Veterinariya m I k r o b I o L o g I y asi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/120
Sana20.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#952640
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   120
Bog'liq
Veterinariya m I k r o b I o L o g I y asi

Biosinov qo„yish
samaraliroqdir. Uning yordamida leptospiralarni hatto 
tuproqdan ajratish mumkin. 
Biosinov
 
20-30 kunlik tillarang og‗maxon, 10-20 kunlik 
yosh quyonlarda, 3-5 haftalik yosh dengiz cho‗chqalarida qo‗yliadi. Patmateri al 
suspenziyasi teri ostiga yoki qorin bo‗shlig‗iga og‗maxonlarga 0,5-1 ml, quyonlarga 2-3 
ml, dengiz cho‗chqalariga 1-2 ml dozada yuboriladi. 3-5 kuni isitma chiqqan vaqtida 
qulog‗idan yoki yuragidan qon olib mikroskopik usulda tekshiriladi va oziq muhitlarga 
ekiladi. Agar zararlangan hayvonlar o‗lmasa , ularni14-16 chi kunlari o‗ldirib, tekshiri 
ladi. Ularning qon zardobi mikroagglyutinasiya reaksiyasida 13 ta seroguruh 
leptospiralari bilan tekshiriladi. 1:10 nisbatda va undan yuqori titrdagi ijobiy natija 
tekshirilayotgan mateirialda leptospiralar borligidan dalolat beradi. 
O‗lgan laboratoriya hayvonlarining yuragi, jigari va buyragidan oziqa muhitlarga 
ekiladi. 
Dengiz cho‗chqalari faqat 
L.icterohaemorrhagiae
bilan zararlantirilgandagina 
o‗ladi. 
Serologik 
tekshirish
hayvon 
qoni 
zardobidagi 
maxsus 
antitelolarni 
mikroagglyutinasiya (MAR) va makroagglyutinasiya reaksiyasida (AR) aniqlashga 
asoslangan.
Leptospirozning serologik diagnostikasi yalpi va alohida (individual) 
tekshirishlarni o‗z ichiga oladi. Immunologik tekshirishlarning diagnostik maydoniga 
immun statusi har xil hayvonlar tushadi: zararlangan, kasal, kasallanib sog‗aygan 
immunli, immunlovchi subinfeksiya natijasida immunlangan, sog‗lom, shuning uchun 
natijalarni izohlab berish qiyin.
Kasal hayvonlardan qon zardobi ikki marta 5-7 chi, 7-10 kunlari olinadi. 
Reaksiya uchun yangi olingan, filtr qog‗ozida quritilgan, konservasiya qilingan (fenol 
yoki bor kislotasi bilan) zardoblar ishlatiladi. Antigen sifatida tirik leptospira kulturalari 
ishlatiladi. Bundan tashqari
bilvosita gemagglyutinasiya reaksiyasi, 
KBR, fluoressen 
siyalovchi antitelo usullaridan foydalaniladi.
Biopreparatlar.
Qishloq xo‗jaligi hayvonlarining leptospiroz kasalligini maxsus 
oldini olish va davolash birinchi marta S.Ya.Lyuboshenko (1941) tomonidan ishlab 
chiqilgan va veterinariya amaliyotida tatbiq etilgan. Aktiv immunlash uchun qishloq 
xo‗jalik va ovlanadigan hayvonlar leptospiroziga qarshi polivalentli fenol vaksina va 
deponirlangan polivalent VGNKI vaksinasining ikki xil varianti qo‗llaniladi. Birinchi 
variantida leptospiralarning pomona, tarassovi, ikterogemorragiya va kanikola guruhlari 
bor. U bilan it va cho‗chqalar emlanadi. Ikkinchi variantida pomona, tarassovi, 
grippotifoza va gebdo madisning 4 ta asosiy serovarlari bor. U bilan yirik va mayda 
shohli mollar emlanadi. Immunitet 14-20 kundan keyin paydo bo‗lib, yosh hayvonlarda 
6 oy, katta yoshdagilarda 1 yilgacha saqlanadi.


85 
Passiv immunizasiya uchun leptospirozga qarshi polivalentli zardob qo‗llaniladi. 
U qoramolni leptospira kulturalari aralashmasi bilan (vaksina shtammlari) 
giperimmunlash yo‗li bilan olinadi. Zardobning titri MAR da 1: 25000 va undan yuqori 
bo‗lsa u aktiv hisoblanadi. Zardob 5 dan 60 ml gacha dozada teri ostiga yuboriladi. 
Passiv immunitet 15 kun davom etadi. Kasal hayvonlarni davolash uchun giperimmun 
zardob bilan streptomisin birga qo‗llaniladi. 
Nazorat savollari: 
1. Leptospiroz qo‗zg‗atuvchisining xususiyatlarini ayting. 
2. Leptospirozga laboratoriyaga tekshirish uchun qanday patmateriallar yuboriladi. 
3. Leptospirozga laboratoriyada qaysi usullarda tekshiriladi. 
4. Biopreparatlar. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish