213
Miya ko‘prigi uzunchoq miyaning ustki qismida joylashgan bo‘lib, yuqoridan o‘rta
miyaga va yon tomondan miyachaga tutashib turadi. Miya ko‘prigiga ko‘z soqqasining
harakati va yuzdagi mimika muskullarini harakatlantiruvchi nerv markazlari joylashgan.
O‘rta miya miya ko‘prigining yuqori tomonida joylashgan. Unda to‘rtta tepalik bo‘lib,
oldingi ikkitasida po‘stloqosti ko‘rish, orqadagi ikkita teplikda esa po‘stloqosti eshitish
markazlari joylashgan. Bosh miyaning mana shu sohasida ovqatni chaynash va
yutish
reflekslari, ko‘rish, eshitish, qo‘l barmoqlarining nozik harakatlari va muskullar tarangligini
ta’minlovchi nerv markazlari joylashgan.
Oraliq miya o‘rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo‘lib, yuqori tomondan bosh
miya katta yarim sharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miya ko‘rish do‘mbog‘i va do‘mboqosti
sohalaridan iborat.
Miyacha inson tanasidagi turli harakatlarning asosi bo‘lib, bosh miya katta
yarimsharlarining ostki qismida joylashgan. Og‘irligi 150 gramm. Agar miyacha zararlansa,
tana muskullari bo‘shashadi va
odam tik turish, yurish, sakrash, yugurish mashqlarini
bajarishi qiyinlashib, mast odamga o‘xshab gandiraklab harakatlanadi.
Miyaning ikkinchi qismi bo‘lgan bosh miya katta yarimsharlari
bosh miyaning
yuqori tomonidan qoplab, uni himoya qilib turadi. U o‘ng va chap yarimsharlardan iborat
bo‘lib, qadoqsimon tana yordamida bir-biridan ajralib turadi. U
kulrang moddadan tashkil
topgan tashqi qavat va oq moddadan iborat ichki qavatdan tuzilgan. Uning qalinligi 2,5-3
mm. Po‘stloq qavati tekis bo‘lmasdan, xuddi yong‘oq kabi juda ko‘p burmalardan iborat.
Miya po‘stlog‘ining bunday tuzilishi unda juda ko‘p sonli nerv hujayralarining joylashuviga
imkon beradi. Binobarin, miyaning po‘stloq qismida 14-16 milliard atrofida nerv hujayralari
mavjud. Qizig‘i shundaki, miya po‘stlog‘i pushtalarining soni deyarli barcha odamlarda bir
xil bo‘lib, lekin ularning tuzilishi xuddi inson kaft chiziqlari singari xilma-xil bo‘ladi. Agar
miya sharining bunday pushta va
egatlari yozib chiqilsa, umumiy sathi 1468-1670 cm2
ni tashkil etadi. Bosh miya katta yarimsharlarining hujayralari bajaradigan funksiyaga
ko‘ra po‘stloq sathi uchta zonaga bo‘linadi. Birinchisi ko‘rish zonasidagi hujayralar barcha
sezgi organlarining asosiy markazi bo‘lib, teri, ko‘rish, eshitish, hid va ta’m
bilish kabi sezgi
organlari retseptorlaridan qabul qiladi. Harakat zonasidagi hujayralar odam organizmidagi
barcha muskul, suyak, pay va bo‘g‘imlarning oliy markazi hisoblanadi. Assotsiativ zona
hujayralari esa miya po‘stlog‘ining turli qismlaridagi nerv markazlarini bir-biri bilan
bog‘laydi. Bu zona hujayralari sezish va harakat zonasidan kelgan impulslarni analiz va
sintez qiladi. Bosh miya organizmdagi hamma aʼzolarning kelishib ishlashini taʼminlaydi.
Shuningdek, u zararlansa jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tibbiyot sohasida “bosh miya chayqalishi” termini
ostida bosh miyaning yengil
chayqalishi va qisqa muddat ichida hushdan ketish tushuniladi. Bosh miya chayqalishining
ikki xil darajadagi ko‘rinishi farqlanadi:
Yengil bosh chayqalishi – markaziy nerv tizimi tomonidan jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmaydi,
hatto bemorni chuqur tekshiruvlar o‘tkazganda ham. Bunda simptomlar uzog‘i bilan 14
kunda yo‘qoladi (ko‘pincha undan ham oldinroq).
Kuchli bosh chayqalishi – ba’zi bir qon tomirlarning yorilishi bilan namoyon bo‘ladi.
A’zolarda gematomalar paydo bo‘ladi, simptomlar biroz muddatdan keyin yo‘qoladi.
Bosh miya zarba yegandan keyin – inson hushini yo‘qotishi mumkin
va bu qisqa
muddatli yoki uzoq davom etuvchi bo‘lishi mumkin. Lekin ko‘pincha inson hushida bo‘ladi
va quyidagilarga shikoyat qilishi mumkin:
-quloqda shovqinlar;
-bosh aylanishi;
-umumiy holsizlik.