Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

Savol:
 o‘t o‘chiruvchilar qaysi qishloqda yashaydi?
A
Yolg‘onchilar, istiqomat, kompaniya; Aralash qishlog‘ida.
B
Aldoqchilar, umrguzaronlik, ofis; Aralash qishlog‘ida.
C
Yolg‘onchilar, istiqomat, idora; Yolg‘onchilar qishlog‘ida.
D
Yolg‘onchilar, istiqomat, idora; Rostgo‘ylar qishlog‘ida.
41.5-mashq. 
Nuqtalar o‘rniga zaruratga qarab qavs ichidagi (kelishik) qo‘shimchalardan 
mosini qo‘ying. 
Topshiriq. 
Quyidagi hikmatlarni sharhlab daftaringizga yozing. 
Mamlakat ishi…(-ga, -da, -dan) nafi eng ko‘p tegadigan toifa uch xildir: birinchi…( -dan, 
-si, -ga) bilimli, donishmand kishilar, turli kasb egalari bo‘lsa, ikkinchi…(-dan, -si, -ga) bot-
ir, sheryuraklardir. Ular bo‘ri – yov…(-ni, -ga, -da) qarshi kurash paytida asqatadi. Nihoyat, 
uchinchi guruh…(-dan, -ni, -ga) so‘zamol kotiblar tashkil etadi. Dono, zakovatli kishilar qiyin 
muammolar…( -da, -ni, -ga) hal etishda yordamga keladi. Botirlar qo‘li…(-da, -ni, -dan) qilich 
tutguday bo‘lsa, yov titroq…(-ga, -ka, -qa) tushadi. Yozuvchi-kotib esa el ishi…(-ning, -ni, -da) 
osonlashtiradi. U... (-ni, -da, -dan) mashaqqat tugunlari yechiladi. (Yusuf Xos Hojib)
• 
Sen dunyo ichida bo‘l-u, biroq boylik sening ichingga kirmasin. 
(Hikmat)
• 
Puli yo‘q inson emas, maqsadi yo‘q inson qashshoqdir. 
(Suqrot)
• 
Inson dunyoda boy bo‘lish uchun emas, baxtli bo‘lish uchun yashaydi. 
(Stendal)
• 
Boylik insonni o‘zgartirmaydi, balki asl basharasini ko‘rsatadi. 
(Maqol)
Mustaqil bajaraman


142
42-dars
Topshiriq. 
Matnni diqqat bilan o‘qing. 
Xitoylik muvaffaqiyatli biznesmen, «Alibaba» kompaniyasining asoschisi Jek Maning 
yoshlarga yo‘llagan murojaatidan parcha.
Mening yoshlarga maslahatim, yigirma 
besh yoshingizgacha ko‘proq xato qiling, bu 
haqida xavotir olmang. Eng muhimi, yiqil-
ganingizda qayta tura oling. Sinib qolmang, 
o‘rningizdan turing... Yosh paytingizda hayot 
berayotgan darslardan xulosa chiqaring. O‘ttiz 
yoshdan qirq yoshgacha hamma qilayotgan 
ishlaringizda 
samarali
bo‘lishga harakat qiling. 
Qirq yoshdan ellik yoshgacha siz o‘zingiz ustasi 
bo‘lgan ishlar bilan mashg‘ul bo‘ling, ammo siz 
ellik-oltimish yosh orasida bo‘lsangiz, yoshlar-
ni rag‘abatlantiring. Chunki yoshlar sizdan yax-
shiroq ishlashi mumkin. Shunday ekan, ularga 
yordam bering, umid bering va ishlashga undang. Ozgina vaqt o‘tgach, ularning haqiqiy 
professional ekanligiga 
amin bo‘lasiz
. Agar siz 25 yoshgacha bo‘lsangiz, omadsizlikdan 
qo‘rqmang. Har bir bugungi xato ertangi kunning foydasidir. Bu siz uchun ajoyib imkoniyat. 
Kelajakda bilimlar uchun kurash bo‘lmaydi, kurash yaratuvchanlik uchun bo‘ladi. Bu kurash 
kashfiyotlar uchun bo‘ladi. Ta’lim va noodatiy fikrlash uchun kurash bo‘ladi. Agar siz xuddi 
mashinaday fikrlasangiz, sizda muammolar bo‘ladi. Oxirgi yigirma yillikda odamlar mash
-
inadek harakat qilishdi. Keyingi yigirma yillikda mashinalar odamdek ishlashni boshlaydi. 
Shunday ekan, kelajak bilimli emas, balki dono va tajribali odamlar qo‘lida. Bilim va ishlab 
chiqarish tarixda qoldi. Kelajak esa 
kreativ 
kishilar qo‘lida bo‘ladi. Mening o‘ylashimcha, kel-
gusi o‘ttiz yilda dunyoda juda katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Yangi texnologiyalar hayotimizning 
har jabhasini o‘zgartiradi. Men bunga ishonaman. Dunyo insonning aqliy qobiliyatini emas, 
sevish qobiliyatini ham inobatga olishi kerak. Agar o‘zingizdan yomonroq, faqirroq yasha-
yotgan kishilar hamda sizdan omadliroq kishilar haqida bir xil o‘ylasangiz, siz bu dunyoni 
o‘zgartira olasiz. Dunyoga kerakli narsa yarata olasiz. O‘n besh yil oldin internet mo‘jiza 
edi. O‘sha paytlarda internet juda ham aqlli va 
aql bovar qilmas
edi. Hozir unday taassurot 
qoldirmaydi, chunki aql egalari undan samarali foydalanishadi. 
Men ko‘p xatolar qildim! Sizlarga kulgili tuyulishi mumkin, ammo boshlang‘ich mak-
tabning yakuniy imtihonidan ikki marta o‘ta olmaganman, o‘rta maktabnikidan uch marta 
yiqilganman. Meni doim onajonim qo‘llab-quvvatladi. Universitetga kirish imtihonlaridan 
uch marta o‘ta olmaganman, tasavvur qilyapsizmi? Uch marta universitetga kira olmadim. 
O‘qishni bitirgach, ish izladim o‘ttizta idoraning 
eshigini qoqib bordim
. Birortasi meni ishga 
qabul qilmadi. Men politsiya bo‘limiga ishga kirmoqchi bo‘ldim, u yerda menga shunday 
deyishdi: “Yigitcha, sen bizga to‘g‘ri kelmaysan”. Men hattoki Xitoyda endigina ochilgan 
“KFS”ga ishga kirishga harakat qilganman, esimda biz 24 kishi ishga kirishni xohlagan-
miz, 23 kishi ishga olingan. Men esa qabul qilishmadi. Politsiyaga ham 5 kishi ishga kirish 
uchun borganmiz, 4 kishini ishga olishgan. Men esa yana muvaffaqiyatsizlikka uchragan-
dim. O‘shanda men bunga o‘rganib qolgandim. Aytgancha, sizlarga Garvardga 10 martta 
hujjat topshirganim haqida aytdimmi? Ular ham meni xohlashmadi.


143
Men ko‘p narsalarni Gollivud filmlaridan o‘rganganman. Siz “Forrest gamp” filmini 
ko‘rganmisiz? Men bu filmni juda yaxshi ko‘raman. Sababi bosh qahramoni hech qachon 
taslim bo‘lmaydigan oddiy bola edi. Odamlar uni ahmoq deb o‘ylashar edi. Ammo u nima 
qilayotganini yaxshi bilar edi. 2002 yoki 2003-yil men Amerika Qo‘shma Shtatlarida edim. Bu 
filmni ko‘rishni juda xohlagan edim, ammo menda internet yo‘q edi. Keyinchalik do‘stimning 
uyida bu filmni tomosha qilishga 
muvaffaq bo‘ldim
. Shunda tushundimki, o‘zingiz qilayot-
gan ishingizga ishoning, o‘z ishingizni seving. Odamlar sizning ishingiz haqida nima deyishi 
haqida o‘ylamang. 
O‘n besh yil oldin men bilan bo‘lgan kishilarga biz juda qattiq mehnat qilishimiz ker-
akligini, bu mehnatimiz o‘zimiz uchun emas, yon-atrofimizdagi odamlarning baxtli bo‘lishi 
uchun yordam berishi kerakligini aytgan edim. O‘shanda hech qaysimizning boyvachcha 
qarindoshlarimiz yoki banklarda dollorlarimiz yoki hokimiyatda tanishlarimiz yo‘q edi. Biz 
umumiy yutuqlarimiz uchun jamoa bo‘lib harakat qilishimiz kerak edi va biz shunday qildik...
Hammamiz har xilmiz, o‘zimizga xosmiz. Siz o‘zingizining o‘ziga xos yo‘lingizga ega 
bo‘lishingiz kerak. Bizning dunyomizda ko‘pchilik doimo shikoyat qilishadi, ular: “Mening 
imkoniyatim yo‘q”, – deyishadi. Men ham yoshligimda juda ko‘p shikoyat qilardim, bir kuni 
angladimki, shikoyatlar muammoning yechimini bermaydi. Qayerda insonlar ko‘p shikoyat-
lar qilsa, o‘sha yerda imkoniyatlar bor. Shikoyatlarning atigi birortasini yechishni 
uddalay 
olsangiz
, Siz omadli bo‘lish, yoningizdagilarga yordam berishdek ulkan imkoniyatlarga ega 
bo‘lasiz. Men ham aynan shunday qildim. Agar siz tadbirkor bo‘lishni xohlasangiz, qiyin-
chilik va mag‘lubiyatdan qo‘rqmang. Hech qachon taslim bo‘lmang. Biz biznesimizni bosh-
laganimizida 18 kishi korxonaga egalik qilardik. Bu 18 kishi Xitoyning eng aqlli odamlari 
deb o‘ylashadi. Ammo biz juda ham aqlli kishilar emasmiz. Biz shunchaki doimo oxirigacha 
bordik. Hammamiz oddiy maktablarni tugatganmiz. Biz barchamiz, omadning eng oddiy 
qoidasiga amal qilamiz. Biz kelajakka ishonamiz, biz juda ham optimistmiz, biz xatolardan 
o‘rganamiz, biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz.
Manba: Nurli media 



Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish