Бошланғич таълим кафедраси



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

Фойдаланилган адабиѐтлар: 
1. Зверев И. Д. Экология в школьном образовании. –М.: Знание, 1988.
-96 с. 
2. Зиѐмуҳаммедов Б. Экология ва маънавият. –Тошкент: Меҳнат, 1997.
-104 б. 
3. Каримов Ю. Олий таълим муассасалари талабаларига экологик таълим 
беришнинг назарий асослари. –Тошкент: Ўқитувчи, 1995. -116 б. 
4. Маркович Д. Ж. Социальная экология. –М.: РУДН, 1997. -436 с. 


145 
5. Махмудов Ю. Ғ. Экологиядан маълумотнома. –Тошкент: Фан, 1997.-40 
б. 
6. Турдиқулов Э. О. Физика ва экологик таълим. –Тошкент: Ўқитувчи, 
1992. -228 б. 
7. Жўраев Й. О., Ғуломов М. Х. Экология: жиноят ва жазо. –Тошкент: 
Ўзбекистон, 1990. 
8. Шодиметов Ю. Ш. Региональные проблемы социальной экологии.
–Ташкент: Узбекистан, 1992. -110 с. 
O„QUVCHI SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY 
QADRIYATLARNING PEDAGOGIK ASOSLARI 
 
SHaropov Nabi 
TerDU talabasi 
 
Ta‘limda o‗quvchi shaxsini shakllantirishda uning ruhiyatini faollashtirishga, 
izchillashtirishga e‘tibor beriladi, chunki o‗z-o‗zini rivojlantirish, o‗zini shaxs sifatida 
shakllantirish, bu - o‗quvchining istagi, ehtiyojidir. Har bir o‗quvchi o‗z-o‗zini 
rivojlantirayotganda o‗qituvchining yordami kerakligini sezib turadi. Shunga qo‗ra, 
o‗qituvchi faoliyat ko‗rsatayotgan o‗quvchiga hamisha ko‗maklashadi. 
O‗quvchi shaxsini shakllantirish ta‘lim jarayonini demokratlashtirishni 
(erkinlashtirish) ham taqozo etadi. Zero, bu - insonning o‗z xohishi va maqsadi 
bo‗yicha fikrlash, harakat qilish, mexnat qilishidagi erkinlikdir. Insonda istak erkinligi 
tashqi muhit va undagi vaziyat ta‘sirida yuzaga keladi. Buning uchun inson o‗z 
maqsadi va faoliyat yo‗nalishini belgilab olishda mustaqil bo‗lishi kerak. Bu ma‘noda 
erkinlik shaxsning o‗z irodasini namoyon etishida ko‗rinadi. 
Ta‘limni insonparvarlashtirish va erkinlashtirishdan kuzatilgan asosiy maqsad - 
o‗quvchida erkinlik hissini, erkin fikrlash qobiliyatini rivoj toptirish, uni erkin 
yashashga tayyorlash, axloqiy fazilatlarni, mehnat qobiliyatini shakplantirish va 
rivojlantirishdir. Inson shaxsining shakllanishida, axloqiy kamolotida mehnat asosiy 
o‗rinda turadi. Chunki mehnat inson shaxsi-ning shakllanishida, ijtimoiy sohada 
odamlar bilan muloqotda bo‗lishida asosiy omildir. 
Inson barkamolligi, dunyoqarashi uning g‗oyaviy-axloqiy yetukligining ifodasi 
sanaladi. Yuksak faoliyatlilik - ijtimoiy hayotda, ilg‗or fikrlashda faol ishtirok etish, 
o‗zida go‗zal axloqiy xislatlarni tarkib toptirishdan iborat. 
Ijtimoiy faoliyat jamiyatning asosiy talabi bo‗libgina qolmay, balki shaxsning 
o‗z-o‗zini ri-vojlantirishi uchun ham muhim qadriyat hisoblanadi. 
Har tomonlama rivojlanish - insonparvarlik, ijodiy qobiliyatni hayotda namoyon 
etish, yuksak axloqiylik ham demak.
Shaxs umumiy tizimlilik xususiyatiga ega bo‗lib, bu tizim o‗zaro uzviylik va bir 
butunlikdagi faoliyat, ijtimoiy muloqot va tarbiyadan iborat. Ular insonning jamoadagi 
faoliyatida namoyon bo‗ladi. 
Ma‘lumki, inson bir butun uyg‗unlikda har tomonlama rivojlanadi. Uyg‗unlik esa 
shaxsning odamlar bilan doimiy muloqotda bo‗lishini taqozo etadi. Inson aql,jismoniy 
sog‗liq va axloqning uyg‗unligida kamol topadi. 


146 
Axloqli shaxsda e‘tiqodlilik, adolatlilik, intizomlilik, to‗g‗rilik, sadoqatlilik, 
diyonatlilik, poklik, sabr-toqatlilik, sertavozelik kabi fazilatlar mujassam bo‗ladi. 
O‗zbek xalqi asrlar davomida yosh avlodni hayotga tayyorlashda, ularni shaxs 
sifatida shakllantirishda qo‗llagan usul va vositalari, o‗ziga xos an‘analari, urf-odatlari 
bolalarda mehnatsevarlik, insonparvarlik, jangovarlik, do‗stlik, go‗zal axloqlilik kabi 
fazilatlarni shakllantirishda asosiy omildir. 
Oilada 
ota-onaning 
o‗zaro 
ahilligi, 
ma‘naviy-axloqiy 
barkamolligi, 
mehnatsevarligi, xalqning tinchligi, osoyishtaligi uchun kurashi va yoshlarning axloqiy 
pokligi uchun qilgan g‗amxo‗rligi ham bolalarda ota-onalarga, jamoa ahllariga 
hurmat-ehtirom hissini kuchaytiradi. Ularda vatan faro-vonligi, xalq baxt-saodati 
uchun kurashmoq, mehnat. qilmoq orzusi barqarorlashadi. [1] 
Ularning ongida ota-ona va jamoa oldida javobgarlik hissi shakllana boshlaydi. 
Oiladagi totuvlik, tarbiyada qo‗llangan usul va vositalar natijasida bolalar ona 
zamin va uning tabiati, tabiat hodisalari, odamlarning kundalik hayot tarzi, hayvonot 
va jonsiz olam haqida tasavvurga ega bo‗ladilar. Shu bilan birga turli elat va xalqlar 
birlik, do‗stlik va samimiylikni ulug‗lashni o‗rganadilar, xalqning qahramonlik va 
mardlik haqidagi ideallari, sodiq do‗st, vafoli yor, oqibatli jigar haqidagi orzu umidlari 
xalq og‗zaki ijodi qahramonlari Alpomish, Barchinoy, Qorajon, Qaldirg‗och, Qultoy 
va Yodgor timsolida tasvirlanadi. Xalq ularni dushmanlarga qarshi kurashda har ishga 
qodir, jismoniy baquvvat, ma‘naviy yetuk qahramonlar qilib yaratdi. 
O‗zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda qo‗llagan vosita, tadbir, urf-
odat va an‘analari, tarbiya haqidagi fikrlari, g‗oya va hayotiy tajribalari, xalq va 
donishmandlarning yoshlarni davr talablariga mos yetuk shaxs qilib tarbiyalash 
haqidagi ta‘limotlari xalq og‗zaki ijodida mujassamdir. 
Hali ommaviy maktablar urf bo‗lmagan, pedagogika fan sifatida shakllanmagan 
davrdayoq, qabila a‘zolarining bolalarda mehnatsevarlik, jangovarlik, axloq-odob, 
do‗stlik kabi xislatlarni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy usullari o‗sha davrdagi 
hayotiy tajribaning mevasi sifatida ijtimoiy hayotga bog‗liq holda shakllandi va 
rivojlandi. 
Xalqning milliy urf-odat va an‘analari, jamoa ahlining o‗z-o‗zini va ijtimoiy 
burchini anglashiga, shaxs sifatida shakllanishiga ijobiy ta‘sir etdi, ularning hayot 
kechirish, tinchlik uchun kurashish yo‗l-yo‗riqparini bilib olishlarida asosiy omil 
bo‗ldi. [2] 
Jamoa a‘zolarining mehnati zamirida vujudga kelgan urf-odatlar, an‘analar 
jamiyat rivojiga, odamlar ongining o‗sishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatdi. Odamlar o‗z 
mehnatlari, xatti-harakatlarini urf-odat va an‘analarga uyg‗un holda davom ettirdilar.
Xalq o‗z hayotiy tajribasida axloklilik bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb 
etishini angladi va axloq qonun-qoidalarini yaratdi. Insoniylik mezoni axloq 
qonuniyatining asosi bo‗ldi. 
Bola tug‗ilgan kundan boshlab oila muxitida ota-onaning parvarishida o‗sib 
ulg‗ayadi, atrof-muhitdagi voqealarni ko‗radi, unda o‗simlik, hayvonot, qushlar olami 
haqida tasavvur, ularga muhabbat, mexr-shafqat hissi shakllanib, rivojlana boshlaydi. 
Bolada mehnat faoliyati boshlanishi bilan odamlarga, o‗z tengdoshlariga 
nisbatan mexr-muruvvat ham shakllanib rivojlanadi. U mehr-muruvvatni odamlarga 
faqat moddiy emas, ma‘naviy jihatdan ham ko‗rsatish mumkinligini


147 
anglaydi. Shu zaylda u, hamdardlik, saxovatlilik, rahmdillik, xushmuomalalik, 
insonparvarlik ekanligini tushunadi. Shunday xislatlarga ega bo‗lganlar hayotda hur-
matda bo‗layotganiga ishonch hosil qiladi. 
Tabiat insonda estetik his etish va didni tar-biyalashda bitmastuganmas 
manbadir. Uning go‗zalligi bolalar ma‘naviy dunyosining tarkib topishi va rivojida 
muhim ahamilt kasb etadi, go‗zalligi bilan ularni o‗ziga maftun etadi. Tabiat lavhalari 
o‗zining tabiiy go‗zallik ko‗rki, jamoli bilan ularda yorqin hissiyot uyg‗otadi 
Xalq ijodi materiallarida bolalarning soq‘lom o`sishlarida ota-ona va keksa 
avlodning q‘amxo`rligi va tarbiyasiga oid ma'lumotlar nisbatan kam uchrasa ham, 
xalq pedagogikasida bolalarning yoshlik xususiyatlariga mos keladigan tarbiyaviy 
tadbirlar amalga oshirilib kelinganligi ma'lum. Ayniqsa, bolalarni o`z vaqtida 
ovqatlantirish, uxlatish, o`ynatish – kiyintirish, ozoda va toza yurish ham jismoniy 
rivojiga oid mashq malakalari, rasm, odatlar xalq pedagogikasida uzoq vaqtlardan 
buyon davom etib keladi. Masalan, «Uch oq‘ayni botirlar» ertagida, keksa ota 
o`q‘illarini safarga jo`natar ekan, bolalarga qarab: «o`zimdan keyin baxtsiz bo`lib 
qolmanglar, deb sizlarni o`qitdim. Buning ustiga sizlarni uch narsa bilan tarbiya 
qildim. Birinchidan, soq‘lom vujudli qilib tarbiyaladim - baquvvat bo`ldingizlar. 
Ikkinchidan yaroq‘ bilan tanishtirdim - yaroq‘ ishlatishga usta bo`ldingizlar. 
Uchinchidan – qo`rqitmay o`stirdim - qo`rqoq bo`lmay, botir bo`ldingizlar» deb 
nasihatini davom ettiradi. 
Folklor materiallarining ko`rsatishicha, O`rta Osiyo xalqlari orasida tarqalgan 
harbiy harbiy – jismoniy tarbiyaning mazmuni – sipohgorchilik, jangu-jadal, 
«hunarni» o`rganishga qaratilgan bo`lib, ayniqsa, kurash tushish, ot chopish, 
tirondozlik, qilichbozlik, kamon bilan o`q otish, miltiq otish, nayza sanchish, suvda 
suzish, gurzi urish kabi harbiy-jismoniy tarbiya – asosiy o`rinni egallar edi. Bu 
jihatdan qaraganda, O`rta Osiyodagi qadimdan davom etib kelayotgan harbiy – 
jismoniy tarbiya juda ko`p jihatdan qadimgi Yunoniston – sport harbiy – jismoniy 
tarbiyasi mazmunini aks ettiradi. Masalan, «Shaxzoda Asad», «Mamir bilan Samir» 
ertagida qadimgi davrlarda yoshlarga harbiy–jismoniy mashqlar o`rgatilgani 
ko`rsatiladi. 
O`zbek xalq dostonlari qahramonlarining hammasi harbiy – jismoniy tarbiya 
olgan kishilar sifatida xarakterlanadi. Xalqimizning suyukli qahramoni – Go`ro`q‘li, 
Xasanxon, Avaz, Rustam, Ravshanxon, Erali, Sherali va boshqalar ana shular 
jumlasidandir. 
O`zbek xalq og‘zaki ijodida ifodalangan yana bir muhim tomoni yuqoridagi kabi 
xalq farzandlarining jismoniy kamolotini ularning yuksak ma'naviy fazilatlari bilan 
birga tarannum etilishidir. 
Allomalar tarbiyada mehnatning afzalligi to`g‘risida. 
Mehnat tarbiyasining mazmuni. 
mehnat tarbiyasining usullari. 
Xalq pedagogikasida nafosat tarbiyasi. 
Yoshlarni mehnatsevar qilib yetishtirishda eng ko`p qo`llaniladigan usullaridan 
biri ishontirish bo`lib, uni tadbiq qilishda ham xilma-xil vosita va shakllardan 
foydalanilgan. Ayniqsa, keksalar tomonidan mehnat va mehnat ahlini ardoqlaydigan 
hamda ishyoqmas, dangasalarni aytib berish, ishontirish vositalaridan biri bo`lib 


148 
xizmat 
qilgan. 
Keksalarimizning 
yoshlar 
tomonidan 
mehnatni, 
jamiyat 
taraqqiyotidagi buyuk o`rinni anglab yetishlari, unga e'tiqod qo`yishi uchun aytib 
beradigan kichik va katta hajmdagi ertaklari ko`p bo`lgan. Masalan, «Kichik 
kelinning davlati», «Sirli tush» ertaklarini keltirish mumkin. 
Xalq pedagogikasida bolalarni mehnatga tayyorlash va mehnatsevar qilib 
tarbiyalashda o`git-nasihat, namuna ko`rsatish usullari ham katta o`rin tutadi. 
Respublikamizda yosh avlod tarbiyasi borasida muhim tadbirlar amalga 
oshirilayotgan hozirgi davrda musiqiy qadriyatlarni tiklash, ommaviy xalq musiqa 
pedagogikasi namunalarini tahlil etish, buyuk donishmandlarning musiqiy, ma'rifiy 
ijodini, nafis yodgorliklarini, o`rganadigan va amaliyotga tadbiq etish pedagogik 
masalalardan biridir. Nafosat tarbiyasi bolada eng nozik tuyq‘ular orqali go`zallikni 
anglash, unda baxra olish va bevosita go`zallikni yaratuvchilarga aylanish kabi 
jihatlarni tarbiyalaydi. 
Xalq pedagogikasi fani orqali milliy me'rosimizga aylangan nafis san'at asarlari, 
asari-aqiqalar, mumtoz kuy, qo`shiqlarning ta'lim-tarbiya jarayonida shaxs 
kamolotida tutgan o`rni va beqiyos tarbiyaviy ahamiyati o`rganiladi. 

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish