Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

13
3-dars
Topshiriq. 
Quyidagi ikki matnni o‘qing. Ularning yozilish uslubiga e’tibor qarating.
 1-matn
 2-matn
Fanda sevgining o‘z ta’rifi, xususiyatlari, hatto baholash mezonlari ham mavjud. 
Amerikalik psixolog Artur Aron o‘z ilmiy tadqiqotida kishining kimgadir oshiq bo‘lishi-
bo‘la olmasligini aniqlash mumkin degan xulosa beradi. Qizig‘i shundaki, buni o‘rtacha 
90 soniyadan 4 daqiqagacha bo‘lgan vaqt ichida amallasa bo‘lar ekan. Olimning 
fikricha, bizga mos keladigan odamni topish uchun bir nechta asosiy xususiyat ko‘zdan 
kechirilsa bas. Bu jarayonda tana “tili”ning roli juda yuqori, aniqrog‘i, 55%. Bu shuni 
anglatadiki, miya potensial juftning tana harakatlarini tahlil qiladi va undan sizda qiziqish 
uyg‘otadigan qandaydir javob signallarini izlaydi. Insonning harakatlari sizga qanchalik 
mos kelsa, siz uni sevib qolishingiz ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Ovoz va uning 
ohangi, shuningdek, chastotaning o‘zgarishi ham muhim: jarayonda uning ulushi 38%. 
Qolgan 7% i o‘sha kishining bayonotlariga, so‘zlarni tanlashiga aloqador.
Mavzu doirasida Artur Akonning yana bir olamshumul tadqiqoti mavjud. Olim 36 ta 
savol ishlab chiqadi va ularni tartiblaydi. Tajriba uchun tanlab olingan notanish juftliklar 
bir-biriga shu savollarni tartib bilan berib chiqadi va javoblantiradi. Shundan so‘ng juftlik 
4 daqiqa davomida bir-biriga so‘zsiz boqib turadi. Tajribada ishtirok etganlar uzoq vaqt 
o‘zaro bog‘liqlik paydo bo‘lganini his qilib yurganlar. Yarim yil o‘tgach, juftliklardan biri 
turmush ham qurgan.
Otabek bir necha kunlardan beri Hasanalining ko‘ziga boshqacha ko‘rinar edi. 
Hasanali Otabekda shu kungacha ko‘rilmagan qiziq bir holatka besh-olti kundan beri 
ajabsinib yurar edi. Hasanalini ajabsindirgan holat ham bekning shuning singari xayol 
ichida barchani unutib qo‘yishi va boshqa ishlarga e’tibor va parvosizligi edi. Hasanali 
bekning hozirg‘i ipidan ninasigacha bo‘lg‘an qiziq holini uzoq kuzatib turdi. Lekin Otabek 
xayol surishdan zerikmasa ham Hasanali kuzatishidan zerikdi. 
— Menda yumushingiz yo‘qmi? 


14
Otabek bu gapni onglamadi, 
shekillik, Hasanalining yuziga 
ko‘tarilib qaradi-da, yana 
ko‘zini bir nuqtag‘a tikib qoldi. 
Bu holatdan Hasanalining 
andishasi ortib, bekning 
bunchalik angravlanishig‘a 
qanday ma’no berishini ham 
bilmas edi. Otabek shu holda 
tag‘in qanchag‘achadir o‘lturdi, 
nihoyat uyqudan uyg‘ong‘an 
kishidek so‘chib o‘zini 
kuzatkuchiga qaradi: 
— Chiqib yotmaysizmi? 
— Menda yumushingiz yo‘qmi? 
— Nima yumushim bo‘lsin, sham’ni ham olib keting…
Oradan yana bir necha daqiqa fursat o‘tib, Hasanali tamom tinchlandi, ham turib 
ketmakchi bo‘ldi va shu holatda ichkaridan uyqusirash eshitdi: 
— «Qora ko‘zlari, kamon qoshlari...» 
— A-a-a, — dedi Hasanali va qaytadan qulog‘ini tirqishg‘a olib bordi. Endi uning 
butun borlig‘i quloq bo‘lib aylangan, o‘zini unutib barcha diqqati hujra ichiga oqg‘an edi. 
O‘rtadan ko‘b fursat o‘tmadi, boyag‘i uyqusirash yana takrorlandi: «Oy kabi yuzlar, kulib 
boqishlar, cho‘chib qochishlar... Uff». Hasanali uchun birinchida onglashilmay qolg‘an 
ma’nolar bu keyingi gap bilan yeshildi. Hasanali endigi o‘lturishni ortiqcha topib o‘rnidan 
turdi, hujrasiga kirar ekan, boshini chayqab o‘zicha so‘zlandi: 
— Bek oshiq!
Ilmiy uslub ilm-fanga doir fikrlarni bayon etishga mo‘ljallangan. Bu uslubdagi 
matnlarda:
1) sohaga doir terminlar faol qo‘llanadi;
2) ta’rif-qoidalar keltiriladi;
3) bo‘yoqdor birliklar, ibora va maqollardan foydalanilmaydi;
4) murakkab jumlalar, kirish va kiritmali qurilmalar ko‘p uchraydi.
Ilmiy maqolalar, konferensiya tezislari, dissertatsiya, monografiya kabilar ilmiy 
uslubdagi matnlarga misol bo‘ladi.
Ilmiy ma’lumotlar mutaxassis bo‘lmaganlar – keng ommaga ilmiy-ommabop shaklda 
yetkaziladi. Bunda matn hammaga tushunarli bo‘lishi uchun:
1) terminlar, tushunarsiz birliklarga izoh beriladi; 
2) ayrim o‘rinlarda ko‘chma ma’no, badiiy-ta’siriy vositalardan foydalanishga ruxsat 
beriladi.
Ommabop nashrlardagi ilm-fanga doir maqolalar, bolalar ensiklopediyalari, maktab 
darsliklari shu shaklda yaratiladi.

Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish