57
zardob qo‘shilgan oziq muhitlarda ham kapsula hosil qiladi. Spora asosan tayoqchaning
markazida joylashib, oval shaklida bo‘ladi.
Kultural xususiyatlari.
Kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi aerob. 12-45
0
C haroratda
o‘sadi. O‘sish uchun optimal harorat 35-37
0
C. Oddiy oziq muhitlarda yaxshi o‘sadi.
Go‘shtpeptonli bulonda oq paxtasimon cho‘kma hosil qiladi, muhit tiniqligicha qoladi.
Go‘sht peptonli agarda kulrang oqish koloniyalar hosil qiladi. Koloniyalar sher yoliga
o‘xshaydi. Go‘shtpeptonli jelatinada 2-5 kunda to‘nkarilgan archa shaklida o‘sadi.
Patogenligi.
Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqon, dengiz cho‘chqa si,
quyonlar kasallikka moyildir. Biosinovda oq sichqonlar 1-2 kunda, dengiz cho‘chqasi ,
quyonlar 2-3 kundan keyin o‘ladi.
Patogenezi.
Kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi hayvon organizmi shikastlangan shilliq
qavatlariga kirib, organizmning mahalliy himoya mexanizmlaridan o‘tib, limfa
sistemasiga tushadi. Bu joyda mikrob tezda ko‘payadi hamda limfa oqimi bilan limfa
tugunlariga, undan qonga o‘tib, fagositlar hamda har xil organlarda, limfoid makrofag
sistemasi elimentlari bilan ushlanadi. Kuydirgi tayoqchalari ayniqsa taloqda intensiv
to‘planadi, so‘ngra qaytadan qonga o‘tib, septisemiya va organizmda intoksikasiyani
rivojlantiradi. Bularning hammasi qondagi kislorodning kamayishi, kislota-ishqor
nisbatining buzilishi, qoning ivish xususiyatilarining pasayishi va hatto yo‘qolishi bilan
o‘tadi. Kuydirgi mikrobi organizmda ko‘paya turib, kapsula hosil qiladi, fagositlarga
qarshilik ko‘rsatadi, makroorganizm hujayralarida to‘planib ko‘payadi, toksinlar ajratadi.
Kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi yana proteaza (ekzofermentlar) ajratib hujayra oqsillarini
parchalaydi. Kuydirgi basillalarining hayot faoliyati mahsulotlari ta‘siri natijasida paydo
bo‘ladigan organizmdagi chuqur o‘zgarishlar kasal hayvonlarni o‘limga olib keladi.
Kasallikning inkubasion davri bir necha soatdan 14 kungacha, ko‘pincha 2-3 kun davom
etadi. Kuydirgining sepitisemiya va karbunkulyoz formalari farq qilinadi. Bundan
tashqari patologik jarayonlarning joylashishiga qarab teri-ichak, o‘pka va tonzillar
(angionoz) shakllari ham uchrab turadi. Bunday mahalliy patolik jarayonlar septisemiya
asosida rivojlanadi, lekin bu belgilar bir vaqtda yoki alohida paydo bo‘lishi mumkin.
O‘tishiga ko‘ra yashin tezligida, o‘tkir, yarim o‘tkir, surunkali hamda aborotiv
o‘tishi ham mumkin.
Yashinsimon shakli.
Qo‘y,echki, ot va qoramollarda uchraydi. U isitmaning
ko‘tarilishi, puls va nafas olishning tezlashishi, ko‘zga ko‘rinadigan, shilliq qavatlarning
ko‘karishi bilan namoyon bo‘ladi.Hayvon birdaniga yiqilib tomiri tortilib o‘ladi. Kassalik
bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: