Aleyron donachalar
ichida tiniq yoki yaltiroq, yumaloq shaklda
globoidlar bo‘ladi. Kristallga aylangan oqsillar murakkab bo‘lib, ular ko‘pincha
moyli urug‘larda (zig‘ir, kungaboqar, pista, kanakunjut, oshqovoq va
boshqalarda) bo‘ladi.
Urug‘larning unishi oldidan oqsil donachalari shishadi va fermentlar
ta’sirida eriydigan holatga o‘tib, kimyoviy jihatdan soddaroq birikmalarga
aylanadi. Bu moddalar unib chiqayotgan embrionga (murtakka) oziq bo‘ladi va
42
maysaning o‘sishiga sarf etiladi. Aleyron donachalari sarf etilgandan so‘ng
ularning o‘rniga vakuolalar hosil bo‘ladi, keyinchalik bu vakuolalar bir-biriga
qo‘shilib aminokislotalarga boy bo‘lgan markaziy vakuolaga aylanadi.
Urug‘larning hosil bo‘lishi va rivojlanishi vaqtida ribosomalarda vujudga
kelgan oqsil donachalari vakuolada to‘planadi. Urug‘ pishgan vaqtda vakuola
tarkibidagi suv bug‘lanib chiqib ketgandan keyin oqsil kristallarga (aleyron
donachalariga) aylanadi va urug‘ tarkibida g‘amlovchi modda sifatida to‘planadi.
Vakuola
- protoplast hajmining bir qismi bo`lib, tsitoplazmadan membrana
bilan ajratilgan. Vakuola ichida hujayra shirasi bo‘lib, uning asosiy tarkibiy
qismini suv tashkil etadi. Yetilayotgan va rivojlanayotgan urug’lar hujayrasi
vakuolida noorganik ionlarning, uglevodlar, organik kislotalar, aminokislotalar,
peptidlar, oqsillar, alkaloidlar, fenol birikmalari va boshqalarning suvli eritmalari
joylashgan bo`ladi. Urug’lar yetilganda va ularning namligi pasayganida bu
birikmalar kristallar va amorf cho`kindilar hosil qiladi.
Vakuola metabolik faol hujayra mustahkamligini ta’minlaydi. Pishayotgan
urug‘ hujayrasi vakuollarida oqsil tanachalari yoki aleyron zarrachalari
ko‘rinishida zaxira oqsillari hamda urug‘ to‘qimalarini har xil mikroorganizm va
qumirsqalardan himoyalovchi alkaloiddar, glikozidlar, saponinlar va boshqa
moddalar to‘planadi.
O‘simliklar hujayrasining sitoplazmasida kalta tayoqchalar shaklidagi
mitoxondriyalar
bo‘ladi. Ularning bo‘yi 0,2-2,0 mkm gacha bo‘lib, ko‘pincha
0,6-0,8 mkm orasida o‘zgarib turadi. Mitoxondiyalarning soni hujayrada juda ko‘p
bo‘lib, o‘rta hisobda 2-2,5 mingtani tashkil etadi. Mitoxondriyalar
o’ziga xos
kimyoviy tuzilishga ega bo‘lib, oqsillar (60-70%), lipidlar (asosan fosfolipidlar -
25 % gacha), nafas oluvchi fermentlar, DNK, RNK va bir qator vitaminlar:
A,
B
6
, B
12
, K, E
dan iborat.
Mitoxondriya bu hujayraning energiya manbaidir. Mitoxondriylarning
asosiy vazifasi aminokislotalarni, karbonsuvlarni, yog‘larni oksidlashdan va shu
jarayon davomida fosforlanish natijasida energiyaning asosiy manbai bo‘lmish
ATFni sintez qilishdan iborat. Sintezlangan ATF tsitoplazmaga erkin kirib
43
undagi organoidlarning faoliyatini (oziqlanish, chiqarish, harakat qilish, o‘sish va
h.k.) amalga oshirishda muhim energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Plastidalar
faqatgina tirik o‘simlik hujayrasida uchraydigan organellalardir.
Plastidalar hujayrada rang-tusni belgilash xususiyatiga va bajaradigan
vazifasiga qarab uch xil: xloroplast (yashil rang beradigan plastid), xromoplast
(sariq, qizil) va leykoplast (rangsiz plastid) bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |