124
Ilon Maskning aytishicha, aqlli robotlar bir kunmas-bir kun odamzodni qirib tashlaydi.
Uning xavflilik darajasi yadro qurolinikidan ham yuqori. Stiven Hoking esa, oddiy
robotlar
foyda keltirayotgani rost, ammo ertaga ular o‘zini o‘zi takomillashtirishga tushsa, unda
odamzod hech nima qilolmaydi, ularning evolyutsion tezligi bilan musobaqada yengilamiz,
deya ogohlantirgan. Bill Geytsning fikricha, avvaliga ular bizga foyda keltiradi. “Bir necha
o‘n yillardan so‘ng esa faqat zararini ko‘ramiz. Unda kech bo‘ladi. Ayrim
odamlarning
bundan xavfsiramasligiga tushunmayman”, – deydi u.
36.3-mashq.
Matnda olimlar robotlarning kelajakda insoniyat uchun xavf bo‘lishi
haqida fikr bildirishgan. Ularning fikrlariga munosabat bildiring.
Mustaqil bajaraman
36.4-mashq.
Quyidagi gaplardagi fe’llarning zamon qo‘shimchalarini izohlang.
1. U bekor uyda o‘tiribdi.
2. Yakshanba kuni dam olish uchun tog‘ga ketyabmiz.
3. Olim maqolada robotlarning zararli tomonlari to‘g‘risida to‘xtaladi.
4. Yur, ketdik, bu yerda qolishdan endi naf yo‘q.
5. Bobosi gapiradi, nabirasi tinglaydi.
Topshiriq.
Rasmda qanday xavf tasvirlangani haqida fikr bildiring. Uni ikki-uch so‘z
bilan nomlang.
125
Tabiat
va ixtirolar
(1) Jonli tabiat ajoyib konstruktor, muhandis, dizayner,
texnolog, buyuk me’mor,
quruvchi, betakror meteorology... Insoniyat qanday ixtirolar qilmasin, universal ustaxonada
– tabiatda uning o‘xshashi, prototipi topiladi. Buyuk ixtirolar ortida buyuk “josuslik” yotibdi.
(2) Radar, qog‘oz, internet, protivogaz, reaktiv raketalar…
Bularning hammasi – tabiatdan ilhomlanish natijasi.
Daraxtdan qog‘oz
tayyorlash
usulini odamzod
nimadan
o‘zlashtirgan deb o‘ylaysiz? Aridan ekan! Arilar o‘z
uyasiga material sifatida uzoq yillik daraxt va to‘nkalardan
foydalanadi. Ari yog‘och tolani qirib olishda va silliqlashda
jag‘ini; uni yumshatish, ma’lum
shaklga keltirish va
yopishtirishda so‘laklarini ishga soladi. Mana shu jarayonlar
bugun insonlar tomonidan amalga oshirilmoqda va sifatli
qog‘oz tayyorlanmoqda.
(3) Kompyuter texnologiyalari va matematik modellashtirishning
rivojlanishi olimlarga tabiatning ishoralarini tezroq va
aniqroq
ilg‘ash imkonini berish bilan birga o‘tmish olimlarining “sir”laridan
ham voqif bo‘lishga zamin hozirlaydi. Olimlar Eyfel minorasi boldir
suyagimizning tuzilishidan ilhomlanib qurilganini
ta’kidlashadi.
Yoki bugungi uch o‘lchamli kino va televideniye taraqqiyotini
olaylik. Bu taraqqiyotga turtki bergan usul golografiya (to‘lqinlar
interferensiyasidan foydalanib buyumning fazoviy (hajmiy) tasvirini
hosil qilish usuli) bo‘lib, u 1971-yilda Dennis Gabor tomonidan kashf qilingan. Bugun buning
sirini bilamiz: golografiya usuli ko‘rshapalakning ultratovush tizimidan aynan ko‘chirma
ekan. Bu ko‘chirma hozirda maʼlumotlarni kodlashda, fizika va texnikaning turli sohalarida
ham keng
qo‘llanmoqda
.
(4) Hindlar nilufargullar (lotuslar) ga bejiz ilohiy tus
berishmagan. Axir ular eng iflos ko‘lmak va botqoqlarda
ham o‘zini toza saqlay oladi. Bu suv o‘simligi barglari
yuzasining maxsus tuzilishi bilan bog‘liq
ekani
Do'stlaringiz bilan baham: