Бошланғич таълим кафедраси


TARBIYAVIY TADBIRLAR VOSITASIDA O‟QUVCHILARNING



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mavzu
 
TARBIYAVIY TADBIRLAR VOSITASIDA O‟QUVCHILARNING
AXLOQIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH 
 
Xolmuxamedova N.A., 
 Toshkent sh. Mirzo Ulug‟bek t.49-maktab o‟qituvchisi 
Usmonova N.S.,
Toshkent sh. Olmazor t. 24-maktab o‟qituvchisi 
 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy sifatlarni rivojlantirish ular bilan 
tarbiyaviy ishlarni tashkil etish samaradorligini ta‘minlanishiga, mazkur jarayonda 
esa, tarbiyalanuvchilarning sezgi a‘zolariga, bilish jarayonlariga ikkinchi signallar 
sistemasi (nutq, so‘z) orqali ta‘sir ko‘rsatish muhim ahamiyat kasb etadi. Hamma 
zamonlarda ham inson odobi, axloqi dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan.
Axloq - kishilarning bir-biriga, oilaga, jamiyatga, Vatanga, tabiatga nisbatan 
bo‘lgan, ma‘naviy asoslangan, adolat mezonlariga tayangan munosabatlarining 
muayyan tizimini ifodalaydi. Munosabatlar esa bevosita axloq normalariga 
bo‘ysunishni talab etadi [2, 98 b.]. Shu sababdan, biz pedagoglarning vazifamiz esa 
ana shunday normalarga to‘laqonli javob beradigan barkamol shaxsni voyaga 
yetkazishdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ko‘rsatib o‘tganidek, ―…yuksak 
darajada axloqli fuqaroni voyaga yetkazish - har bir insonning burchidir‖ [1, 25 b.]. 
Shu nuqtai nazardan biz maqolamizda axloqiy sifatlarni rivojlantirishda 
tarbiyaviy ishlar jarayonida o‘quvchilar bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy 
ishlarni tashkil etish loyihasini ishlab chiqishni hamda uni amaliyotda qo‘llash orqali 
olingan natijalarni yoritishni maqsad qildik. Quyida biz o‘quvchilarning axloqiy 
sifatlarini rivojlantirishda foydalanish mumkin bo‘lgan tarbiyaviy tadbir rejasini 
keltiramiz. 
Mavzu: ―Axloq va odob – ma‘naviyatning o‘zagidir‖.
Tarbiyaviy tadbir ko‘zlangan maqsad – ma‘naviy barkamol insonni 
tarbiyalashda axloqiy fazilatlarni tarbiyaviy ahamiyati, uni rivojlantirishda avlodlar 
merosidan foydalanishning o‘rni, insonning jamiyatdagi o‘rnini belgilanishida 
axloqiy fazilatlarni naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib berishdan 
iboratdir. 
Asosiy vazifalar: 
1. Inson-axloq - ma‘naviy kamoloti va jamiyat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liqligi 
to‘g‘risida o‘quvchilarga ma‘lumot berish. 
2. Axloqiy qadriyatlar va ularning tarbiyaviy ahamiyatini yoritish. 
3. Milliy tarbiya, uning umumiy va xususiy jihatlarini yoritish orqali muayyan 
tushunchalarni mustahkamlash. 


76 
4. Axloqiy qadriyatlarni tarbiyaviy ahamiyati, mohiyati haqida bilim va 
ko‘nikmalarni rivojlantirish. 
Tadbirni amalga oshirish jarayonida qo‘llanilgan jihozlar quyidagilardan iborat 
bo‘lishi mumkin: turli asarlar asosida ishlangan plakatlar, hadislardan, turli 
adabiyotlardan olingan hikmatli so‘zlar, maqollar yozilgan lavhalar, ―Axloq va odob 
– ma‘naviyatning o‘zagidir‖ nomli devoriy gazeta, mavzuga bog‘liq bo‘lgan ilmiy, 
ilmiy-ommabop va pedagogik asarlar, ommaviy axborot vositalari materiallaridan 
iborat jamlanma. 
―Axloq va odob – ma‘naviyatning o‘zagidir‖ mavzusidagi tarbiyaviy tadbirning 
tarkibiy tuzilmasi bir necha qismlardan iborat bo‘ladi. CHunonchi: 
1. ―Inson-axloq - ma‘naviy kamoloti va jamiyat taraqqiyoti birligi‖ – tadbir 
ishtirokchilari bilan diolog. 
2. ―Axloqiy qadriyatlar va tarbiya‖ – qisqacha ma‘lumotnoma. 
3. ―Axloq –odob kategoriyalari‖ – bahs-munozara. 
4. ―Axloqiy fazilatlarni mukammal egallashda nima qilish lozim?‖ savol-
javoblar. 
―Axloq va odob – ma‘naviyatning o‘zagidir‖ mavzusidagi tarbiyaviy tadbirning 
dastlabki bosqichida o‘quvchilarga inson axloq-odobi, shaxs ma‘naviy kamoloti va 
shaxsning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va roli xaqidagi shaxsiy fikr-mulohaza hamda 
qarashlarini bayon etish taklif etiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni 
axloqiy normalar va inson kamoloti haqida fikrlash va mulohaza yuritishga 
undashdir. 
Tarbiyaviy tadbir jarayonida o‘quvchilarga axloqiy kamolot inson ijtimoiy 
takomillashuvining tarkibiy qismi ekanligini, axloq insonning ijtimoiy, ma‘naviy 
takomillashuvi jarayonidagi o‘ziga va boshqalarga munosabatini belgilovchi 
ma‘naviy, amaliy fazilatlar va harakatlar tizimi ekanligini ta‘kidlab o‘tish lozim. 
SHuningdek, talabalar diqqatini axloqiy normalarga rioya qilishni har bir shaxs 
o‘zidan boshlashi kerakligini, eng asosiy narsa mavjud ma‘naviy - axloqiy normalarni 
bilish emas, balki ularga amal qilish ijobiy ahamiyatga ega ekanligiga qaratish lozim.
Axloq – odob kategoriyalari yuzasidan bahs-munozara tashkil etib, shaxs 
faoliyatiga axloqiy bahoni jamoatchilik berishini, axloqlilik-shaxs faoliyatining 
jamotchilik belgilagan ma‘naviy mezoniga hamoxang bo‘lishi darkorligini uqtirib 
borish lozim. Donolar aytganidek, ―axloq inson qalbidan chiqqan nurdir. Bu nur 
ba‘zilarda o‘ta kuchli, ba‘zilarda xira bo‘ladi. Ba‘zilarda esa bu nur umuman 
sezilmaydi. Axloq nuri bo‘lmasligi insoniylik fazilatlaridan uzoqlikning belgisidir. 
Axloqiy yetuklik inson hayotida baxtga erisha olishning asosiy shartidir‖ [4, 86 b]. 
Bahs – munozara jarayonida o‘quvchilarga mana shu falsafani mohiyatini to‘liq 
anglab olishlariga erishish eng oliy maqsaddir. 
Axloqiy sifatlar yuzasidan savol-javob uyushtirishda turli hikmatli so‘zlardan 
foydalanish yaxshi natija beradi. Masalan: 
―Nafs ketiga tushgan-nafsoniyat manzilidagina to‘xtaydi. Hech kim o‘z 
ko‘ngliga g‘am tilamaydi va na qiynashni xohlamaydi‖. 
―Isrof qilish-saxiylik emas, o‘rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas‖. 


77 
―Qanoat-bir chashmadirki, olgan bilan uning suvi qurimaydi; u bir xazinadirki, 
undagi boylik kamaymaydi; u bir ekinzordirki, urug‘i izzat va shafqat hosili beradi; u 
bir daraxtdirki, unda qaram bo‘lmaslik va hurmat mevasi bordir‖. 
―Qanoat – bir qo‘rg‘onki, unga kirsang, nafsing g‘alvasidan qutilasan. Qanoat 
bir cho‘qqiki, unga chiqsang, do‘st-dushmanga muhtojlikdan xolos bo‘lasan‖. 
―Sabr – achchiq, ammo foyda beruvchi; qattiq, ammo ziyon-zahmatni daf 
etuvchi... Sabr-tabib, badxo‘r dori, bemor undan azob tortadi, ammo so‘ngida 
sog‘liqqa erishadi‖ [3, 45-47 b].
―Axloq va odob – ma‘naviyatning o‘zagidir‖ mavzusidagi tarbiyaviy tadbirni 
tashkil etish jarayonida yuqorida keltirilgan eslatmalarni tadbir tashkilotchilari, 
murabbiy pedagoglar tomonidan yanada to‘ldirib, mukamallashtirilib olib borilishi 
tadbirni o‘quvchilar tomonidan ijobiy kutib olinishiga va kafolatlangan natijaga 
erishishni ta‘minlaydi. Shuningdek, tadbir yakunida ishtirokchilarni tarbiyaviy 
tadbirdan olgan taassurotlarini o‘rganish kelgusi ishlarni yanada to‘laqonli, 
mukammal olib borish imkonini beradi desak yanglishmagan bo‘lamiz. 

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish