62
Bolalarni o‗yin harakatlariga o‗rgatish darkor. Shundagina o‗yin
ta‘limiy harakter kasb etadi va mazmunli bo‗ladi. O‗yin harakatlariga
esa o‗yinda
sinash maqsadida yurish, harakatning o‗zini ko‗rsatish,
obrazni ochib berish va hakazolar orqali o‗rgatiladi.
Kichik
bolalarning
o‗yinlarida o‗yin harakatlari barcha
o‗ynovchilar uchun bir xil. Bolalar uchun o‗yin vazifasi – ma‘lum
masofadan turib sharni darvozaga dumalatish kerak, bunda to‗p
darvozadan o‗tayotganda unga osib qo‗yilgan qo‗nqiroqchalar jaranglab
ketishi lozim.
Bolalarni guruhlarga ajratilsa yoki o‗yinda rollar bo‗lsa, o‗yin
harakatlari xilma-xil bo‗ladi. Masalan, "Do‗kon" o‗yinida xaridorlar
harakati sotuvchilar harakatiga qaraganda boshqacha,
topishmoq aytish
va uni topish o‗yinlarida topishmoq aytuvchilar bilan jumboqni
topuvchilarning o‗yin harakatlari turlicha bo‗ladi va hokazo.
O‗yin harakatlari hajmi ham turlicha bo‗ladi. Kichik guruhlarda -
ko‗proq takrorlanadigan (bir - ikkita) harakatlar bajariladi, katta guruhda
esa o‗yin harakati besh - oltita harakatni o‗z ichiga oladi. Sport
xarakteridagi o‗yinlarda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning
o‗yin harakatlari vaqt jixatidan bo‗lib yuboriladi va ketma-ket amalga
oshiriladi.
Keyinchalik, o‗yin harakatlarini o‗zlashtirib olgach, bolalar
biror maqsadni ko‗zlab, aniq, tez, bir - birlari bilan kelishib harakat
qiladilar va o‗yin vazifasini yaxshi bilib olgan sur'atda xal etadilar.
Qoida didaktik o‗yin elementlaridan biridir. U ta‘lim vazifasi
hamda o‗yin mazmuni bilan belgilanadi va o‗z navbatida, o‗yin
harakatlari xarakteri
va uslubini belgilab beradi, bolalarning hatti-
harakatini, ular bilan tarbiyachi o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni yo‗lga
qo‗yadi va boshqaradi. Qoidalar yordamida tarbiyachi bolalarda
63
o‗zgaradigan sharoitda yo‗l topib olish qobiliyati, paydo bo‗lgan
istaklaridan o‗zini tiyish, emotsional - irodaviy zo‗r berish malakasini
shakllantiradi. Buning natijasida bolalarda o‗z
xarakatlarini boshqarish,
ularni boshqa o‗ynovchilar xarakatlari bilan bog‗lash qobiliyati
rivojlanadi.
O‗yin qoidalari ta‘lim beruvchi (o‗rgatuvchi), uyushtiruvchi va
tartibga (intizomga) soluvchi xarakterga ega. Ta‘lim beruvchi qoidalar
bolalarga nimani qanday bajarish kerakligini o‗rgatishga yordam beradi;
ular o‗yin xarakatlari bilan bog‗liq bo‗ladi, ularning rolini oshiradi,
bajarish
usullarini aniqlashtiradi; qoidalarning uyushtiruvchi xarakteri
o‗yindagi tartib, izchillik va bolalarning o‗zaro munosabatlarini belgilab
beradi; o‗yinning intizomga soluvchi xarakteri esa nimani qilish mumkin
emasligini va nima uchun shunday qilmaslik kerakligini oldini oladi.
Tarbiyachi qoidalardan ehtiyotkorlik bilan foydalanishi, o‗yinda
ularni ko‗paytirib yubormasligi, ulardan faqatgina zarurlarigina
qo‗llanishi kerak.
Tarbiyachi tomonidan o‗rnatilgan o‗yin
qoidalarini bolalar asta-
sekin o‗zlashtirib oladilar. Shularni e‘tiborga olib, ular o‗zlari va
o‗rtoqlari hatti - harakatlarining to‗g‗riligini, o‗yindagi o‗zaro
munosabatlarni baholaydilar.
Didaktik o‗yin natijasi - har qanday yo‗l bilan erishilgan
g‗alabagina emas, balki bolalarning bilimlarini o‗zlashtirishda, aqliy
faoliyatini rivojlantirishda, o‗zaro munosabatlarda erishgan yutuqlari
ko‗rsatkichidir. O‗yin vazifalari, harakatlar, qoidalar, o‗yin natijasi bir-
biri bilan o‗zaro bog‗langan, ana shu tarkibiy qismlardan bo‗lmasligi,
o‗yinning
bir butunligini buzadi, uning ta‘lim va tarbiyaviy ta'sirini
kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: