165
tashlab qo‘yilsa, o‘sha yerda ma‘naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va
aksincha, qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron
bo‘lsa, o‘sha yerda ma‘naviyat qudratli kuchga aylanadi»
32
1997-yil
29–avgustda
Oliy
majlisning
IX
sessiyasida
O`zbekiston
Respublikasining ―Ta`lim to`g`risida‖gi Qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi‖ qabul qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta`lim sohasini tubdan isloh qilish,
uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan
iboratdir.
33
Kelajagi buyuk davlat barpo etish, avlodlarga ozod va obod Vatanni meros
qoldirish borasidagi olijanob ishlar taqdiri, oxir-oqibatda yoshlarning ilm-fan
yutuqlari va zamonaviy bilimlarni nechog`lik mukammal egallashga bog`liq.
Binobarin, barkamol avlodni tarbiyalash, ularga zamon talablari darajasida bilim
berish O`zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning eng muhim shartidir.
Shu o`rinda muhtaram prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini
ta`kidlab o`tsak: ‖Farzandlarimizni har tomonlama bilimli, ona-yurtimizga sadoqatli
insonlar etib tarbiyalash, bolalar bog`chasidan boshlanishini e`tiborga olib joriy
yilning yakuniga qadar 2017-2021 – yillarga mo`ljallangan o`rta umumiy ta`lim
maktablarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash bo`yicha maxsus dastur
qabuul qilamiz.‖
34
Dono xalqimizda bir naql bor. «Imoratning poydevori qanchalik mustahkam
bo‘lsa, u shunchalik baquvvat bo‘ladi», zero, bu maqolni bekorga keltirmadik,chunki
biz bolalarimizga yoshlikdan mustahkam bilim bera olsak, uning kelajakdagi bilim
salohiyati yuqori buladi. Bunda albatta, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining xizmati
beqiyosdir. SHu asnoda boshlang‘ich sinflardagi olib boriladigan dastlabki
tayyorgarlik mashqlari haqida o‘z fikrlarimizni berib o‘tamiz.
Birinchi sinflarda yozuv darslari husnixat malakasini o‘stirish orqali olib
boriladi. Ammo, qisqa muddat ichida o‘quvchilarda chiroyli, tez va toza yozish
malakalarini o‘stirish mumkin emas, buning uchun boshlangich sinf o‘quvchisidan
anchagina mashaqqat talab etiladi.
Xo‘sh, yozuvga o‘rgatishdan avval o‘qituvchi qanday chora tadbirlarni amalga
oshirishi lozim?
Bizga yaxshi ma‘lumki, o‘quvchilar o‘qish, yozish va boshqa mashqlarni
Do'stlaringiz bilan baham: