155
tashlanadigan yaltiroq banerlar, kunda televizorda ko‘rsatilayotgan reklama roliklari, bolalar
uchun mo‘ljallangan multfilmlardan tortib, o‘sha biz katta qiziqish bilan tomosha qiladigan
xorij seriallari va badiiy filmlarida uchratish mumkin bo‘lib qoldi.
25-kadr tarixi
Oramizda “25-kadr” haqida
eshitganlar ko‘pchilikni tashkil
qilishi mumkin, biroq
uning kelib
chiqishi tarixi to‘g‘risida biladi-
ganlar ozchilikni tashkil qiladi.
Nazarimizda, sarlavhadagi savol-
ga javob berish uchun dastlab
“25-kadr”ning tarixiga to‘xtalish
maqsadga muvofiq.
...1957-yilda amerikalik tad-
birkor Jeyms Vaykeri AQShning
Nyu-Jersi shtatida joylashgan
kinoteatrlaridan birida g‘alati eks-
periment o‘tkazganini ma’lum qil-
di. Gap shundaki, u “Piknik” nomli badiiy film tomoshasi vaqtida aynan filmning kinotasma
-
si kadrlarini almashtirish jarayonida qo‘shimcha proyektor – kino tasmasidagi tasvirlarni
uzatish vositasi yordamida “Coca-cola” va “Och qoldingmi? Pop-korn tanovul qil!” degan
yozuvlarni namoyish etgan. D.Vaykerining ta’kidlashicha, mazkur “yashirin reklama”li badiiy
filmning 1957-yilning butun yoz mavsumida tinmay kinoteatrda ko‘rsatilishi natijasida ush
-
bu kinozal oshxonasida “Coca-cola” ichimligi savdosi 17 % ga, “Pop-korn” savdosi bo‘lsa
50 % ga oshgan. Shundan so‘ng, J.Vaykeri yangi texnologiyani patentlab, o‘zining xususiy
reklama kompaniyasiga asos soladi va tadbirkorlarga yashirin reklama yaratish bo‘yicha
pullik xizmatlar ko‘rsata boshlaydi. Ushbu “kashfiyot”ning o‘sha paytlardagi AQSh OAVda
yoritilishi bo‘lsa, o‘z-o‘zidan katta shov-shuvga sabab bo‘lib, ko‘pgina olimlar,
mashhur rekla-
ma agentlari hamda keng
jamoatchilikning e’tibo-
rini tortadi. Oqibatda,
1958-yilda AQShning
o‘sha vaqtlardagi yirik
reklama tashkilotlaridan
biri sanalmish “Adver-
tising Research Founda-
tion” J.Vaykeridan antiqa
tajriba to‘g‘risidagi ma’lu-
motlarni oshkor etishni
talab qilgan,
ammo mu-
allifdan rad javobi olin-
gan. Lekin mavzu atrof-
dagi muhokamalar shu
bilan tugamadi.
Keyinchalik bu mavzuda ilmiy referat yozish maqsadida Styuart Rodjers ismli talaba
Nyu-Yorkdan Nyu-Jersiy shtatiga, ya’ni, aynan Vaykeri tajriba o‘tkazgan kinoteatrga tashrif
buyuradi va tajribani amalda qaytarmoqchi bo‘ladi, biroq... Kinoteatr rahbari Styuartga,
o‘zining kinoteatrida bu kabi tajribalar sinovdan umuman o‘tkazilmaganini hamda bu
haqda
156
undan birinchi bor eshitib turganini ma’lum qiladi. Oradan bir necha yillar o‘tib esa, aniqrog‘i
1962-yilda “25-kadr” texnologiyasi muallifi J.Vaykerining shaxsan o‘zi 1957-yilda o‘tkazgan
olamshumul tajribasi tijorat maqsadida shunchaki o‘ylab topilganini tan oldi. Inson on-
gostiga yashirin ta’sir ko‘rsatish xususidagi qizg‘in bahs-munozaralar shu bilan bir muddat
to‘xtagandek bo‘ldi, ammo...
“New Scientist” xalqaro ilmiy-ommabop jurnali insonning ongostiga muayyan sharoit-
larda yashirin tasvir va yozuvlar orqali ta’sir etish mumkinligini e’lon qildi. Jumladan, buning
uchun namoyish etilayotgan yashirin yozuv
juda qisqa fursat, ya’ni bir soniya ichida yigirma
to‘rtta tasvirdan ortiq bo‘lishi lozim ekan. Soddaroq aytganda, sog‘lom odamning ko‘zlari bir
soniyada ongli ravishda ko‘pi bilan 24 tagacha tasvir (kadr)ni ilg‘ay oladi. Shu sondan ko‘p
kadr bir soniyada ko‘rsatilgan taqdirda,
uni inson ongli emas, balki ongosti holatda g‘ayriix-
tiyoriy qabul qilishni boshlaydi.
Keyinroq, “New Scientist” xalqaro ilmiy-ommabop jurnali ma’lum qilgan bu tad-
qiqotlarning to‘g‘riligiga Gollandiyaning Neymegan universitetidagi Yoxan Karremans bosh-
chiligidagi bir guruh olimlar ham tasdiqlashdi.
Demak, 25-kadr – bu insonning aynan ongostiga o‘ziga xos uslubda, ya’ni yashirin
rasmlar va audio yoki videoyozuvlar vositasida ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi bo‘lib, u kutil-
gan natijani berishi uchun tomoshabinga mazkur yashirin tasvirlar juda
katta tezlikda va
ko‘p marotaba takror ko‘rsatilishi lozimligini xulosa qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: