Bakteriologik tekshirish.
Kasal hayvonlardan qon gemokultura usulida
tekshiriladi. Buning uchun qonni bakteremiya davrida (isitmasi ko‘tarilganda) va
salmonellyoz yarimo‘tkir kechganda olgan ma‘qul. Bo‘yintutruq venasidan olingan 5-
10 ml qon 5-6 probirka yoki 2-3 flakon GPB ga va 10-20% li o‘t suyuqligiga yoki
yarimsuyuq agarga ekiladi. Keyin undan yuqorida ko‘rsatilgan zich oziq muhitlarga
ekiladi. Endo muhitida salmonellalar esherxiyalardan farqli ravishda rangsiz koloniyalar
hosil qiladi (laktozani parchalamaydi), vismusulfit agarda (S guruhidan tashqari) qora
rangli koloniyalar o‘sadi. Salmonellalarga xos, laktoza va saharozani parchalamaydigan,
indol hosil qilmaydigan kulturani tomchili agglyutinasiya reaksiyasida tekshiriladi.
Serologik usul
da kasal hayvonlarga tashxis qo‘yish va tashuvchanlikni aniqlash
uchun ( yashirin davr) foydalaniladi. Bu maqsadda qon zardobi bilan agglyutinasiya
reaksiyasi quyiladi ( tovuqdarda qon- tomchili agglyutinasiya reaksiyasi quyiladi).
Fluoressensiyalovchi
antitelo
usuli
(
ekspress
diagnoz
qo‘yish
usuli).Patmaterialdan tayyorlangan surtmalar metil yoki etil spirtida fiksasiyalanadi va
fluoressensiyalovchi salmonellyozli zardob bilan ishlov beriladi. Harakterli yorug‘lik
beruvchi nurlanish ( yashil – sariq rangda) paydo bo‘ladi.
Fagotiplash.
Diagnostik maqsadda ko‘proq guruhli va tipli faglar ishlatiladi. Ikkita
probirkada suyuq oziq muhitga salmonellaning sutkalik kulturasi ekiladi, bittasiga 3-4
tomchi fag qo‘shiladi, ikkinchisi nazorat uchun qoldiriladi. 12-24 soatdan keyin fagli
probirkada bakteriyalar lizisga uchrab, suyuqlik tiniq bo‘ladi. Zich oziq muhitda
bakteriyalar yuzaga bir tyokis ekiladi va bir tomchi fag tomdiriladi. Ikkinchi kuni fag
tomchisi bo‘lgan joyda o‘sish bo‘lmaydi.
Biosinov zarur hollarda quyiladi. Buning uchun 18g massali oq sichqonlar terisi
ostiga kultura suspenziyasi ( 50-100 mln mikrob tanachalari 1ml da) 0,2-0,3 ml
yuboriladi. Ijobiy natijada 3-10 kunda sichqonlar o‘ladi.
Laboratoriyada tekshirish muddati 5-6 kun.
Buzoqlar salmonellyozi qo‘zg‘atuvchisi
S.enteritidis
va
S.typhimurium.
Odamlar
uchun ham xavfli. Kasal hayvonlarning go‘shti yoki zararlangan sutni istyemol qilganda
odamlarda og‘ir toksikoinfeksiyalarni chaqiradi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisining asosiy manbasi- kasal hayvonlar, reqonvalessentlar,
klinik sog‘lom bakteriya tashuvchilar. Buzoqlarning yalpi kasallanishida yoz kunlarida
bir necha soat turib qolgan sut muhim infeksiya manbai bo‘lishi mumkin. Chunki shu
vaqt ichida sutga tezak bilan tushgan salmonellalar intesiv rivojlanib, hatto emlangan
buzoqlarda ham kasallik chaqiradi. Buzoqlar sog‘ayganidan keyin mustahkam
immunitet hosil qiladi va qayta kasallanmaydi. Diagnoz kliniko-epizootologik
ma‘lumotlar (hayvon ning yoshi, kasallikning belgisi, xo‘jalikning nosog‘lomligi va
h.k.), patologoanatomik yorish, shuningdek bakteriologik va serologik tekshirishlar
natijasiga asoslanib quyiladi. Kasallikning oldini olish uchun o‘lik va tirik vaksinalar,
giperimmun zardoblar ishlatiladi. Polivalentli buzoq va boshqa hayvonlar
salmonellyoziga qarshi, bivalentli buzoqlar salmonellyozi va kolibakterioziga qarshi
giperimmun zardoblarni qo‘llash yaxshi samara beradi. Davolash uchun ta‘sir doirasi
keng antibiotiklar, sulfanilamid va nitrofuran preparatlari bilan birga ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |