128
Topshiriq.
Matn bilan tanishib chiqing.
INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRLIGI
Ilg‘or
xorijiy tajriba, jahon fanining zamonaviy yutuqlari, innovatsion g‘oyalar, ishlan-
malar va texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va
ijtimoiy sohani jadal
innovatsion rivojlantirishni taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion
rivojlanish vazirligi tashkil etilgan.
Vazirlik turli sohalarga innovatsiyalarni joriy etish bilan shug‘ullanadi. Innovatsion g‘oy-
alar, ishlanmalar va texnologi-
yalarni joriy etish bo‘yicha xalqa-
ro hamkorlikni rivojlantirish ham
vazirlikning zimmasida.
Vazirlikning rasmiy sayti –
mininnovation.uz saytiga kirib,
sohaga doir yangiliklar, tanlovlar
va startap loyihalardan xabardor
bo‘lib turish mumkin.
Shuning-
dek, vazirlik huzurida Yoshlar
akademiyasi ham faoliyat yurita-
di. Yoshlar akademiyasi iqtidor-
li yoshlarni qo‘llab-quvvatlaydi,
tadqiqot olib borishida imkon
yaratadi, tashabbuskor yoshlarni
tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltiradi.
38-dars
129
38.1-mashq.
Nega ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ayrim
qismlari bosh harf, qolganlari
kichik harf bilan yozilganini izohlang.
38.2-mashq.
Quyida berilgan fe’llardan qaysilari chiziqcha bilan yozilishini aniqlang
va daftaringizga ko‘chiring.
38.3-mashq.
Quyida berilgan ifodalar natijasi qanday yozilishini aniqlang va
daftaringizga ko‘chiring.
gullab yashnamoq
yig‘lab gapirmoq
so‘rab topmoq
imum + insoniy
hay + hay + la
shu + yoqqa
so‘z + ma +so‘z
borib qaytmoq
yig‘lab siqtamoq
so‘rab surishtirmoq
baxt + saodat
ketamiz + mi
hech + nima
dum + dumaloq
unib o‘smoq
qo‘llab quvvatlamoq
yelib yugurmoq
baxt + saodat + li
ketsang + chi
birdan + bir
liq + to‘la
Qo‘shma ot va sifatlar qo‘shib yoziladi: karnaygul, ochko‘z.
Qo‘shma ravish, son, fe’l va olmoshlar ajratib yoziladi: har kuni, o‘n olti,
olib keldi,
hech kim.
Birpas, birmuncha, ozmuncha, biroz ravishlari qo‘shib yoziladi.
Juft, takror va yarim takror so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi: hali-beri, xola-xola,
qip-qi-
zil.
Juft so‘z qismlari orasida -u/-yu bo‘lsa, asoslar orasi ajratib yoziladi: yosh-u keksa,
ota-yu ona.
O‘rtasida -dan bo‘lgan takror so‘zlar ajratib yoziladi: kundan kun, qizigandan qizidi.
Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shish bilan yasalgan ot va fe’llar qo‘shib yozi-
ladi: sharshara, pirpira
Ayrim yuklama qo‘shimchalar va -la, -chun ko‘makchilari chiziqcha bilan yoziladi: ayt-
dim-ku, sen-chi, meni-ya, sen-la, sen-chun.
Qo‘shimchalar qisqartma so‘zlarga qo‘shib, sonlardan esa ajratib yoziladi: O‘zMUga,
8 ga.
QO‘SHIB, AJRATIB, CHIZIQCHA BILAN YOZISH
130
“Biz bilan birpas o‘tiring”, deymiz. Umuman birpas so‘zini biz ko‘p ishlatamiz. Lekin
uning tarixini, kechmishini, sakkiz og‘a-inidan bir o‘zi qolganini, yetti aka-ukasi esa tarix
to‘zonlarida yo‘q bo‘lib ketganini bilmaymiz. Qizig‘i shundaki, birpas so‘zidagi pas qismi
tilimiz tarixida “kechaning sakkizdan biri” ma’nosini anglatgan…
Yaponlarda ham shunga o‘xshash holat kechaning hayvonlari nomi
bilan soatlarga
bo‘linishi bor.
Kechaning uch pasig‘acha yo‘l yurdik. (“Boburnoma”dan)
“Boboso‘z izidan” kitobidan olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: