Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

XURUJ –
PROYEKTOR –
ONGOSTI –
KADR –
G‘AYRIIXTIYORIY –
BESTSELLER –
Topshiriq. 
Matnni diqqat bilan o‘qing. 
“25-kadr” o‘zi nima?
Sir emas, hozir biz axborotlashgan makonda yashaymiz. Bugun Siz uchun yangilik 
sifatida qabul qilingan hodisa zum o‘tmay atrofdagilar uchun yangilik bo‘lmay qolmoqda... 
Mazkur jadallashgan jarayonda internet va OAVning shaxs va jamiyatga ko‘rsatayotgan bo-
simi haqida ortiqcha to‘xtalib o‘tish esa o‘rinsizdek. Shu nuqtayi nazardan olib qaralganda 
insoniyat ulkan axborot xurujlari davrida yashashga mahkum. Boisi, zamonaviy axborot 
xurujlarini kundalik turmushimizning deyarli hamma yerida: katta yo‘llar chetida ko‘zimizga 


155
tashlanadigan yaltiroq banerlar, kunda televizorda ko‘rsatilayotgan reklama roliklari, bolalar 
uchun mo‘ljallangan multfilmlardan tortib, o‘sha biz katta qiziqish bilan tomosha qiladigan 
xorij seriallari va badiiy filmlarida uchratish mumkin bo‘lib qoldi.
25-kadr tarixi
Oramizda “25-kadr” haqida 
eshitganlar ko‘pchilikni tashkil 
qilishi mumkin, biroq uning kelib 
chiqishi tarixi to‘g‘risida biladi-
ganlar ozchilikni tashkil qiladi. 
Nazarimizda, sarlavhadagi savol-
ga javob berish uchun dastlab 
“25-kadr”ning tarixiga to‘xtalish 
maqsadga muvofiq. 
...1957-yilda amerikalik tad-
birkor Jeyms Vaykeri AQShning 
Nyu-Jersi shtatida joylashgan 
kinoteatrlaridan birida g‘alati eks-
periment o‘tkazganini ma’lum qil-
di. Gap shundaki, u “Piknik” nomli badiiy film tomoshasi vaqtida aynan filmning kinotasma
-
si kadrlarini almashtirish jarayonida qo‘shimcha proyektor – kino tasmasidagi tasvirlarni 
uzatish vositasi yordamida “Coca-cola” va “Och qoldingmi? Pop-korn tanovul qil!” degan 
yozuvlarni namoyish etgan. D.Vaykerining ta’kidlashicha, mazkur “yashirin reklama”li badiiy 
filmning 1957-yilning butun yoz mavsumida tinmay kinoteatrda ko‘rsatilishi natijasida ush
-
bu kinozal oshxonasida “Coca-cola” ichimligi savdosi 17 % ga, “Pop-korn” savdosi bo‘lsa 
50 % ga oshgan. Shundan so‘ng, J.Vaykeri yangi texnologiyani patentlab, o‘zining xususiy 
reklama kompaniyasiga asos soladi va tadbirkorlarga yashirin reklama yaratish bo‘yicha 
pullik xizmatlar ko‘rsata boshlaydi. Ushbu “kashfiyot”ning o‘sha paytlardagi AQSh OAVda 
yoritilishi bo‘lsa, o‘z-o‘zidan katta shov-shuvga sabab bo‘lib, ko‘pgina olimlar, mashhur rekla-
ma agentlari hamda keng 
jamoatchilikning e’tibo-
rini tortadi. Oqibatda, 
1958-yilda AQShning 
o‘sha vaqtlardagi yirik 
reklama tashkilotlaridan 
biri sanalmish “Adver-
tising Research Founda-
tion” J.Vaykeridan antiqa 
tajriba to‘g‘risidagi ma’lu-
motlarni oshkor etishni 
talab qilgan, ammo mu-
allifdan rad javobi olin-
gan. Lekin mavzu atrof-
dagi muhokamalar shu 
bilan tugamadi.
Keyinchalik bu mavzuda ilmiy referat yozish maqsadida Styuart Rodjers ismli talaba 
Nyu-Yorkdan Nyu-Jersiy shtatiga, ya’ni, aynan Vaykeri tajriba o‘tkazgan kinoteatrga tashrif 
buyuradi va tajribani amalda qaytarmoqchi bo‘ladi, biroq... Kinoteatr rahbari Styuartga, 
o‘zining kinoteatrida bu kabi tajribalar sinovdan umuman o‘tkazilmaganini hamda bu haqda 


156
undan birinchi bor eshitib turganini ma’lum qiladi. Oradan bir necha yillar o‘tib esa, aniqrog‘i 
1962-yilda “25-kadr” texnologiyasi muallifi J.Vaykerining shaxsan o‘zi 1957-yilda o‘tkazgan 
olamshumul tajribasi tijorat maqsadida shunchaki o‘ylab topilganini tan oldi. Inson on-
gostiga yashirin ta’sir ko‘rsatish xususidagi qizg‘in bahs-munozaralar shu bilan bir muddat 
to‘xtagandek bo‘ldi, ammo...
“New Scientist” xalqaro ilmiy-ommabop jurnali insonning ongostiga muayyan sharoit-
larda yashirin tasvir va yozuvlar orqali ta’sir etish mumkinligini e’lon qildi. Jumladan, buning 
uchun namoyish etilayotgan yashirin yozuv juda qisqa fursat, ya’ni bir soniya ichida yigirma 
to‘rtta tasvirdan ortiq bo‘lishi lozim ekan. Soddaroq aytganda, sog‘lom odamning ko‘zlari bir 
soniyada ongli ravishda ko‘pi bilan 24 tagacha tasvir (kadr)ni ilg‘ay oladi. Shu sondan ko‘p 
kadr bir soniyada ko‘rsatilgan taqdirda, uni inson ongli emas, balki ongosti holatda g‘ayriix-
tiyoriy qabul qilishni boshlaydi.
Keyinroq, “New Scientist” xalqaro ilmiy-ommabop jurnali ma’lum qilgan bu tad-
qiqotlarning to‘g‘riligiga Gollandiyaning Neymegan universitetidagi Yoxan Karremans bosh-
chiligidagi bir guruh olimlar ham tasdiqlashdi. 
Demak, 25-kadr – bu insonning aynan ongostiga o‘ziga xos uslubda, ya’ni yashirin 
rasmlar va audio yoki videoyozuvlar vositasida ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi bo‘lib, u kutil-
gan natijani berishi uchun tomoshabinga mazkur yashirin tasvirlar juda katta tezlikda va 
ko‘p marotaba takror ko‘rsatilishi lozimligini xulosa qilish mumkin.

Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish