Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

II QISM
Quyidagi matnni o‘qib, u asosida berilgan 7 – 10- topshiriqlarni bajaring.


213
Miya ko‘prigi uzunchoq miyaning ustki qismida joylashgan bo‘lib, yuqoridan o‘rta 
miyaga va yon tomondan miyachaga tutashib turadi. Miya ko‘prigiga ko‘z soqqasining 
harakati va yuzdagi mimika muskullarini harakatlantiruvchi nerv markazlari joylashgan. 
O‘rta miya miya ko‘prigining yuqori tomonida joylashgan. Unda to‘rtta tepalik bo‘lib, 
oldingi ikkitasida po‘stloqosti ko‘rish, orqadagi ikkita teplikda esa po‘stloqosti eshitish 
markazlari joylashgan. Bosh miyaning mana shu sohasida ovqatni chaynash va yutish 
reflekslari, ko‘rish, eshitish, qo‘l barmoqlarining nozik harakatlari va muskullar tarangligini 
ta’minlovchi nerv markazlari joylashgan. 
Oraliq miya o‘rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo‘lib, yuqori tomondan bosh 
miya katta yarim sharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miya ko‘rish do‘mbog‘i va do‘mboqosti 
sohalaridan iborat. 
Miyacha inson tanasidagi turli harakatlarning asosi bo‘lib, bosh miya katta 
yarimsharlarining ostki qismida joylashgan. Og‘irligi 150 gramm. Agar miyacha zararlansa, 
tana muskullari bo‘shashadi va odam tik turish, yurish, sakrash, yugurish mashqlarini 
bajarishi qiyinlashib, mast odamga o‘xshab gandiraklab harakatlanadi. 
Miyaning ikkinchi qismi bo‘lgan bosh miya katta yarimsharlari bosh miyaning 
yuqori tomonidan qoplab, uni himoya qilib turadi. U o‘ng va chap yarimsharlardan iborat 
bo‘lib, qadoqsimon tana yordamida bir-biridan ajralib turadi. U kulrang moddadan tashkil 
topgan tashqi qavat va oq moddadan iborat ichki qavatdan tuzilgan. Uning qalinligi 2,5-3 
mm. Po‘stloq qavati tekis bo‘lmasdan, xuddi yong‘oq kabi juda ko‘p burmalardan iborat. 
Miya po‘stlog‘ining bunday tuzilishi unda juda ko‘p sonli nerv hujayralarining joylashuviga 
imkon beradi. Binobarin, miyaning po‘stloq qismida 14-16 milliard atrofida nerv hujayralari 
mavjud. Qizig‘i shundaki, miya po‘stlog‘i pushtalarining soni deyarli barcha odamlarda bir 
xil bo‘lib, lekin ularning tuzilishi xuddi inson kaft chiziqlari singari xilma-xil bo‘ladi. Agar 
miya sharining bunday pushta va egatlari yozib chiqilsa, umumiy sathi 1468-1670 cm2 
ni tashkil etadi. Bosh miya katta yarimsharlarining hujayralari bajaradigan funksiyaga 
ko‘ra po‘stloq sathi uchta zonaga bo‘linadi. Birinchisi ko‘rish zonasidagi hujayralar barcha 
sezgi organlarining asosiy markazi bo‘lib, teri, ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish kabi sezgi 
organlari retseptorlaridan qabul qiladi. Harakat zonasidagi hujayralar odam organizmidagi 
barcha muskul, suyak, pay va bo‘g‘imlarning oliy markazi hisoblanadi. Assotsiativ zona 
hujayralari esa miya po‘stlog‘ining turli qismlaridagi nerv markazlarini bir-biri bilan 
bog‘laydi. Bu zona hujayralari sezish va harakat zonasidan kelgan impulslarni analiz va 
sintez qiladi. Bosh miya organizmdagi hamma aʼzolarning kelishib ishlashini taʼminlaydi. 
Shuningdek, u zararlansa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tibbiyot sohasida “bosh miya chayqalishi” termini ostida bosh miyaning yengil 
chayqalishi va qisqa muddat ichida hushdan ketish tushuniladi. Bosh miya chayqalishining 
ikki xil darajadagi ko‘rinishi farqlanadi:
Yengil bosh chayqalishi – markaziy nerv tizimi tomonidan jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmaydi, 
hatto bemorni chuqur tekshiruvlar o‘tkazganda ham. Bunda simptomlar uzog‘i bilan 14 
kunda yo‘qoladi (ko‘pincha undan ham oldinroq).
Kuchli bosh chayqalishi – ba’zi bir qon tomirlarning yorilishi bilan namoyon bo‘ladi. 
A’zolarda gematomalar paydo bo‘ladi, simptomlar biroz muddatdan keyin yo‘qoladi.
Bosh miya zarba yegandan keyin – inson hushini yo‘qotishi mumkin va bu qisqa 
muddatli yoki uzoq davom etuvchi bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘pincha inson hushida bo‘ladi 
va quyidagilarga shikoyat qilishi mumkin:
-quloqda shovqinlar;
-bosh aylanishi;
-umumiy holsizlik.



Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish