I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/172
Sana22.06.2023
Hajmi5,01 Kb.
#952908
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   172
Protoplast
tsitoplazmadan va bitta katta, yoki bir necha kichik 
vakuolalardan iborat bo`ladi. Tsitoplazma - bu shilimshiq, rangsiz suyuqlikdir. 
Uning tarkibida 90% gacha suv bo’ladi. Tsitoplazma protoplastning asosiy
tarkibiy qismi bo‘lib, unda hujayra yadrosi va ko`p sonli organoidlar yoki 
organellalar: plazmolemma, ribosoma, Goldji apparati, endoplazmatik to‘r,
mitoxondriy, plastidlar, vakuolalar, shuningdek birikmalar (suv va unda erigan 
tuzlar) joylashadi.
Optik mikroskopda kuzatilganda rivojlanayotgan o`simlik hujayralari 
tsitoplazmasi urug’lar yetilganida yoki o`sayotganida alohida organlar ko`rinib 
turgan tiniq yarim suyuq massani tashkil qiladi. Qo`shni hujayralarning 
protoplastlari hujayralararo devor va o’rta plastinka orqali o`tuvchi ingichka 
tsitoplazma ipchalari orqali aloqa qiladi. Tsitoplazmaning bu ipchalari 
plazmodesmalar deb ataladi. Buning natijasida o`simlik to`qimalarining barcha 
tirik hujayralari plazmodesmalar orqali yagona tizimga bog’langan bo`ladi.
Tsitoplazmaning kimyoviy tarkibi juda murakkab. Uning tarkibida 
anorganik moddalardan karbonat angidridi, kislorod, vodorod, azot hamda kal’tsiy, 
fosfor, kaliy, mikroelementlardan esa temir, marganets, natriy, xlor, magniy, 
brom, yod (suv o‘tlarida), mis, kobal’t, rux va boshqalarning borligi aniqlangan. 
Tsitoplazmada o‘rta hisobda 80% suv, 12% oqsillar, 2% nuklein kislotalari, 5% 
yog‘lar, 1 - 2% uglevod mavjud. 


41 
Zaxira oqsil moddalarining to’planishi
. Kimyoviy jihatdan oqsillar oddiy 
yoki protein va murakkab yoki proteidlardan iborat. 
Moyli o'simliklarda zaxira (moy bilan birga) funktsiyalarni bajaradigan 
oddiy oqsillar, suvda eriydigan al’buminlar, NaCl ning 10% li suvli eritmasida 
eriydigan globulinlar, NaOH ning 0,1% li suvli eritmasida eriydigan glutelinlar va 
erimaydigan oqsillar kiradi.
Yog’li o’simliklarda asosan oqsillarning globulin fraktsiyasi to’planadi. 
Masalan, kungaboqarning yuqori yog’li navlarida eriydigan oqsillarning umumiy 
miqdoridan al’buminlar 5,2% gachasini, globulinlar 79,0% gachasini, glutelinlar 
15,8% gachasini tashkil etadi.
Boshqa moyli urug’larda 
oqsillarning globulin fraktsiyasi bundan ham 
yuqori bo’ladi
, masalan, soyada 85-90%, kanakunjutda 90% gacha, eryong’oqda 
97%.
Murakkab oqsillar hujayradagi boshqa moddalar bilan qo‘shilib, murakkab 
moddalarni, ya’ni yog‘lar bilan qo‘shilib - lipoproteidlarni, uglevodlar bilan - 
glikoproteidlarni, nuklein kislotalari bilan - nukleoproteidlarni hosil qiladi.
Oqsillar protoplastning moddiy qismini tashkil qilishi bilan birgalikda
hayot jarayonini boshqaruvchi fermentlar yoki enzimlar vazifasini ham bajaradi. 
Bir qator hayotiy jarayonlarni (nafas olish, bijg‘ishlarni) boshqaradigan 
fermentlar, jumladan, katalaza, peroksidaza kabi fermentlar vazifasini bajaradi. 
Zaxira oqsil
aleyron donachalari shaklida to’planadi. Aleyron donachalari 
suyuq vakuolada mavjud bo’lgan oqsilning qotishi va kristallanishi tufayli vujudga 
keladi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish