Бошланғич таълим кафедраси


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. M.Quramov. Oila – milliy tarbiya o‗chog‗i. Xalq ta‘limi .jurnal. T-1999 
2. O.Xasanboeva. Pedagogika tarixidan xrestomatiya. T-1997. 
BUYUK ALLOMALARIMIZ ASARLARIDA TIL VA NUTQ ODOBI 
MASALALARINING IFODALANISHI 
 
Otamurodova Shamsu Qamar Otamurodovna
TerDU magistranti 
Norquvvatova Mahbuba Otamurodovna
Qiziriq tumanidagi 18–maktab boshlang‟ich sinf o‟qituvchisi 
 
Insonning ma‘naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma‘rifiy 
rivojida ona tilining o‗rni benihoya muhimdir. Ona tilini mukammal egallash va 
undan foydalanish esa kishilarning tili va nutqi orqali amalga oshadi. Chunonchi, 
―Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy tilni ham saqlamak lozimdur. 
Chunki so‘z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o‘lchab ko‘rsatadurgan 
tarozusidur. Aql sohiblari kishining dildagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini 
so‘zlagan so‘zidan bilurlar‖ [1], deydi buyuk ma‘rifatparvar bobomiz Abdulla 
Avloniy. Bu yerda ―xususiy til‖ deb kishilarning nutqi va so‘zlayotgan so‘zini 
nazarda tutgan. Ya‘nikim, inson nafaqat ona tilini, balki, har bir kishi o‘z so‘zi va 
nutqini toza saqlamog‘i kerak. Chunki kishilarning ilm-u zakovati ham fahm-u 
farosati ham uning so‘zlayotgan so‘zida namoyon bo‘ladi, deyilmoqda. 
XI asr Sharqining ulkan pandnomachisi bo‘lgan Kaykovus ham hamma hunarlar 
ichida so`z hunari – notiqlikni a‘lo deb bilgan: ‖Bilgilkim, hamma hunardan so`z 
hunari yaxshi‖ [2]. Demakki, nutq o‘stirish, go‘zal va serma‘no nutqqa ega bo‘lish, 
nafaqat, bugungi kunda e‘tibor talab masalaga aylanmoqda, balki bundan bir necha 
asrlar oldin ham bu masalaga buyuk allomalarimiz hamda davlat arboblari ham katta 


149 
e‘tibor bilan qarashgan ekan. Kaykovusning ‖Qobusnoma‖ asarida nutq va uning 
ahamiyati haqida yuqoridagi kabi fikrlarni ko‘plab uchratish mumkin. 
Ulug‘ alloma Yusuf Xos Hojib esa shunday misralar bitgan:
―So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing kеtmasin,
Tilingga ehtiyosh bo‘l, tishing sinmasin‖. 
―Bilib so‘zlasa, so‘z donolik sanaladi,
Nodonning so‘zi o‘z boshini yеydi‖.
―Aql ko‘rki so‘zdir va til ko‘rki so‘z,
Kishi ko‘rki yuzdir, bu yuz ko‘rki ko‘z‖ [3]. 
Bu misralarni bejizga keltirmadim. Ularning har biridan so‘z va til odobi, nutq 
madaniyati kabilarning kishilar hayotidagi ahamiyatini anglash mumkin.
Chinakam ma'nodagi so‘z mulkining sultoni Alishеr Navoiyning so‘z va o‘tkir 
nutq, til va jamiyat borasidagi fikrlari alohida diqqatga molikdir. So‘z dahosiga daho 
so‘zchi sifatida adoqsiz ehtirom va e‘tibor bilan munosabatda bo‘lgan adib o‘z 
asarlarining aksariyatida, xususan, muhtasham ―Xamsa‖sining barcha dostonlarida, 
―Mahbub ul-qulub‖, ―Muhokamat ul-lug‘atayn‖, ―Nazm ul-javohir‖ va boshqa 
ko‘plab asarlarida so‘zning buyuk qudrati va nutq mahoratining xosiyatiga oid 
bеtakror fikrlarni bayon qilgan. U shunday fikrlarni keltiradi: ―So‘z go‘yoki bir 
durdir, durning doimiy makoni dеngiz tubi bo‘lsa, so‘zning muntazam makoni 
ko‘ngildir. Dur g‘avvos tarafidan dеngiz tubidan chiqarilib, jilvalantirilsa va uning 
qiymati javhariga ko‘ra baholansa, so‘z sohibi ixtisos tomonidan ko‘ngildan 
tashqariga olib chiqiladi va notiqning qiymati so‘z qo‘llash mahoratiga, uni 
jilvalantirish qobiliyatiga qarab bеlgilanadi‖[4]. Bu fikrdagi ―dur‖ va ―so‘z‖ning 
beqiyos o‘xshatmasi juda ham o‘rinli keltirilganki, uni quyidagicha sharxlash 
mumkin: Barcha dengiz tubida ham dur bor. Uni olib chiqish va jilvasini ko‘rsatish 
g‘avvosning ishi, ko‘ngil ham dengiz kabidir. Uning tubida ham doimiy so‘zlar 
mavjud. Lekin bu so‘zlarni hamma ham chiroyli qilib ifoda eta olmaydi. Chinakam 
notiq va nutqi boy insongina bu so‘zlarning jilosini ko‘rsatib, chiroyli tarzda ifoda eta 
olishi mumkin. Buning uchun esa nutqning ravonligi, to‘g‘riligi va sofligi kerak 
bo‘ladi. Navoiy ham tildagi mavjud ifoda imkoniyatlaridan nutq vaziyati va 
maqsadiga eng muvofig‘ini tanlash mushkul ekanligini, so‘zlovchi bu boradagi 
mahoratini oshirishga har doim e‘tibor bilan qarashi lozimligini ta‘kidlagan.
XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida yashab ijod etgan, mumtoz 
adabiyotimizda o‘ziga xos iz qoldirgan Gulxaniy asarlarida ham nutq masalalariga 
alohida o‘rin berilganini ko‘rish mumkin. Uning adabiy merosida ―Zarbulmasal‖ 
asari alohida o‘rin tutadi. ―Zarbulmasal‖ xalq ertaklari taxlitida yozilgan mukammal 
syujetli o‘tkir satirik asardir. ―Zarbulmasal‖da til va nutq odobi yuzasidan ibratli 
uslub mavjud bo‘lgani kabi, unda ushbu sohada talaygina ibratli nasihatlar ham o‘z 
ifodasini topgan. Chunki unda iborali nutq xalq maqollari asosida fikrni dalillash, 
mantiqli so‘zlash yaxshi ifodasini topgandir. Masalan, Ko‘rqush Yapaloqqushga 
qalin bobida katta gapirmaslik, o‘z holini bilib so‘zlash, mobodo, Boyo‘g‘li katta 
talab qo‘yib yuborsa, uyalib qolmaslik zarurligini ta‘kidlar ekan, ―Yolg‘on masal 
turmas‖ degan maqolni eslatadi. Bu, yolg‘onning isi chiqadi, degan xalq iborasining 
boshqa bir variantidir. Yoki boshqa bir o‘rinda Ko‘rqush: ―Bo‘l. Og‘iz bo‘lma, oyoq 
bo‘l, eshitmadingmuki, ―Oyoq yugurigi oshqa, og‘iz yugurigi boshqa‖ deydi. 


150 
Shuningdek, ―O‘zini maqtagan – o‘limning qorovuli‖, ‖Ebi bilan so‘zlasang, ilon 
inidan chiqar, achchig‘-achchig‘ so‘zlasang, musulmon dinidan chiqar‖, ―…amonat 
so‘zga amin bo‘lmoq yaxshilar shevasi turur‖ kabi maqollar ham maqtanchoqlik 
qilish obro‘ni to‘kishi, o‘ylab joyini bilib gapirish fazilat ekanligi, muomalada shirin 
til osoyish, farog‘at, tinchlik manbai ekanligi, aksincha, qo‘pol til, achchiq muomala 
dushman ko‘paytirishi va boshqa nutq odobi xususiyatlarini ifodalaydi hamda 
tinglovchidan ularni talab etadi. Umuman, ―Zarbulmasal‖ personajlarining nutqi 
iborali so‘zlash, ibora, maqol, she‘r-u hikmatlardan foydalanib, fikrni dalillash 
namunasi sifatida didaktika mashg‘ulotlarida keng foydalanish imkonini beradi. 
Shunday qilib, nutq odobi tarbiyasida ulug‘ allomalarimizning yaratgan asarlari 
va fikrlari qimmatli va bebaho manbadir. Ulardan o‘rganish, maktabda, ayniqsa, 
boshlang‘ich ta‘lim darslarida foydalanish darkor. Chunki ularda xalqimiz tilining 
naqadar jozibali, ta‘sirchan ifodalarga boyligi ko‘rkam bir tusda ko‘rinish beradi.

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish