142
42-dars
Topshiriq.
Matnni diqqat bilan o‘qing.
Xitoylik muvaffaqiyatli biznesmen, «Alibaba» kompaniyasining asoschisi Jek Maning
yoshlarga yo‘llagan murojaatidan parcha.
Mening yoshlarga maslahatim, yigirma
besh yoshingizgacha ko‘proq
xato qiling, bu
haqida xavotir olmang. Eng muhimi, yiqil-
ganingizda qayta tura oling. Sinib qolmang,
o‘rningizdan turing... Yosh paytingizda hayot
berayotgan darslardan xulosa chiqaring. O‘ttiz
yoshdan qirq yoshgacha hamma qilayotgan
ishlaringizda
samarali
bo‘lishga harakat qiling.
Qirq yoshdan ellik yoshgacha siz o‘zingiz ustasi
bo‘lgan ishlar bilan mashg‘ul bo‘ling, ammo siz
ellik-oltimish yosh orasida bo‘lsangiz, yoshlar-
ni rag‘abatlantiring. Chunki yoshlar sizdan yax-
shiroq ishlashi mumkin. Shunday ekan, ularga
yordam bering, umid bering va ishlashga undang. Ozgina vaqt o‘tgach,
ularning haqiqiy
professional ekanligiga
amin bo‘lasiz
. Agar siz 25 yoshgacha bo‘lsangiz, omadsizlikdan
qo‘rqmang. Har bir bugungi xato ertangi kunning foydasidir. Bu siz uchun ajoyib imkoniyat.
Kelajakda bilimlar uchun kurash bo‘lmaydi, kurash yaratuvchanlik uchun bo‘ladi. Bu kurash
kashfiyotlar uchun bo‘ladi. Ta’lim va noodatiy fikrlash uchun kurash bo‘ladi. Agar siz xuddi
mashinaday fikrlasangiz, sizda muammolar bo‘ladi. Oxirgi yigirma yillikda odamlar mash
-
inadek harakat qilishdi. Keyingi yigirma yillikda mashinalar odamdek ishlashni boshlaydi.
Shunday ekan, kelajak bilimli emas, balki dono va tajribali odamlar qo‘lida. Bilim va ishlab
chiqarish tarixda qoldi. Kelajak esa
kreativ
kishilar qo‘lida bo‘ladi. Mening o‘ylashimcha, kel-
gusi o‘ttiz yilda dunyoda juda katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Yangi texnologiyalar
hayotimizning
har jabhasini o‘zgartiradi. Men bunga ishonaman. Dunyo insonning aqliy qobiliyatini emas,
sevish qobiliyatini ham inobatga olishi kerak. Agar o‘zingizdan yomonroq, faqirroq yasha-
yotgan kishilar hamda sizdan omadliroq kishilar haqida bir xil o‘ylasangiz, siz bu dunyoni
o‘zgartira olasiz. Dunyoga kerakli narsa yarata olasiz. O‘n besh yil oldin internet mo‘jiza
edi. O‘sha paytlarda internet juda ham aqlli va
aql bovar qilmas
edi. Hozir unday
taassurot
qoldirmaydi, chunki aql egalari undan samarali foydalanishadi.
Men ko‘p xatolar qildim! Sizlarga kulgili tuyulishi mumkin, ammo boshlang‘ich mak-
tabning yakuniy imtihonidan ikki marta o‘ta olmaganman, o‘rta maktabnikidan uch marta
yiqilganman. Meni doim onajonim qo‘llab-quvvatladi. Universitetga kirish imtihonlaridan
uch marta o‘ta olmaganman, tasavvur qilyapsizmi? Uch marta universitetga kira olmadim.
O‘qishni bitirgach, ish izladim o‘ttizta idoraning
eshigini qoqib bordim
. Birortasi meni ishga
qabul qilmadi. Men politsiya bo‘limiga ishga kirmoqchi bo‘ldim, u yerda menga shunday
deyishdi: “Yigitcha, sen bizga to‘g‘ri kelmaysan”. Men hattoki
Xitoyda endigina ochilgan
“KFS”ga ishga kirishga harakat qilganman, esimda biz 24 kishi ishga kirishni xohlagan-
miz, 23 kishi ishga olingan. Men esa qabul qilishmadi. Politsiyaga ham 5 kishi ishga kirish
uchun borganmiz, 4 kishini ishga olishgan. Men esa yana muvaffaqiyatsizlikka uchragan-
dim. O‘shanda men bunga o‘rganib qolgandim. Aytgancha, sizlarga Garvardga 10 martta
hujjat topshirganim haqida aytdimmi? Ular ham meni xohlashmadi.
143
Men ko‘p narsalarni Gollivud filmlaridan o‘rganganman. Siz “Forrest gamp” filmini
ko‘rganmisiz? Men bu filmni juda yaxshi ko‘raman. Sababi bosh qahramoni hech qachon
taslim bo‘lmaydigan oddiy bola edi. Odamlar uni ahmoq deb o‘ylashar edi. Ammo u nima
qilayotganini yaxshi bilar edi. 2002 yoki 2003-yil men Amerika Qo‘shma Shtatlarida edim. Bu
filmni ko‘rishni juda xohlagan edim, ammo menda internet yo‘q edi. Keyinchalik do‘stimning
uyida bu filmni tomosha qilishga
muvaffaq bo‘ldim
.
Shunda tushundimki, o‘zingiz qilayot-
gan ishingizga ishoning, o‘z ishingizni seving. Odamlar sizning ishingiz haqida nima deyishi
haqida o‘ylamang.
O‘n besh yil oldin men bilan bo‘lgan kishilarga biz juda qattiq mehnat qilishimiz ker-
akligini, bu mehnatimiz o‘zimiz uchun emas, yon-atrofimizdagi odamlarning baxtli bo‘lishi
uchun yordam berishi kerakligini aytgan edim. O‘shanda hech qaysimizning boyvachcha
qarindoshlarimiz yoki banklarda dollorlarimiz yoki hokimiyatda tanishlarimiz yo‘q edi. Biz
umumiy yutuqlarimiz uchun jamoa bo‘lib harakat qilishimiz kerak edi va biz shunday qildik...
Hammamiz har xilmiz, o‘zimizga xosmiz. Siz o‘zingizining o‘ziga xos yo‘lingizga ega
bo‘lishingiz kerak. Bizning dunyomizda ko‘pchilik doimo shikoyat qilishadi, ular: “Mening
imkoniyatim yo‘q”, – deyishadi. Men ham yoshligimda juda ko‘p shikoyat qilardim, bir kuni
angladimki, shikoyatlar muammoning yechimini bermaydi. Qayerda insonlar ko‘p
shikoyat-
lar qilsa, o‘sha yerda imkoniyatlar bor. Shikoyatlarning atigi birortasini yechishni
uddalay
olsangiz
, Siz omadli bo‘lish, yoningizdagilarga yordam berishdek ulkan imkoniyatlarga ega
bo‘lasiz. Men ham aynan shunday qildim. Agar siz tadbirkor bo‘lishni xohlasangiz, qiyin-
chilik va mag‘lubiyatdan qo‘rqmang. Hech qachon taslim bo‘lmang. Biz biznesimizni bosh-
laganimizida 18 kishi korxonaga egalik qilardik. Bu 18 kishi Xitoyning eng aqlli odamlari
deb o‘ylashadi. Ammo biz juda ham aqlli kishilar emasmiz. Biz shunchaki doimo oxirigacha
bordik. Hammamiz oddiy maktablarni tugatganmiz. Biz barchamiz, omadning eng oddiy
qoidasiga amal qilamiz. Biz kelajakka ishonamiz, biz juda ham optimistmiz, biz xatolardan
o‘rganamiz, biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz.
Manba: Nurli media