212
BOSH MIYA
Inson miyasi tabiatning qanday mo‘jizasi ekani bilan tanishamiz. Umuman nerv
sistemasi inson organizmini boshqaruvchi sistema bo‘lib, uning tafakkurini belgilab beradi.
Ya’ni inson miyasi uning aqliy faoliyati, dunyoqarashi, fikrlashi va ongning fiziologik asosi
hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda, organizmning tashqi muhit bilan aloqasini ta’minlaydi.
Bosh miya kalla suyagining ichida joylashgan bo‘lib, inson o‘sib borgan sari u
ham rivojlanib
boradi. Insonning bosh miya o‘rtacha 100 mlrd neyrondan tashkil topgan bo‘lib, u jigarda
ishlab chiqarilib qonga quyilgan glukozaning 50% ini “iste’mol” qiladi. Bosh miyani tashkil
etayotgan neyronlar o‘zaro nerv impulslarini 270 km/soat tezlikda uzatadi. Neyronlarning
soni ko‘paymasligi haqida barchamiz o‘qiganmiz, lekin neyronlar inson hayoti davomida
o‘sib turadi. Bitta neyron istalgan ensiklopediyadagi ma’lumotlardan ko‘ra besh barobar
ko‘p ma’lumotni eslab qola oladi. Miya hujayralari oksibiont hujayralar qatoriga kirib, ular
qon aylanish tizimiga tushgan kislorodning 20% ini ishlatadi. Shu
bilan birga, miyaning
80% ini suv tashkil etadi, shu boisdan ham odam doimiy ravishda yetarli miqdorda suv
ichib turishga ehtiyoj sezadi.
Bosh miya odam tana massasining o‘rtacha 2% ini tashkil etadi. U o‘rtacha 1000
– 2000 gramm oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Baʼzan bu ko‘rsatkich kam yoki ortiq bo‘lishi
mumkin.
Shunisi hayratlanarliki, insoning aqliy faoliyati uning o‘lchamiga bog‘liq emas. Misol
uchun, buyuk kimyogar olim Dmitriy Ivanovich Mendeleyev bosh miyaning og‘irligi 1571
gramm, Ivan Sergeyevich Turgenevning bosh miyasining og‘irligi esa 2012 gramm bo‘lgan.
Demak, insonning aqliy faoliyati bosh
miyaning massasiga emas, uning po‘stloq qismidagi
nerv hujayralarining xususiyatiga bog‘liq.
Bosh miya ikki qismdan tashkil topgan: miyaning stvol, ya’ni ust qismi va bosh miyani
o‘rab turuvchi bosh miya katta yarimsharlari. Miyaning ustun qismi uzunchoq miya, miya
ko‘prigi, o‘rtamiya, oraliq miya va miyacha kabi qismlardan iborat.
Uzunchoq miya bosh miyaning eng pastgi qismi bo‘lib, yuqori tomondan miya ko‘prigiga
tutashadi. Uzunligi 3-3,5 cm bo‘lib, og‘irligi 7 gramm.
Uzunchoq miya nafas olish, ovqat
hazm qilish va qon aylanish kabi sistemalar ishini boshqarib, uning shikastlanishi nafas
olish va yurak ishining to‘xtab qolishiga sabab bo‘ladi.
4–5. Quyidagi hukmlarni matn mazmunidan kelib chiqib to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri
ekanligini aniqlang.
4. Sanjarning ota-onasi onasining axloqi yomonligi sababli ajrashib ketishgan. U
otasi bilan yashaydi, ammo onasini ham sog‘inadi. Kunlardan
bir kuni onasi Sanjarni
ko‘rgani keldi. Otasini ularni ko‘rishtirmadi. Shu to‘g‘rimi?
A. To‘g‘ri B. Noto‘g‘ri
5. Sanjar dunyoga keldi. Otasi Soatov, onasi esa Temurov. Unga ota-onaning
kelishuviga binoan onasining familiyasi Temurov familiyasi berildi. Shu to‘g‘rimi?
A. To‘g‘ri B. Noto‘g‘ri
6. Bola dunyoga keldi. Ota-onasi kelishib unga Yusuf deb ism qo‘yishdi.
Bu ism unga
yoqar edi. U o‘n ikki yosharda edi, ular yashaydigan mahallada Yusuf degan giyohvand,
aqli noqis, bezori yigit paydo bo‘ldi. Shunda ota-ona undan so‘ramasdan
bolaning ismini
o‘zgartirib kelishdi. Shu to‘g‘rimi?
A. To‘g‘ri
B. Noto‘g‘ri
Do'stlaringiz bilan baham: