaktsiz datchiklarni o‘ziga xos tomonlari 

8.  Magnitoelektr datchikli O‘OT ning ishlash printsipi. 

9.  Mikroprotsesorli o‘t oldirish tizimini ishlash printsipi va afzalliklarini tushuntiring. 

10. Yuqori kuchlanishni statik taqsimlash  usullari 

11. O‘t oldirish shamlarining tuzilishi va ularni tayyorlashda ishlatiladigan materiallar. 

12. O‘t oldirish shamlarining issiqlik tavsifnomasi 

13. SHamlarning o‘z-o‘zini tozalash temperaturasi. 

14. 


CHug‘dan


 o‘t olish nima va qanday sabablarga ko‘ra yuzaga keladi? 

15. 



Issiq



 va 


sovuq


 shamlar to‘g‘risidagi tushunchalarni tavsiflab bering.   

16. O‘t oldirish shamlarining yangi turlarining tuzilishining o‘ziga xos tomonlarini izohlang 


Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish