87
Patogenligi.
Trixofiton avlodi zamburug‘lari tabiiy va sun‘iy sharoitlarda
qoramollar, ot, qo‘y, cho‘chqa, eshak, tuya, mushuk, dengiz cho‘chqalari, quyon, oq
sichqon, kalamush, it, muynali va yovvoyi hayvonlar uchun patogenlidir. Ko‘proq
qoramol va otlar, kamroq it va mushuklar moyildir.
Kasallik o‘ta yuqumli, asosan yosh hayvonlar zaralanadi.
Patogenezi.
Hayvonlar dermatomikozlari patogenezi asosida zamburug‘larning
organizmda teri va uning hosilalarini zararlab, parazitlik qilishi yotadi. Bunda
makroorganizmning ham roli katta. Organizmda qulay sharoitlar yaratilganda
zamburug‘lar soch follikulalariga kirib rivojlanadi va ko‘payadi. Kirgan va rivojlangan
joyida yalliglanish paydo bo‘ladi. Soch ildizi qinining hujayralari shishishi natijasida
soch noziklashib follikuladan chiqayotgan joyidan
sinadi. zararlangan o‘choqlardan
zamburug‘ elementlari kengaygan qon tomirlar orqali qon va limfaga o‘tib, qon oqimi
va limfa tomirlari orqali yana teriga kelib tushadi. Hamda yangi zararlangan manbalar
paydo bo‘ladi.
Antigen tuzilishi
. Trixofitonlarning sporolari va miseliysining polisaxaridli va
proteinli antegenlari bor.
Immuniteti.
Kasallanib tuzalgan hayvonlarda
uzoq davom etadigan, mustahkam
immunitet paydo bo‘lib, hayvonlar qayta zararlanmaydilar. Kasal va kasallanib tuzalgan
hayvonlar qon zardobida agglyutinin, presipitin va komplement bog‘lovchi antitelolar
bo‘ladi. Antitelolarning maksimal titri kasallik rivojlangan vaqtida 2-3 oy saqlanib
qoladi. 70-80% hayvonlarda kasallikning klinik belgilari namoyon bo‘lgan davrda
allergik reaksiya paydo bo‘lgani kuzatilgan.
Diagnozi
. Laboratoriyaga tekshirish uchun zararlangan epidermis va jun tolalari
qirindisi sog‘lom to‘qima bilan chegara joyidan olinadi. Laboratoriyada mikroskopiya
usulida tekshiriladi, natijasi gumonli bo‘lsa patmaterialdan oziqa muhitga ekib, toza
kultura ajratiladi, lyuminissentli analiz va biosinov qo‘yiladi.
Qirindi 10% li ishqor (
KON
yoki
NaOH
) bilan 15-30 daqiqa ishlov beriladi.
Ezilgan tomchi usulida preparat tayyorlanib mikroskopda ko‘riladi. zararlangan soch
ichida va tashqarisida qator bo‘lib, tartibli joylashgan endosporolar ko‘rinadi.
Patmaterialdan toza kultura ajratish uchun Saburo, suslo-agar, Chapeka oziqa
muhitlaridan birortasidan foydalaniladi. Ishqor bilan ishlangan materialni ekishdan
avval sentrifugalash usulida fiziologik eritma bilan yuvilishi kerak, material iflos
bo‘lgani uchun unga 100-200 TB/ml penisillin va streptomisin qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: